Andoza:Bugungi Hadis/2006-06

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |

1[manbasini tahrirlash]

“Kimki bir odamning ayolini yoki qulini unga qarshi qayrasa, bas u bizdan emas”.
Abu Dovud rivoyatlari

O`zgartirmoq

2[manbasini tahrirlash]

“Ey Allohim, men Sendan ochlikdan panoh berishingni so'rayman – u qanday ham yomon yostiqdosh! Yana Sendan xiyonatdan panoh so'rayman – u qanday ham yomon sirdosh!”

Abu Dovud rivoyatlari


O`zgartirmoq

3[manbasini tahrirlash]

“Allohga eng suyukli taom uning ustida qo'llar ko'p bo'lganidir”.

Alboniy, “Sahih hadislar silsilasi”, 2/895


O`zgartirmoq

4[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Allohga eng suyukli taom uning ustida qo'llar ko'p bo'lganidir”.
(Alboniy, “Sahih hadislar silsilasi”, 2/895).


O`zgartirmoq

5[manbasini tahrirlash]

Abu Molik Ash'ariydan rivoyat. Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Dunyoning shirini Oxirat achchig'idir. Dunyoning achchig'i Oxirat shirinidir”.
(Sahihul-jomeus-sag'ir, 3155).


O`zgartirmoq

6[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Oz bo'lib kifoya qilgani ko'p bo'lib chalg'itib yuborganidan yaxshiroqdir”.
(Alboniy, “Sahih hadislar silsilasi”, 947-hadis. Bu hadis Ibn Hibbon sahihlarida Abu Dardodan rivoyat qilingan 3329-hadisning bir qismi sifatida ham kelgan).


O`zgartirmoq

7[manbasini tahrirlash]

Abu Hurayradan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Kimki bir odamning ayolini yoki qulini unga qarshi qayrasa, bas u bizdan emas”.
(Abu Dovud rivoyatlari).


O`zgartirmoq

8[manbasini tahrirlash]

Abu Zardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“(Moli) eng ko'p bo'lganlar Qiyomat kuni eng past maqomda bo'ladilar, illo molni mana bunday, mana bunday qilgan va haloldan topgan inson unday emas”.
(Ibn Moja rivoyatlari).


O`zgartirmoq

9[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Qiyomat soati yaqin kelib qoldi. Odamlarning esa faqat dunyoga hirslari oshib bormoqda. O'zlari Allohdan faqat uzoqlashmoqdalar”.
(Alboniy taxriji, sahih).


O`zgartirmoq

10[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:


“Mo'minning misoli asalariga o'xshaydi – faqat yaxshi narsa yeydi, o'zidan faqat yaxshi narsa qoldiradi”.
(Alboniy, sahih).


O`zgartirmoq

11[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Mo'minlarning afzali xulqi eng chiroyli bo'lgan kishidir. Ularning ziyragi o'limni ko'p zikr qiladigan va unga chiroyli tayyorgarlik ko'radigan odamdir. Ana o'shalar ziyraklardir”.
(Ibn Moja rivoyatlari, Alboniy, hasan).


O`zgartirmoq

12[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Oz bo'lib kifoya qilgani ko'p bo'lib chalg'itib yuborganidan yaxshiroqdir”. (Alboniy, “Sahih hadislar silsilasi”,
947-hadis. Bu hadis Ibn Hibbon sahihlarida Abu Dardodan rivoyat qilingan 3329-hadisning bir qismi sifatida ham kelgan).


O`zgartirmoq

13[manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat. U kishi dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

“G'ariblarga shodlik bo'lsin!” “G'ariblar kim, ey Rasululloh?”, deb so'rashdi. U kishi dedilar: “Ular ko'p sonli yomon odamlar ichidagi solih insonlardirki, ularga isyon qiladiganlar itoat qiladiganlardan ko'ra ko'proq bo'ladi”.
(Imom Ahmad rivoyatlari, Alboniy, sahih).


O`zgartirmoq

14[manbasini tahrirlash]

Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi. U kishi dedilar:


“Berganiga yarasha qaytaradigan odam aloqa bog'lagan emas, balki aloqasini uzganga ham beraveradigan odam aloqa bog'lagandir”.
(Imom Buxoriy rivoyatlari).


O`zgartirmoq

15[manbasini tahrirlash]

Saxr al-G'omidiydan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Ey Allohim, ummatimning ertalabdan qilgan ishlariga baraka ato qil!”.
(Abu Dovud, Ibn Moja, Termiziy rivoyatlari).


