Atom bombasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nagasakida atom bombasining portlashi. 1945 yil.


Atom bombasi, yadro bombasi — yadro zaryadi o‘rnatilgan aviatsiya bom-basi. Yadro ichki energiyasi kuchiga asos-lanadi. A. b. portlaganda katta miqdorda yadro energiyasi ajralib chiqadi. Birin-chi marta 2-jahon urushi oxirida sobiq Ittifoq va AQShda tayyorlangan. 1945 y. iyunda amerikaliklar har qaysisining trotil ekvivalenti 20 ming t dan bo‘lgan 2 ta A. b.ni Yaponiyaning Xirosima (1945 y. 6 avg .) va Nagasaki (1945 y. 9 avg .) sh. lariga tashlagan. Natijada bu shaharlar vayron bo‘lgan va Xirosimada 140 ming kishi, Nagasakida 75 ming kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik bombalarning port-lash oqibatlari yana bir necha yuz ming ki-shilarning yostig‘ini quritgan, minglab kishilar nogiron bo‘lib qolgan. Hozir trotil ekvivalenti mln. t gacha boradi-gan A. b. mavjud.[1]

Yadroviy qurol — quvvat manbasi atom yadrolarining sintez qilinishi (yadroviy reaksiya)dan yoki boʻlinishidan hosil boʻladigan qoʻporuvchi qurol. Tor maʼnoda tushuntirilganda, ogʻir yadrolarning boʻlinishidan hosil boʻlgan quvvatni ishlatuvchi qoʻporuvchi qurol. Yengil yadrolarning sintez qilinishidan hosil boʻlgan quvvatni ishlatuvchi moslamalar termoyadrolar deb ataladi. Yadroviy qurol ham yadroviy oʻq-dori sifatida, ham ularni manzilga yetkazuvchi boshqaruv moslamasi hisoblanadi; biologik hamda kimyoviy qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi.

Yadroviy oʻq-dorini ishlatish jarayonida yadoviy portlash yuz beradi. Uning zararlantiruvchi omillariga quyidagilar kiradi:

Trident II (D-5)

Zaryad xilidan qatʼiy nazar yadroviy qurol, termoyadroviy qurol va neytron qurolni ajratish mumkin. Yadroviy qurol taktik, operativ-taktik va strategik kabi xillarga boʻlinadi.

Yadroviy qurol butun Sovuq urush davrida ishlatish bilan qgʻrqitish uchun shantaj qiluvchi moslama vazifasini bajargan.

Yadroviy poyganing tarixi[tahrir]

Birinchi marta atomning radioktiv hususiyatlari mavjudligi haqida ingliz fizigi Ernest Rezerford dunyoga 1898-yilda maʼlum qildi, keyinchalik 1905-yilda Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi bilan (E=mc²) yadro quroli yaratilishi uchun birinchi poydevor qurildi.[2]

1933-yilda Germaniya hukumatiga Gitlerni kelishi bilanoq bu qurolni yaratish uchun maxsus loyihalar ish boshladi. Lekin yadro boʻyicha Germaniyadagi mutaxasisslarning aksariyat qismi yahudiylardan tashkil topgan edi, irqiy repressiyalar natijasida esa ular Germaniyani tark etishadi yoki mahsus kontslagerlarga joʻnatiladi, bu esa loyihaning rivojini ancha oqsoqlanishiga olib keladi. 1939-yilda Eynshteyn AQSHning oʻsha davrdagi prezidenti Franklin Ruzveltga radioktivlashgan atom zarrachalari yordamida juda kuchli energiyani hosil qiluvchi qurol yaratish imkoni mavjudligini va agar vaqtida oldini olmasa Uchinchi Reyx bu qurol ustida jiddiy loyihalarni amalga oshirayotganini xat orqali maʼlum qiladi. 1942-yildayoq Ruzvelt "Manhettan" loyihasini boshlash haqida qaror chiqaradi. Keng moliyalashtirish va yuqori saviyali muhandis, fizik olimlarni jalb qilish natijasida birinchi atom bombasi 1945-yil iyul oyida tayyor boʻladi. Bu loyihaning umumiy bahosi oʻsha davrdagi narxda 2 milliard dollardan oshib ketadi.

