Badiiy asar pafosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pafos (yun. „hissiyot“, „ehtiros“, „iztirob“) — yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yoʻnalishini belgilab beradigan joʻshqin tuygʻu, gʻoya, his-hayajon. Pafos adabiy asarda badiiy gʻoyaning ehtiros bilan gʻoyat tasirchan, oʻquvchini hayrat va larzaga solar darajada ifoda etilishi boʻlib, adib unda oʻz nuqtayi nazari va qarashlarini yashirmaydi. Asar pafosi oʻquvchining oʻz nuqtayi nazarini aniq belgilab olishga ham koʻmak beradi.

Badiy gʻoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoya-asarlarning tasvir abyekti ustidan chiqarilgan „hukm“, yaʼni hayot hodisalari haqida kishilarning tasavvurlari va oʻsha hodisalarga munosabatlarini ifodalagan tafakkurlaridir. Badiy gʻoya asarda tasvirlangan hodisa, yuygʻu, qahramonlar xarakteri, ruhuyati, xatti-harakati va taqdiridankelib chiqadigan fikr boʻlib, kitobxon qalbida tugʻilgan his-hayajon oʻylari, adib oʻz oldiga qoʻygan badiiy niyatning amaliyotdagisamarasidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

N.Karimov va boshqa. AdabiyotT:Maʼnaviyat,2002 234-bet.