O`zgartirmoq

16[manbasini tahrirlash]

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Sizlar g'aflat bosgan o'rningizdan boshqa erga o'tinglar”.
(Abu Dovud rivoyatlari).


O`zgartirmoq

17[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Kimki sahifasi uni xursand qilishini xohlasa, istig'for aytishni ko'payirsin”.
(Alboniy taxriji).


O`zgartirmoq

18[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Odam bolasining aksar xatosi tilida bo'ladi”.
(Alboniy, sahih).


O`zgartirmoq

19[manbasini tahrirlash]

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Sizlardan qaysi biringiz so'rasa, ko'proq so'rasin, axir u Rabbidan so'rayapti”.
(Alboniy, sahih).


O`zgartirmoq

20[manbasini tahrirlash]

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Kimki mashaqqatli va qayg'uli kunlarda duosini Alloh qabul qilishidan xursand bo'lsa, yaxshi kunlarda duo qilishni ko'paytirsin”.
(Termiziy rivoyatlari).


O`zgartirmoq

21[manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Parvardigorning roziligi otaning roziligidadir“


O`zgartirmoq

22[manbasini tahrirlash]

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Sizlarni nimaga buyurgan bo'lsam, bas uni olinglar, nimadan qaytargan bo'lsam, bas undan to'xtanglar!”
(Ibn Moja rivoyatlari).


O`zgartirmoq

23[manbasini tahrirlash]

Anas raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


“Sizlardan hech bir kishi to men unga bolasidan ham, ota-onasidan ham va barcha odamlardan ham sevimliroq bo'lmagunimcha iymon keltirgan bo'lmaydi”.
(Nasoiy rivoyatlari).


O`zgartirmoq

24[manbasini tahrirlash]

Anas raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:


Amirul mo'minin Abu vafs Umar ibn Xattob (r.a)dan: Men Rasululloh (S.A.V)ning shunday deyayotganlarini eshitdim: "Amallar (faqatgina) niyatlar bilan (e'tibor qilinadi) va har bir kishi uchun niyat qilgan narsasigina (savobi yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli uchun bo'lsa, uning hijrati Alloh va Rasuli uchun (deb e'tibor qilinajak). Kimning hijrati biron dunyo (matosi) ni qo'lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo'lsa, uning hijrati nima uchun qilingan bo'lsa, o'sha uchundir".
(Buxoriy hamda Muslim rivoyati).


O`zgartirmoq

25[manbasini tahrirlash]

Abu Mas'ud U'qbat ibn 'Amr Al-Ansoriy Al-Badriy (badr gazotida ishtirok etkanligi uchun) aytdilarki: Rasulluloh shunday dedilar: "Insonlarning awwalgi nubuwwat (ya'ni payg'ablardan) olgan (nasihati) shu bo'ldiki: Agar hayo qilmasang, nima qilsang qil" [Muslim rivoyatlari] Sharh: bu hadisdan murod hayo qilishlik iymondandir, bunga boshqa hadislar ham dalil boladi, wa hayosi bo'lmagan kishini iymonsiz deb aytsa ham bo'ladida, u iymonsiz kishiga qancha wa'z-nasihatlar qilsangiz ham nasihatga quloq solmaydi. Shuning uchun Payg'ambarlar iymonga chaqirib ularni Yakka, sharigi yo'q bo'lgan Zot bo'lmish Allohga siginishga chaqirishda kofir bo'lgan kimsalarga qarata aytilgan gapdur. Wa Alloh Bilguvchiroqdir.

O`zgartirmoq

26[manbasini tahrirlash]

