Angelo Ogbonna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angelo Ogbonna
Ogbonna West Ham United klubida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Obinze Angelo Ogbonna[1]
Tavallud sanasi 23-may 1988-yil (1988-05-23) (35 yosh)[2]
Tavallud joyi Cassino, Italiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Ham United
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cassino
2002—2006 Torino
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2013 Torino 150 (1)
2007—2008Crotone (ijara) 22 (0)
2013—2015 Juventus 41 (0)
2015 West Ham United 176 (8)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Italiya 10 (0)
2011—2016 Italiya 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 3-sentyabr uchun)

Obinze Angelo Ogbonna (talaffuzi: Obinze Anjelo Ogbonna) (Italyancha talaffuzi: ˈandʒelo oɡˈbɔnna ) (1988-yil 23-mayda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Angelo Ogbonna „West Ham United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Dastlab Angelo Ogbonna "Nuova Cassino" futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Shundan soʻng, Angelo Ogbonna 2002-yilda „Torino“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Angelo Ogbonna 18 yoshida Alberto Zaccheroni qoʻl ostida A Seriyada debyut qilgan. C1 seriya vakili „Crotone“ futbol klubida ijarada oʻynaganidan soʻng, Angelo Ogbonna „Torino“ klubiga qaytib keldi. Keyin Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubi bilan yana besh mavsum oʻynadi. 2013-yil iyul oyida Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubini tark etib, "Juventus" futbol klubi safiga qoʻshildi. Angelo Ogbonna yangi klubi bilan 2013—2014 va 2014—2015-yillarda Scudettoni, shuningdek, 2013-yilgi Italiya Superkubogi va 2014—2015-yilgi Italiya kubogini qo‘lga kiritdi .

Angelo Ogbonna 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Angelo Ogbonna 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ham Italiya milliy futbol terma jamoasi safida Italiya sharafini himoya qilgan.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angelo Ogbonna kuchli markaziy himoyachi hisoblanadi. Ogbonna birinchi navbatda oʻzining ajoyib jismoniy xususiyatlari bilan tanilgan[3][4]. Angelo Ogbonna, shuningdek, toʻpni raqibdan tez olib qoʻyish qobiliyati va yaxshi pozitsion tuygʻuga egaligi bilan ajralib turadi[5][6]. Angelo Ogbonnaning tezligi, texnikasi, toʻpni oʻzida saqlash qobiliyati, maydonni koʻrish qobiliyati va chap oyogʻi bilan yaxshi ishlay olishi tufayli u baʼzan chap qanot himoyachisi sifatida ham tanilgan[3][4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angelo Ogbonna 1983-yilda Nigeriyadan Italiyaga hijrat qilib, mamlakatning markaziy qismidagi Cassino shahrida qo‘nim topgan nigeriyalik oilada tug‘ilgan. Angelo Ogbonna Italiyada tugʻilganiga qaramay, 18 yoshga to‘lganidan keyingina Italiya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgan[7].

2008-yil 22-dekabrda Angelo Ogbonna soat 5:00 atrofida Smart mashinasining boshqaruvini yo‘qotib, ko‘prikdan pastga qulab, avtohalokatga uchradi. Lekin keyin avtohalokatdan tuzalib ketdi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi UEFA Boshqa Jami
Division Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Torino 2006—2007 Serie A 4 0 0 0 4 0
2008—2009 19 0 4 0 23 0
2009—2010 Serie B 31 1 1 0 3 0 35 1
2010—2011 35 0 2 0 37 0
2011—2012 39 0 2 0 41 0
2012—2013 Serie A 22 0 1 0 23 0
Jami 150 1 10 0 3 0 163 1
Crotone (ijara) 2007—2008 Serie C1 22 0 1 0 2 0 25 0
Juventus 2013—2014 Serie A 16 0 2 0 6 0 1 0 25 0
2014—2015 25 0 4 0 1 0 0 0 30 0
Jami 41 0 6 0 7 0 1 0 55 0
West Ham United 2015—2016 Premier League 28 0 5 1 0 0 1 0 34 1
2016—2017 20 0 1 0 3 0 2 0 26 0
2017—2018 32 1 3 0 4 2 39 3
2018—2019 24 1 2 0 3 2 29 3
2019—2020 31 2 2 0 0 0 33 2
2020—2021 28 3 2 0 0 0 30 3
2021—2022 11 1 0 0 0 0 0 0 11 1
2022—2023 2 0 0 0 1 0 7 0 10 0
Jami 176 8 15 1 11 4 10 0 212 13
Jami 389 9 32 1 11 4 17 0 6 0 455 14

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Italiya 2011-yil 1 0
2012-yil 4 0
2013-yil 4 0
2014-yil 1 0
2016-yil 3 0
Jami 13 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
  2. „Angelo Ogbonna Profile“ (en). Premier League. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Torino: Fenomeno Ogbonna, gioiello per l'estate“ (it). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Adam Digby. „Juve's Prem-linked stopper who needs a new home this summer“. FourFourTwo.com (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
  5. MINA RZOUKI. „Giorgio Chiellini's leadership will be missed in UCL final absence“. ESPN FC (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
  6. Dave Taylor. „Ogbonna – From Bull to Bianconero“. Football Italia (2013-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
  7. „All Black Italians“. Italia-Razzismo (2009-yil 20-oktyabr). 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-noyabr.
  8. „Che paura per Ogbonna! Giù da un ponte con l'auto“ (it). La Gazzetta dello Sport (2008-yil 22-dekabr). 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-dekabr.