Yaponiyaga yadroviy hujum qilishdan oldin AQSH bu qurolning haqiqiy kuchini bilish maqsadida, oʻzining janubida joylashgan Yangi Meksika choʻlida uni imtihondan oʻtkazadi. Natijalar muvaffaqiyatli tugagandan soʻng Yaponiyaning Nagosaki va Xirosima shaxarlariga yadroviy bomba orqali hujum uyushtirish haqida qaror qabul qilinadi. 1945-yil 6-avgustda tarixda birinchi marta Atom yadro bombasi insonlarda sinab koʻriladi, AQSH harbiy kuchlariga tegishli boʻlmish Boing B-29 samoleti orqali Xirosima shaxriga tashlangan „Kichkintoy“ (Little Boy) taxallusli atom bombasi, yerga yetmasdan 500 metr balandlikda portlaydi. Shu kunning oʻzidayoq portlash 100 000 odamni hayotdan olib ketadi. Oradan 2 kun oʻtib „Semiz“ (Fat man) taxallusini olgan atom bombasi Nagasaki shaxrini kulini koʻkka sovuradi, shu kunning oʻzidayoq 70 000 kishi hayotdan koʻz yumadi. Bundan tashqari portlash oqibatida tarqalgan radiatsiya natijasida qurbonlar soni asta sekinlik bilan koʻpayishda davom etdi. Masalan Nagasakidagi portlashdan 5 yil keyin umumiy qurbonlar soni birinchi kundagi sondan ikki barobarga koʻpaygan yaʼni 200 000 kishiga yetgan.

Fat Man nomli Atom bombasi

Bunday talofatdan nafaqat Yaponiya Imperiyasi balki butun dunyo esankirab qoladi. Shu paytgacha yuz bergan urush va toʻqnashuvlarda hech qanday qurol bu darajadagi keskin gʻalabani keltirib chiqarmagan edi. Atom bombasining amalda qoʻllanilishi bu AQSHning dunyo gegemonligiga ochiqdan ochi daʼvosi edi. 1945-yilda na harbiy jihatdan, na iqtisodiy jihatdan dunyoda AQSH bilan bellashishga qurbi yetadigan davlat yoʻq edi. Urushdan keyin Yevropa tamomila vayron qilingan, Sovet Ittifoqining sanoat yuragi hisoblanmish gʻarbiy qismi butunlay „shudgor“ qilingan va dunyoning qolgan qismi esa urushga qadar hali ham feodallik saqlanib qolgan qoloq mamlakatlar va mustamlakalardan iborat edi. Undan tashqari Yadro quroli mavjud davlat bilan iqtisodiy va siyosiy raqobat qilish kulgili holatga aylandi. Qisqa qilib aytganda Yadro quroli har qanday mamlakatga uning dushmani har jihatdan kuchli boʻlishiga qaramasdan agar unda bu qurol boʻlmasa undan toʻlaqonli ustunlik qilish imkoniyatini berdi. Natijada dunyoda ikki tizim hosil boʻldi, AQSH tomonida turuvchilar va unga qarshilar, SSSR boshchiligida.

Shundan soʻng barcha dunyoning qudratli davlatlari Yadro qurolini yaratish uchun birin ketin dasturlarni yoʻlga qoʻya boshlashdi. Lekin AQSHning asosiy dushmani boʻlmish Sovet Ittifoqining maxfiy xizmati AQSHning ham, Germaniyaning ham Yadro dasturlaridan boshidanoq habardor boʻlib, Sovet Ittifoqi oʻzining yadro dasturini 1942-yildayoq yoʻlga qoʻygan edi. Undan tashqari Berlin ishgʻol qilingan davrda AQSHning Sovet qoʻshinlarini Germaniyaning yadro dasturlarini qoʻlga kiritmaslik uchun qilgan barcha sayi-harakatlari zoye ketib, NKVD hizmati bir nechta tonna boyitilgan uran moddasini qoʻlga kiritishga muvaffaqt boʻladi. Uinston Cherchillning xotirlashicha 1945-yil 24 iyuldagi Postdam konferensiyasida AQSH prezidenti Garri Trumen Stalinga armiyasida katta buzgʻunchi kuchga ega qurol mavjudligini shipshitib qoʻyadi, Stalin bahsga kirmasdan bu habarni tabassum bilan qabul qiladi, Cherchill boʻlsa gap nima haqda ketayotganligini tushunmaganini aytadi. Bu fakt AQSH SSSRni aynan yadro quroli yordamida shantaj qilishga bel bogʻlaganini koʻrsatadi.

