Aprinchur tigin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aprinchur tigin
Tavalludi VIII asr
Ijod qilgan tillari Qadimgi uygʻur tili
Fuqaroligi Uygʻur hoqonligi

Aprinchur tigin (yoki Apryn Chor Tigin) — Uygʻur xoqonligi davrida, taxminan VIII–IX asrlarda yashagan va Moniylik dini taʼsirida sheʼrlar yozgan ilk turk-uyʻur shoirlaridan biri[1]. Turfon qazishmalarida topilgan sheʼrlar ilk bor 1919-yilda nemis olimi Albert von Le Coq tomonidan nashrga tayyorlangan. Topilgan ikki sheʼrning birinchisi uch misradan iborat va ilohiy uslubda yozilgan panegirik (maqtov) tarzida yozilgan sheʼrdir. Birinchi sheʼrning ilk misrasi jiddiy zarar koʻrgan. Aprinchur tiginning ikkinchi sheʼri sevgi mavzusida yozilgan boʻlib, diniy mazmunga ega boʻlmagan sheʼrdir. Bu yetti misrali sheʼrning ham birinchi misrasi yoʻqolgan. „Sevgili“ deb atalgan bu sheʼr uygʻur adabiyotida lirik sheʼriyatning ilk va eng qadimiy namunasi sanaladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oʻzbek adabiyoti tarixi“. 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
  2. Sözlüğü, Türk Edebiyatı İsimler „APRIN ÇOR TİGİN“. teis.yesevi.edu.tr. Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]