Arabiston vahhobiylari va ularning tor-mor etilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usmonlilar kelgan davrdan boshlab Arabistonning siyosiy xaritasi, garchand ko‘p sonli qabilalar va diniy yo‘nalishlar (sunniylik, shi’alik, ibodiylik, zaydiylik va hokazolar)ga mansubligi parchalanib ketgan aholining sotsiomadaniy tarqoqligi arablar ichidagi mojarolar uchun yetarlicha bahona va sabablar tug‘dirgan bo‘lsa hamki, asosan chetdan bo‘lgan ta’sirlar natijasida o‘zgarib bordi. Biroq mahalliy aholining ijtimoiy tuzumi va maishiy turmushi yuzyilliklar davomida o‘zgarmasdan kelgan va bu narsa o‘z-o‘zidan g‘aflatga solguvchi ta’sir o‘tkazar edi. Patriarxal-urug‘chilik va feodal munosabatlar ko‘chmanchilar orasida ham, o‘troq aholi orasida ham keng tarqalgan keng tarqalgan quldorlik bilan singishib chatishib ketgan edi. Shunga qaramasdan, usmonlilar va Eron o‘rtasidagi kurash, Fors (arablar Arabiya ko‘rfazi deb biladi) portugallar o‘rnini gollandlar egallashi, keyinchalik inglizlar va fransuzlar paydo bo‘lib qolishi bir xil qabilalarning o‘troq hayotga o‘tishiga, aksincha, boshqalarining ko‘chmanchiga aylanishi jarayoniga sabab bo‘ldiki, ana shu jarayondan usmonlilar ham, forslar ham, G‘arbiy yevropaliklar ham foydalanib qolishdi, ana shu jarayon XVII asrda Arabistonda ham siyosiy o‘zgarishlarni, ham ayrim klanlar, qabilalar va qabilalar ittifoqi migratsiyasini rag‘batlantirib turdi.

Ilgari al-Xoss (Arabistonning sharqiy sohili)ni nazorat qilib kelgan usmonlilar XVII asrdan boshlab Humaydiylar ko‘chmanchi shayxlari rahnamoligidagi Banu Xolid qabilasi kofederatsiyasi tazyiqi ostida ortga chekina boshladi. Keyinchalik esa ana shu konfederatsiya zaiflashuvchi ro‘y berdi va biz yashab turgan kunga qadar Kuvaytda saqlanib qolgan Sabohlar sulolasi (1752-yildan), Bahraynda al-Xalifa (1780-yillardan), Ummonda Abu Sayyidlar (1753-yildan boshlab) va boshqalarning maydonga chiqishiga sababchi bo‘ldi. Ana dinastiyalar – sulolalar barchasi al-Xoss, Ummon va Bahraynni bosib olgan forslarga qarshi kurashda vujudga kelishi va qaror topishiga to‘g‘ri keldi. Ko‘plab shayxliklar, amirliklar va sultonliklar orasida asta-sekin 1745-yilda an-Najdda tashkil topgan Saudiya davlati markaziy o’ringa chiqa boshladi[1].

Ana shu davlatning mafkuraviy asosi esa Najddan chiqqan ilohiyotshunos olim Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1791-yillarda yashagan) muallifi bo‘lmish ta’limot bo‘lgan edi. Muhammad Abdulvahhob ta’limoti maxmun-mohiyati islomning birlamchi pokizaligini qayta tiklash va hali ham arab qabilalari orasida yashab kelayotgan o‘tmish sarqitlari – toshlar, qoyalar, chashmalar, mahalliy avliyolarga sig‘inish va e’tiqod qilishni qoralashda mujassamlashgan edi. Muhammad ibn Abdulvahhob shuningdek ilk musulmonlar axloq-odobi va zohidligi qat’iy oddiyligini yoqlab chiqqan, tamaki iste’mol qilish, aroq va vino ichish, qo‘shiq aytish va musiqa asboblarini chalish, dabdaba va hashamat berilib ketish, har qanday ortiqcha narsalarga ko‘ngil qo‘yishni taqiqlagan edi. Vahhobiylik izdoshlari tasavvuf darvishlari mistiszmini qoralagan, jodugarlik, kormatbozlikni taqiqlagan, sufiylar qabrlarini buzib tashlagan edilar.