1949-yil Sovet Ittifoqi oʻzining birinchi atom bombasini sinovdan oʻtkazdi. Bu esa yadro qurollari poygasi boshlanishidan dalolat edi. Birin ketin yadro qurollari takomillashib, uning turli hil koʻrinishdagi turlari yaratildi. Shu bilan birga bu qurol bilan hujum qilish vositalari, samoletlar, ballistik raketalar, radarlar, raketalar, antiballestik raketa uskunalari, suniy yoʻldoshlar va suniy yoʻldoshlarni urib tushuruvchi qurulmalarni yaratish va ishlab chiqarish kuchayib ketdi. AQSH va SSSR oʻzlariga yaqin ittifoqchi boʻlgan mamlakatlarga yadroviy dasturlarni rivojlantirishda katta koʻmak koʻrsatdilar, natijada 1957-yilda Buyuk Britaniya, 1960-yilda Fransiya va 1964-yilda Xitoy oʻzlarining Yadro qurollarini ishlab chiqardilar. Lekin ittifoqchilar orasida diplomatik kelishmovchiliklar paydo boʻla boshlaydi. 1965-yildan boshlab Xitoy va Sovet Ittifoqi aloqalarida batamom uzulishlik boshlanadi. Xitoydagi „Madaniy Inqilob“ Sovetlar tomonidan sovuq qarshi olinadi, natijada Xitoy SSSR bilan doʻstona munosabatlarini toʻhtatib oʻz qobigʻiga oʻralish siyosatini yurgiza boshlaydi. Kapitalistik mamlakatlar ittifoqida ham boʻlinishlar yuzaga kela boshladi, jumladan 1958-yilda Fransiya hukumati tepasiga Sharl De Gollning kelishi bilan, Fransiya NATO tashkilotidan chiqqanligini bildirib, Fransiya hududidagi barcha amerika harbiy bazalarini yopadi. Undan tashqari Fransiya Yevropani birlashtirishga va uni amerikalashtirishga qarshi qattiq bel bogʻladi. Bu siyosiy manevrda unga Buyuk Britaniya qattiq qarshilik koʻrsatadi va Yevropa Ittifoqi mafkurasini qattiq tanqid ostiga oladi. Sovet Ittifoqi va AQSH oʻzlarining harbiy ittifoqidagi bunday boʻlinishlar va siyosiy mustaqillikka intilishdagi dadil qadamlarni sababini bu davlatlarning yadro quroliga egaligidan deb hisoblab, 1968-yilda Yadro Qurollarini Tarqatmaslik Protokolini (inglizchada NPT) taklif qilishadi. Bu protokolga dastlab yadro qurollariga ega mamlakatlar va 40ta boshqa mamlakatlar imzo chekishadi. Protokol 1970-yildan boshlab kuchga kiradi. NPTda koʻrsatilgan cheklashlarga qaramasdan dunyoda yadro bombalar ishlab chiqarishi va ularning sinovlari kamaygani yoʻq.

"Manxetten loyihasi"[tahrir]

Birinchi yadroviy qurol Ikkinchi jahon urushi oxirlarida, 1944 yilda Robert Oppengeymer rahbarligidagi Amerikaning oʻta maxfiy „Manxetten loyihasi“ doirasida yaratilgan. Ilk ikkita bomba 1945 yil avgustida Yaponiyaning Xirosima (6 avgust|) va Nagasaki (9 avgust) shaharlariga tashlangan.

