Andijon shahridagi Sharda universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Sharda Universiteti — Andijon viloyatidagi,xorijiy xususiy oliy taʼlim muassasasi.

2019-yil 15-yanvar kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Hindistonga tashrif buyurdi. Rasmiy tashrifning dastlabki kunida Hindistonning Sharda universiteti bilan memorandum imzolangan. Unga koʻra, ushbu nufuzli universitet viloyatda oʻz filialini ochgan va 100 million AQSH dollarilik investitsiya kiritgan. Sharda universiteti (asosiy binosi) Hindiston Respublikasining Katta Noida shahrida joylashgan boʻlib, unda 20 mingdan ortiq talabalar muhandislik, tibbiyot, xorijiy tillar tadqiqotlari, menejment boshqaruvi, sanʼat, arxitektura hamda boshqa koʻplab mutaxassisliklar boʻyicha tahsil oladi. Universitet dunyoning 110 dan ziyod yuqori oliygohlari bilan shartnomalar imzolagan.[1]

— Oʻzbekiston Sharda Universiteti talabalari uchun noyob afzalliklar:

— Oʻzbekistondagi universitet filiallari talabalari Shardaning Katta Noida yoki Agradagi filiallarida bir yil davomida (qoʻshimcha kontrakt toʻlovlarsiz) almashinuv dasturi doirasida oʻqishni tanlashlari mumkin.

— Talabalar, shuningdek, Dehlidagi yetakchi korporativ kompaniyalarda yoki „Sharda Group“ kompaniyalarida 6 oylik sanoat amaliyotini oʻtashlari mumkin.[2]

Oʻzbekiston Sharda Universiteti barchaga jahon darajasidagi taʼlim berish maqsadiga muvofiq tashkil etilgan. Bu Oʻzbekistondagi birinchi toʻliq xususiy universitet boʻlib, u Yevroosiyo talabalari uchun jahon standartlariga mos kadr boʻlib yetishishda koʻprik vazifasini oʻtashni rejalashtirilmoqda. Sharda Universiteti talabalarining 27%i 85+ mamlakatdan kelgan. Universitet yillar davomida Osiyodagi yetakchi taʼlim, tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylangan. Kelgusi bir necha yil ichida Andijondagi universitet filiali muhandislik, menejment, tibbiyot, stomatologiya, huquq, arxitektura, dizayn, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya, hamshiralik ishi, biotexnologiya, oziq-ovqat va koʻplab shu kabi turli yoʻnalishlar boʻyicha eng zamonaviy taʼlim markaziga aylanishni rejalashtirgan. Oʻzbekiston Sharda Universiteti ham butun insoniyatga foyda keltiradigan tadqiqot va innovatsiyalarni ilgari surish uchun mukammall markazlarini tashkil etish arafasida.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sharda Institutions“ 1996-yildan beri jahon darajasidagi taʼlimni yetkazib beruvchi guruh hisoblanadi. U Uttar-Pradesh shahrida joylashgan eng yirik taʼlimiy guruh boʻlib, AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Gretsiyaning kabi davlatlarning yetakchi universitetlarida 25000+ almashinuv dasturi talabalari va 1200+ professor-oʻqituvchilari bor. Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida ham. Universitetning 47,500 dan ortiq bitiruvchilari bor, ular bugungi kunda oʻz sohalari boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Hindistonning 4 ta shahridagi zamonaviy filiallar bilan „Sharda Institutions“ kengroq yondashuvni qoʻllash va shaxsning umumiy rivojlanishiga eʼtibor qaratish orqali taʼlim haqidagi anʼanaviy tasavvurni oʻzgartirdi. 3,5 million kvadrat fut infratuzilmaga ega 200 gektar maydon boʻylab tarqalgan oliy taʼlim muassasalarining muvaffaqiyatli bitiruvchilari va samarali professor-oʻqituvchilari bilan „Sharda Institutions“ ilgʻor taʼlim beruvchi guruh sifatida ishonch va hurmatga sazovor boʻldi.

