Andrey Piontkovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Andreyevich Piontkovskiy
Tavalludi 1898-yil
Yaroslavl, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1973-yil
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi yurist
Taʼlimi Turkiston universiteti
Mukofotlari

Andrey Andreyevich Piontkovskiy (1898-1973) – sovet huquqshunosi, jinoyat huquqi va kriminologiya, huquq fanlari falsafasi va metodologiyasi sohasidagi mutaxassis, yuridik fanlar doktori, professor, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1968), RSFSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi. Xalqaro jinoyat huquqi assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Varshava universitetining faxriy doktori[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Andreyevich Piontkovskiy 1898-yil 8-avgustda Yaroslavlda tugʻilgan. Mashhur rus huquqshunos olimi Andrey Antonovich Piontkovskiyning oʻgʻli. Akasi tarixchi Sergey Andreyevich Piontkovskiy.

1918-yilda Qozon universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1921-yilda [[Toshkentga koʻchib kelgan va Turkiston universitetida dars bergan[2]. Keyinchalik 1923-yildan Moskva universitetida, 1931-yildan Moskva yuridik institutida, 1950-yildan Butunittifoq kriminalistika institutida, 1955-yildan SSSR Davlat va huquq institutida dars bergan. Sovet jinoyat huquqining umumiy va maxsus qismlari boʻyicha darsliklar muallifi.

1946—1951-yillarda SSSR Oliy sudi aʼzosi boʻlgan.

1973-yil 9-noyabrda vafot etgan. U Moskvada Novodevichy qabristonining kolumbariysiga dafn qilindi.

Oʻgʻli matematik, siyosatshunos va jamoat arbobi Andrey Andreyevich Piontkovskiy (1940-yilda tugʻilgan).

Asosiy ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Piontkovskiy „Kant, A.Feyerbax va Fixtening jinoiy-huquqiy qarashlari“ (1940), „Gegelning huquq va davlat haqidagi taʼlimoti bilan bogʻliq jinoyat-huquqiy nazariyasi“ (1948), „Sovet jinoyat huquqida jinoyat toʻgʻrisidagi taʼlimot“ (1961), „Gegelning huquq va davlat haqidagi taʼlimoti va uning jinoyat huquqi nazariyasi. 2-qism“ (1963), „Gegelning huquq falsafasi va marksizm“ (1973-yil), „Kantning huquq va davlat nazariyasi. Kant falsafasi va zamonaviylik“ (1974-yil) asarlari muallifi hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Пионтковский Андрей Андреевич // Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Пионтковский Андрей Андреевич“. www.bigenc.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „ПИОНТКОВСКИЙ Андрей Андреевич“. www.izak.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.