Amir Chaxmoq masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir Chaxmoq masjidi — Eronning Yazd ustonida joylashgan boʻlib, Amir Chaxmoq va uning rafiqasi tomonidan qurilgan. Mir Jaloliddin Chaxmoq Shohrux Mirzoning amirlaridan biri boʻlgan. Amir Chaxmoq va uning rafiqasi Fotima Xotun Yazd shahrida obodonchilik ishlari bilan mashgʻul boʻlishgan, jumladan, takya, maydon, hammom, karvonsaroy, xonaqoh, qandolatxonalar, sovuq suv qudugʻi va ushbu Amir Chaxmoq masjidini qurdirganlar. Masjidga oʻrnatilgan tosh, gumbazni bezatib turgan koshinlar, mehrob va barcha boshqa bezaklar juda hayratlanarli. Uning ulugʻvorligi bois masjidni „ikkinchi jom’e masjidi“ ham ataganlar [1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 283 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.