Yangi marralarni zabt etgan „Sharda Group“ 2005-yilda barchaga arzon narxlarda yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida „Sharda kasalxonasi“ni tashkil etdi. Dehlidagi eng yirik shifoxonalardan biri boʻlgan „Sharda kasalxonasi“da 900 dan ortiq yotoq oʻrinlari va 300 dan ortiq tajribali shifokorlar bor. Shu jumladan jarohatlar, travmalar, jiddiy tibbiy yordam kabi turli intensiv terapiya boʻlimlari ham mavjud.

Ta’lim narxi[3][tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompyuter muhandisligi yo'nalishi (2022-yil, 12-may holatiga ko'ra) 1 yillik kontrakt summasi $3200, yoki 33 632 000 so'm

Biznes administratsiyasi bakalavri yo'nalishi (2022-yil, 12-may holatiga ko'ra) 1 yillik kontrakt summasi $3000, yoki 31 530 000 so'm

Ingliz tili yo'nalishi (2022-yil, 12-may holatiga ko'ra) 1 yillik kontrakt summasi $2900, yoki 29 428 000 so'm

"Internet of Things" magistri yoʻnalishi (2022-yil, 12-may holatiga koʻra) 1 yillik kontrakt summasi $3500, yoki 36 785 000 soʻm

"Sun'iy intellekt" magistri yoʻnalishi (2022-yil, 12-may holatiga koʻra) 1 yillik kontrakt summasi $3500, yoki 36 785 000 soʻm

va boshqa yoʻnalishlar

O'qishga kirish uchun[4][tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Sharda Universiteti 2021-2022 yil oʻquv yili uchun muhandislik va texnologiya fakulteti, biznes administratsiyasi fakulteti va gumanitar fanlar fakultetiga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan abituriyentlar kamida 11 yillik taʼlimni tamomlagan boʻlishi va yaxshi IETLS ballga ega boʻlishi kerak. Barcha oʻquv dasturlar nufuzli fakultetlar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Sharda universiteti magistrlarni ham oʻqishga taklif qiladi. Xalqaro universitetda oliy maʼlumot olishga intilayotgan yorqin talabalar qabul jarayonida toʻliq ishtirok etishlari shart.

Oʻqishga kirish jarayonida quyidagi hujjatlar zarur boʻladi!

1. Shaxsiy maʼlumotlar. Ariza beruvchi oʻz maʼlumotlari boʻyicha elektron arizani toʻldirishi va kerakli hujjatlarni yuklashi kerak

Ism, familiya va otasining ismi

Tugʻilgan kun / oy / yil

Doimiy yashash joyi

Ishlovchi elektron pochta

Ishlaydigan aloqa raqami (mobil telefon va uy telefoni)

Passport (shu jumladan pasportning doimiy roʻyxatga olish sahifasi) PDF formatida

JPEG formatidagi fotosurat (3,5X4,5 oʻlchamda)


2. Ota-onalar haqida maʼlumot. Ariza beruvchi barcha kerakli maydonlarni ota-onasi va favqulodda vaziyatda boglansa boʻladigan shaxs maʼlumotlari bilan toʻldirishi kerak

Ota-onalarning toʻliq ismi

Doimiy yashash joyi

Ishlaydigan aloqa raqami (mobil telefon va uy telefoni)

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

Favqulodda aloqa


3. Kerakli hujjatlar. Ariza beruvchilar onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini PDF formatida yuklashlari kerak

Rektor nomiga rasmiy ariza xati

Passport (shu jumladan pasportning doimiy roʻyxatga olish sahifasi)

Diplom va baxolar tabeli (inglizs tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan)

IETLS/yoki boshqa ingliz tili bilish darajasini tasdiqlovchi til sertifikati

JPEG formatidagi fotosurat (3,5X4,5 oʻlchamda)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  2. https://www.shardauniversity.uz/about-us
  3. https://www.shardauniversity.uz/course-fee
  4. https://www.shardauniversity.uz/entry-requirements