Anila Denaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anila Denaj

Anila Denaj Jahon iqtisodiyoti forumida
31-chi Albaniya parlamenti aʼzosi
Mansab davri
10-sentyabr, 2021-yil(2021-09-10)
Prezident Ilir Meta
Bosh vazir Edi Rama
Moliya va iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
17-yanvar, 2019-yil(2019-01-17) – 18-sentyabr, 2021-yil(2021-09-18)
Oʻtmishdoshi Arben Ahmetaj
Vorisi Delina Ibrahimaj
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-sentyabr 1973-yil (1973-09-18) (50 yosh)
Tirana, Albaniya
Siyosiy partiyasi Sotsialistik partiya
Alma mater Tirana universiteti

Anila Denaj (1973-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — alban siyosatchisi, 2019-yil yanvaridan 2021-yil sentabrgacha, faoliyatini toʻxtatgunga qadar mamlakat Moliya va iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.

Hayot yoʻli va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anila Denaj Tiranada tugʻilgan va 1995-yilda Tirana universitetini moliya va bank boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha tahsilini yakunlagan[1][2].

Anila Denajning bir nafar oʻgʻli bor[1]. Uning ismi Aleksandër Kume.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anila Denaj El Salvador, Boliviya, Ekvador, Ruminiya va Mozambikdagi ProCredit Bank tashkilotining filiallarida ishlagan[1]. 2013-yil oktyabr oyida u Albaniya Moliya vazirligining bosh direktori lavozimiga tayinlangan[1]. 2014-yildan buyon Davlat boshqaruvi maktabida xodimlarni boshqarish boʻyicha maʼruzalar oʻqib kelmoqda[1][2].

Anila Denaj 2018-yil oktabr oyida Albaniyaning sogʻliqni saqlash xavfsizligi jamgʻarmasi bosh direktori etib tayinlangan[1]. Oradan uch oy oʻtgach, u Arben Axmetaj oʻrniga Bosh vazir Edi Rama tomonidan vazirlar mahkamasidagi oʻzgarishlarga koʻra Moliya va Iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan[3]. 2020-yilda Anila Denaj mamlakat iqtisodiyotini 2019-yildagi Albaniya sodir boʻlgan zilzila va COVID-19 pandemiyasining „ikkita ogʻir zarba“ laridan tiklashga yordam berishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amaliyotga kiritgan.

Hukumatdagi faoliyatidan tashqari, Anila Denaj Jahon banki guruhining (WBG) gender va rivojlanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi hamdir[4].

2021-yil 25-aprelda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, Anila Denaj Albaniya Sotsialistik partiyasidan Albaniya Xalq Assambleyasi deputati etib saylangan[5].

Boshqa faoliyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Chair: Anila Denaj“. Albania Investment Council. 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Anila Denaj: Ministër i Financave dhe Ekonomisë“ (Albanian). Ministry of Finance and the Economy.
  3. „Sudden reshuffle in Rama's cabinet, who is leaving and who is coming“. Independent Balkan News Agency (2018-yil 28-dekabr). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  4. World Bank Advisory Council on Gender and Development World Bank Group.
  5. „Anila Denaj“ (sq). Kuvendi i Shqipërisë. 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  6. Board of Governors European Bank for Reconstruction and Development (EBRD).
  7. Board of Governors World Bank.