Arthur Conan Doyle
| Sir Arthur Conan Doyle | |
| Arthur Ignatius Conan Doyle | |
| Tavallud sanasi: | 22-may, 1859-yil |
|---|---|
| Vafot sanasi: | 7-iyul, 1930-yil (71 yoshda) |
| Kasb: | yozuvchi |
| Yoʻnalish: | Nasr |
| Janr: | Detektiv, ilmiy fantastika, tarixiy asarlar |
| Magnum opus: | „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ |
Arthur Conan Doyle (talaffuzi: Artur Konan Doyl) (22-may 1859 — 7-iyul 1930) Shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Arthur Conan Doyle Sherlock Holmes haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Holmes haqidagi hikoyalrni millionlagan kitobxon sevib oʻqiydi.[1] Holmesning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.
Conan Doyle birinchi boʻlib Holmes obrazini „A Study in Scarlet“ („Skarletdagi Ish“) (1887) romanida yaratgan. Doyle Holmes obrazini „The Final Problem“ („Xolmsning Soʻnggi Ishi“) (1893) hikoyasida oʻldirmoqchi boʻladi. Lekin butun dunyodagi kitobxonlarning noroziligidan keyin detektivni qaytadan tiklaydi va yangi hikoyalar yozadi.
Arthur Conan Doylening koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu kumladan, „Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir.
DOYL (Doyle) Artur Konan (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yezuvchisi. Edinburg un-tini tamomlagan. Shifokor. Ijodini "Sesassa vodiysining siri" (1879) hikoyasi bilan boshlagan. "Badargʻa qilinganlar" (1893), "Sardor Jerar jasorati" (1894— 95), "Rodney Ston" (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, "Yoʻqolgan dunyo" (1912), "Zaharlangan mintaqa" (1913), "Marakot jarligi" (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi. D.ga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms boʻlgan detektiv janrdagi "Toʻrtlar belgisi" (1890), "Baskervillar iti" (1901—02), "Dahshatlar vodiysi" (1914—15) sarguzasht qissalari va "Sherlok Xolms sarguzashtlari" (1891—92), "Sherlok Xolms haqida xotiralar" (1892—93) hikoyalar toʻplamlari va b. katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. D.ning "Baskervillar iti" (1971), "Yoʻqolgan dunyo" (1983) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.[2]
Manbalar [tahrir]
Havolalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |