Arranged(film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arranged
Rejissyor(lar) Diane Krespo
Stefan Schaefer
Prodyuser(lar) Diane Krespo
Stefan Schaefer
Ssenariynavis(lar) Stefan Schaefer
Yuta Silverman
Rollarda Zoe Lister-Jones
Fransis Benhamou
Bastakor(lar) Sohrab Habibion
Maykl Hampton
Kinematografiya Dan Hersey
Muharrir(lar) Erin Grinvall
Distribyutor Cicala Filmworks
Chiqarilgan sanasi
  • 11-mart, 2007-yil(2007-03-11)
Davomiyligi 90 minut
Mamlakat Qo'shma Shtatlar
Tillar Ingliz
Hibryu
Arab

Arranged — 2007-yilda Cicala Filmworks tomonidan ishlab chiqarilgan. Amerikaning bu ishlab chiqargan filmida Diane Crespo va Stefan Schaefer rejissyorlik vazifasini bajarishgan, Zoe Lister-Jons va Frensis Benhamu bosh rollarni ijro etishgan.Bu filming asosiy mazmuni Nyu-York shahrida o'qituvchi bo'lgan yahudiy ayol (Rochel) va musulmon ayol (Nasira) o'rtasidagi do'stlik haqida bo'lib kinoda shu aks ettirilgan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pravoslav yahudiy Rochel va asli suriyalik bo'lgan musulmon Nasira Nyu-Yorkdagi davlat maktablaridan birida ishlayotgan yosh ayol o'qituvchilardan biri edilar.Rochel ko‘zi ojizlar uchun o‘qituvchi bo‘lgani uchun u Nosiraning shogirdlaridan biri Eddiga yordam berish uchun to‘rtinchi sinf o'quvchilariga dars beradigan Nosira bilan uchrashadi.Ular Eddining muommolari ustida ishlashyotgan paytida bir-biriga bog'lanib qolishadi va o'zaro ko'p umumiy tomonlari borligini tushunib yetadilar.Ularning ikkalasi ham o'zlarining oldilariga qo'yilgan stereotiplarga ayniqsa direktor Jeykobi va Rochel oilasi qarshi kurashishadi.

Nosira ham, Rochel ham oldindan belgilab qo'yilgan nikoh jarayonidan o'tishyotgan edi.Nosira dastlab otasining yaqin o'rtog'i bo'lgan yoshi anchagina katta bir kishi bilan yuzma-yuz keltiriladi va u bu taklifni rad etadi. Keyin uning ota-onasi o'zi xohlagandek yosh yigit bilan tanishtirishadi.Rochel uchun tizim umuman boshqacha edi, ammo u mahalliy Shadchan orqali yoshroq yigitlarga tanishtiriladi.Nosiraning ota-onasi uning istaklari va qiziqishlarini tinglagan bir paytda, Rochelni faqat Shadchanning istaklari to'plamiga mos keladigan yigitlar bilan tanishtirishadi va Rochel nima istayotganiga e'tibor ham berishmaydi.Bir nechta tanishuvlardan so'ng, Rochel boshqa uchrashuvga chiqmasligini ota-onasiga aytadi.Keyin u pravoslav an'analarini tark etgan amakivachchasi bilan bu masalani muhokama qilish uchun bir muddatga uydan chiqib ketadi.

Oxir-oqibat, akasining do'sti, shu jumladan pravoslav yahudiy yigiti bilan tasodifiy uchrashuv orqali Rochelga o'zi yoqtirgan odamni Nasiraning yordami orqali topadi.Film Nosira va Rochelning turmush qurishi, bolalarini aravachada bog‘da o‘tirishi, erlari va turmush hayoti haqida suhbatlashish bilan yakunlanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqtovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arranged Bruklin kinofestivalida eng yaxshi badiiy film g‘olibi bo‘ldi va Vashingtondagi yahudiy kinofestivalida tomoshabinlar mukofotiga sazovor bo‘ldi[1][2].

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes ko'rib chiqish veb-saytida 14 tanqidchilarning sharhlarining 64% ijobiy, o'rtacha reytingi 6,3/10[3] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arranged“. Filmmovement.com. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  2. „Arranged“. Brooklyn Film Festival. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  3. „Arranged“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.