Harakat prinsipi[tahrir]

Yadroviy qurolning asosiga yadroning boʻlinishini taʼminlaydigan davomiy boshqarib boʻlmaydigan reaksiya joylashtirilgan.

Uran bombasi[tahrir]

Reaksiya oʻzini oʻzi quvvatlab turishi uchun unga zarur „yoqilgʻi“ kerak, ilk bosqichlarda bu „yoqilgʻi“ vazifasini uran izotopi bajargan.

Tabiatda uranning ikki xil izotopi uchraydi — uran-235 va uran-238. Uran-235ni neytronni yutish jarayonining oxirgi protsessida bittadan uchtagacha neytronlar ajralib chiqadi:

U^{235} + n_0^1 \to U^{236} \to Kr^{92} + Ba^{141} + 3 n_0^1

Bunga qarama-qarshi ravishda, uran-238 neytronlar yutish jarayonida yangilarini hosil qilmaydi. U uran-239 aylandi, keyin neptuniy-239 va shundan keyin barqaror plutoniy-239ga aylanadi.

Yadroviy bombaning ishlashi uchun 80 %dan kam boʻlmagan uran-235 kerak boʻladi, aks holda, uran-238 davomiy yadroviy reaksiyani tezda buzadi. Tabiatdagi uranning deyarli barchasini, 99,3 %ni uran-238 tashkil etadi. Shuning uchun sanoatda ogʻir va koʻpbosqichli uranni boyitish jarayoni olib boriladi, natijada u uran-235 darajasiga yetkaziladi. Inson tomonidan harbiy holatlarda ishlatilgan ilk yadroviy qurol, asosi uran boʻlgan bomba hisoblanadi (Xirosimaga tashlangan „Kichkintoy“ bombasi). Bir qator qiyinchilikar (olish, qayta ishlash va tashish) tufayli hozirda koʻp tarqalmagan. Uning oʻrniga boshqa zamonaviy ancha yengil radioaktiv portlatuvchilar ishlatilmoqda.

Pluton bomba[tahrir]

Tajriba-tekshiruv maqsadlarida yaratilgan ilk yadroviy zaryad, „Gadget“ yadroviy moslamasi boʻlgan (ingl. gadget — moslashuv, bekorchi) — „Semiz“ pluton bombasining oʻxshashi. Nevada shtatida sinalgan.

Tuzilish jihatidan bomba bir-biriga kiydirilgan bir necha qobiqlardan iborat:

  1. Initsiator, odatiy radiusi 2 santimetr.
  2. Plutoniy
  3. Parda
  4. Portaltuvchi modda
  5. Korpus

boʻlimni davom ettirish kerak, tak kak v plutonievoy bombe imeyutsya prinsipialnie otlichiya, beruщie nachalo iz bolee visokoy skorosti detonatsii plutoniya, chto delaet nevozmojnim sozdanie bombi po sxeme „pushka“ (uranoviy „Malish“).

Yadroviy klub[tahrir]

Yadroviy klub“ga yadroviy qurolga ega boʻlgan davlatlar — AQSh (1945) yildan), Rossiya (avvalboshda Sovet Ittifoqi: 1949 yildan), Birlashgan Qirollik (1952), Fransiya (1960), Xitoy (1964), Hindiston (1974), Pokiston (1998) va balki KXDR (2003?) kiradi. Isroil oʻzida yadroviy qurol borligi haqidagi maʼlumotlarga sharh bermagan, ammo ekspertlarning xulosalariga koʻra ancha katta zahiraga ega. Uncha katta boʻlmagan yadroviy qurollar zahirasi JARda ham bor edi, ammo hamma olti zaryadlari koʻngilli ravishda yoʻq qilingan. 1992 yildagi Lissabon protokoliga koʻra 1990-[[1991] yillarda Ukraina, Belarussiya va Qozogʻiston hududlariga joylashtirilgan sobiq Ittifoq yadroviy qurollarining bir qismi Rossiya Federatsiyasiga qaytarilgan. Isroildan boshqa hamma yadroviy mamlakatlar, oʻzlari yaratgan yadroviy zaryadlarni sinovdan oʻtkazganlar. Bundan tashqari JAR Buve orolida yadroviy sinovlar olib borgan deb tahmin qilinadi.