Abdullohning og'li Abu Abbos Abdulloh (Radiyallahu anhuma) rivoyat qiladilar: Bir kun men Rasululloh ning orqalaridan ketayotgan edim va ular shunday dedilar: "Ey gulom (arab tilida yigit yo bola), men senga bir (maslahatlik, foydalik) gaplarni o'rgataman : Alloh'ni himoya qil (ya'ni Allohning aytganlarini qil), shunda Alloh seni himoya qiladi. Alloh'ni himoya qil, shunda Uni o'z oldingda topasan (ya'ni duoingni istijobat qiladi). Agar so'rasang, (faqat) Allohdan so'ragin; agar yordam (iste'ona) so'rasang, (faqat) Alloh'dan so'ragin. Wa bilginki, agar bir Ummat (millat) senga naf keltirish uchun bir joyga yig'ilishsa, Alloh senga belgilab (yozib) qoyganichalik naf keltira oladi, va agar ular senga zarar keltirish uchun bir joyga to'planishsa, Alloh senga belgilab (yozib) qo'yganichalik zarar keltira olishadi. Qalamlar ko'tarilgan va qog'ozlar qurib bo'lgan (ya'ni Olloh tomonidan belgilangan narsalar o'zgartirib bo'lmaydi)." Termiziydan boshqalar tomonidan qilingan rivoyatlarda mana bunday keladi: "Allohni himoya (hifz ya'ni Allohni aytganini qil) qil, Uni o'z o'ngingda topgaydursan. Allonhi to'kin sochinlikda bilgin, U seni qiyinchlikda eslaydi. Bilginki, nimaiki (seni) chetlab o'tgan bo'lsa, sening ustinga tushmasligi kerak edi, va nimaiki sening ustinga tushgan bo'lsa (taqdringa yozilgan bo'lsa), seni chetlab o'tmagan bo'lardi. Va shuni (ham) bilginki g'alaba (nusrat) sabr bilandir, faraj (engillik) karb (og'riq) bilan (keladi) , osonchilik esa qiyinchilik bilan (keladi). "

O`zgartirmoq

27[manbasini tahrirlash]

Hazrat Anas roziallohu taolo anhudan bu rivoyat bordirki, debdurlar:

Janob Rosuli A'zam SAV o`rta qadlik bir zot erdilar. Na uzun va na qisqa erdilar. Jismlari chiroylik va kelishgan erdi. Sochlari na buralgan va na yozilgan erdi. Chehralari bug`doyrang erdi. Qachon yursalar oldilariga moyilroq bo`lib yurar erdilar.
Manba: Abu Iso At-Termiziy "Ash-Shamoyil An-Nabaviya"
O`zgartirmoq

28[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u esa Ibni Mas'uddan (r.a.) rivoyat etadi.

Ibn Mas'ud aytdilar: «Jabroil (a.s) Payg'ambarimizga oq libosli yosh yigit suratida keldi va: «Assalomu alayka yo Rasululloh!» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) salomga alik oldilar. So'ng u: «Yaqinlashsam, yo Rasululloh», dedi. Hazrati Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Yaqinlash (yaqinroq kel)», dedilar. U: «Yo Rasululloh! Imon nima?» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Imon - Allohga, farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, yaxshilik va yomonlikning Allohning taqdiri ila bo'lishiga ishonishdir», dedilar. U: «To'g'ri aytdingiz», dedi. Biz uning bilgandek «to'g'ri aytdingiz» deganidan ajablandik. So'ng u: «Yo Rasululloh! Islom ahkomlari nima?» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Namoz o'qish, zakot berish, ro'za tutish, junub bo'lsa, g'usl qilish», dedilar. U: «To'g'ri», dedi. Biz uning bilgandek «To'g'ri aytdingiz» deganidan ajablandik. So'ng u: «Ehson nima?» dedi. Payg'ambarimiz: «Alloh uchun Allohni ko'rib turganingdek amal qilmog'ingdir. Agar sen Uni ko'rmasangda, U seni ko'radi», dedilar. U: «To'g'ri aytdingiz», dedi.U: «Qiyomat qachon bo'ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat haqida savol so'ralgan so'raguvchidan yaxshiroq bilmaydi», dedilar. So'ng u iziga qaytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Uni xuzurimga qaytaring!» dedilar. Biz uni izladik, biroq undan asar ham ko'rmadik. Buni Rasululloh (s.a.v.)ga aytdik. Payg'ambar (s.a.v.) bizga: «U, Jabroil (a.s.) edi. Sizga diningizni o'rgatish uchun keldi», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

29[manbasini tahrirlash]

Hazrati Abdulloh Ibn Zayd roziyallohu anhudan debdurlar:

men janobi rosululloh SAV masjidda orqalarini yerga berib, bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlarini ustiga qo`yib otirganlarini ko`rdim.
Manba: Abu Iso At-Termiziy "Ash-Shamoyil An-Nabaviya"
O`zgartirmoq

30[manbasini tahrirlash]

Hazrati Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan debdurlar:

men janobi rosululloh SAVni otirganlarinibir boshqa, yani yostiqqa suyanib o`tirganlarini ko`rdim.
Manba: Abu Iso At-Termiziy "Ash-Shamoyil An-Nabaviya"
O`zgartirmoq

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari[manbasini tahrirlash]

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
Widthwidth

Ushbu parametrga izoh berilmagan. Parametrga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin

Stringrequired