1744-yilda Muhammad ibn Abdulvahhob bilan ittifoq tuzgan Najd amirlaridan biri Muhammad ibn Saud mazkur ta’limotni qabul qildi. Muhammad ibn Abdulvahhob shiori ostida Muhammad ibn Saud Najdni birlashtirish uchun kurash olib bordi, 1765-yilda vafot etganidan so‘ng uning ishini o‘g‘li Abdulaziz ibn Muhammad davom ettirdi. U o‘z maqsadlariga erishdi va vahhobiylik mafkurachisi vafot etganidan keyin yangi feodal-teokratik davlatda dunyoviy va diniy hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Binobarin, bu davlat o‘z ta’limotini keng tarqatish bayrog‘i ostida 1786-yilda tashqi istilochilikni boshlab yuborgan edi. 1793-yilda Saudiya Arabistoni al-Xossni, 1803-yilda Bahrayn va Kuvaytni bosib oldi, bu mamlakatlar hukmdorlari vahhobiylik ta’limoti va asta-sekin o‘z hokimiyati ostida deyarli butun Arabistonni birlashtirgan vahhobiylar amiri Muhammad ibn Saud (1803-1814-yillarda hukmdor) tan oldilar. 1794-yilda vahhobiylar tomonidan boshlangan Hijoz ustidagi kurash ancha qattiq bo‘ldi. Ana shu kurash jarayonida vahhobiylar ikki marta (1803 va 1806-yillarda) Makkani egallab oldilar va taladilar. Vahhobiylik dushmanlari qarshiligiga qaramasdan, Saudiylar nazoratidan tashqarida faqat Tog‘liq Yaman va Xadramavt qolgan edi, xolos. Biroq Saudiylar Iroq va Suriyani o‘ziga bo‘ysundira olmadi, 1801-yilda Karbalo talanishi bilan cheklandilar va 1808-yildagi Bag‘ddodga yurish esa muvaffaqiyat bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Suriyaning Damashq, Halab va boshqa shaharlariga yurishlar ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Arabiston sarhadlaridan tashqari vahhobiylar qandaydir muvaffaqiyatlarga erisha olmadi.

Bu orada vahhobiylik keng tarqalib borayotgan jiddiy tashvishlanib qolgan usmonli sultonlari uni tor-mor etib tashlashga behuda urinib ko‘rdilar, zotan, Rossiya bilan va Bolqon yarimorolidagi janglarda band bo‘lganligi tufayli Saudiylarga qarshi hal qiluvchi hujumni uyushtira olmasdilar. Istambulning iltimosiga ko‘ra bu ishni Usmonli imperiyasining arab viloyatlarida hukmronlik qilish uchun kurashda vahhobiylar siymosida raqobatchini ko‘rgan Muhammad Ali amalga oshirdi. 1811-yilda Arabistonda urush boshlagan Muhammad Ali 1813-1815-yillarda shaxsan o‘zi unga boshchilik qildi, keyin esa bu ishni o‘g‘li Ibrohimga topshirdi, Ibrohim esa 1818-yilga kelganda Saudiya davlatini tor-mor etib tashladi. Unga so‘nggi 4-yil davomida hukmronlik qilgan amir Abdulloh asirga olindi va Istambulda qatl etildi. Butun Arabiston esa misrliklar nazorati ostiga o‘tdi.

Biroq 1820-yilda Arabistonning hamma joyida vahhobiylar qo‘zg‘alonlari boshlanib ketdi, qatl etilgan amirning amakisi Turkiy vaqtincha hatto Saudiylar hokimiyatini qayta tikladi, ar-Riyozda yangi poytaxtga asos soldi, bu yerdan esa 1832-1834-yillarda Najdning katta qismi ustidan hukmronlik qildi. 1834-yilda Turkiy taxtdan ag‘darib tashlandi va o‘ldirildi, uning vorisi Faysal esa 1838-yilda misrliklar tomonidan asirga olingan edi, biroq, ikki-yildan keyin ular tag‘in Saudiylardan yengilib Arabistondan chiqib ketishga majbur bo‘lishdi.

Arabistonga Misr ekspansiyasi bilan parallel ravishda bu mamlakatga qarab inglizlar ham otlangan edi. 1820-yilda ularning eskadrasi Yamanning Mahon portini bombardimon qildi va Yaman imomiga 1821-yilda huquqlar teng bo‘lmagan shartnomani zo‘rlab tiqishtirdi. 1834-yilda inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi qo‘shinlari 1866-yilda Buyuk Britaniya protektaratiga aylangan Suqotra orolini ishg‘ol qildi. 1839-yilda Angliya Adan shahrini bosib olib, uni Lohij sultonidan (1728-yilda Yamandan ajralib chiqqan edi) Bob al-Manzib bo‘g‘ozini nazorat qilib turuvchi nihoyatda qulay joylashgan bandargohni sotib olish tariqasida rasmiylashtirgan edi. 1820-yilda Angliya Qaroqchilar sohili shayxlarini (hozirga qadar Shartnomaviy Ummonga aylangan) ularni inglizlarga butunlay qaram qilib qo‘ygan shartnomalarni imzolashga majbur qilgan edi. Xuddi shunday shartnomani o‘shanda Bahrayn shayxi, undan keyin esa Maskat hukmdorlari va o‘sha kezlardan boshlab «ingliz ko‘li»ga aylangan Fors ko‘rfazining boshqa amirlari ham imzolagan edilar.