Quroldan holi hududlar[tahrir]

Jaxonda 7 ta yadro qurollaridan holi yaʼni ularni ishlab chiqarish, izlanish, transport va saqlashdan holi hudular mavjud. Bular O'rta Osiyo (Semipalatinsk shartnomasi), Avstraliya, Okeyaniya va Tinch okeani (Rarotonga shartnomasi), Lotin Amerikasi (Tlatelolka Shartnomasi), Antarktida (Antarktida shartnomasi), Afrika (Pelindaba shartnomasi), Hindixitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyo (Bankok shartnomasi) va Mongoliya oʻz xududini yadro qurollaridan holi mamlakat deya elon qilgan.

Atom bombasining taʼsiri[tahrir]

Yadro qurollarining yaratilishi insoniyatga va atrof-muhitga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Atom bombasi portlashidan 3-xil koʻrinishdagi vayron qiluvchi taʼsir paydo boʻladi.

1- portlashning ilk sekundining millioninchi onida katta hajmdagi termik enargiya ajralib u havoda olovsimon sharga aylanadi va bir kilometr radiusga tarqalib shu hududdagi haroratni million selsiy darajasiga yetkazadi. Portlash paytida yer yuzasidagi harorat bir necha ming selsiyga yetadi. Portlashdan bir kilometr kenglikdagi barcha materiya erib kulga aylanadi, 4 kilometr kenglikdagi barcha bino va kishilar oʻz oʻzidan oʻt olib kuyib ketadi, 8 kilometr kenglikda joylashgan kishilarning tanasi 70 % ga kuyadi.

Issiqlikdan soʻng portlashning shok toʻlqini uning episentridan atrofga yoyiladi. Hosil boʻlgan energiya markazdan turib yon atrofga bosim beradi, bu esa portlashning episentridan atrofga 360°dagi „Havo devorini“ joʻnatadi. Bu „devor“ juda ham mustahkam boʻlib yoʻlida uchragan barcha binolarni buzib yuborish kuchiga ega, ayniqsa u borgan sari yoʻlidagi havo massalarini yigʻib borgan sari qalinlashib va kuchayib boradi, uning tezligi soatiga 1000 kilometrga yetishi mumkin. Portlashdan 3 kilometr uzoqlikda boʻlgan binolar bu toʻlqindan butunligicha buziladi. Nagasakidagi portlashda shaxardagi 90 000 binodan 62 000 tasi butunligicha buzilgan edi.

Uchinchi ta'sir Yaponiyadagi portlash vaqtida hali insoniyatga ma'lum emas edi, keyinchalik shu portlashdan keyingina atom bombasining eng havfli tomoni ochildi - bu uning radioktiv ta'siri. Bu ta'sir oldingi ikkita ta'sirga nisbatan 10 barobar ko'proq qurbonlar keltirib chiqaradi, bomba portlash paytidagi qurbonlardan tashqari, radioktivlik 100 yillargacha cho'zilishi mumkin bo'lgan genetik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Atrof muhitda yashovchi boshqa mavjudotlar mutatsiyaga uchrab insoniyat uchun havfli bo'lgan virus va bakteriyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yer yuzida shu davrgacha o'tkazilgan 2404 yadroviy qurollarining sinovlarining oqibati juda ham og'irdir. Insonlardagi nurlanish va boshqa radiatsiya natijasida yuzaga keluvchi kasalliklardan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishida ham yadro qurollarining roli asosiy o'rinda turadi. Yadroviy portlashlardan ajralib chiquvchi issiqlik, gaz va chang zarrachalari stratosferagacha ko'tarilishi mumkin. Oqibatda ular yer shari iqlimiga va tabiatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdilar. Ozon qatlamining yemirilishi bu sinovlarning achinarli oqibatidir.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Xursand Abdullayev. YADRO QUROLLARI TARIXI VA BUGUNGI VAZIYAT

Qoʻshimcha manbalar[tahrir]

Saytlar[tahrir]

Yadroviy qurol ensiklopediyasi




Manbalar[tahrir]