Alisher Navoiy Oqquyunlilar devoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alisher Navoiyning "Oqquyunli muxlislar devoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Topilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 " Oqquyunli muxlislar devoni" 

Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan 2-devon hisoblanadi. Bu devon 2012-yil adabiyotshunos olim Aftondil Erkinov tomonidan jahon qo'lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o'rganish asosida topilgan. Mazkur devon Alisher Navoiyning Oqquyunlilar(Ozarbayjon va G'arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan o'g'uz turklari)hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan 1471-yilda tuzilgan bo'lib, hozircha shartli ravishda "Oqquyunli muxlislar devoni" nomi bilan yuritilmoqda.Devonni Anisiy taxallusi bilans she'rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Sherozda o'chirilgan.

Janrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Devonda jami 229 ta she'r bo'lib, 224 tasi g'azal,1 ta mustazod, 3 ta muxammas, 1 ta tarji'banddan iborat.Bu majmuadagi 224 ta g'azaldan 217 tasi"Badoyi' ul-bidoya"ga,1 tasi "Navodir un-nihoya"ga kiritilgan.Devondagi 85%g'azal "Ilk devon"da uchramaydi.Bu mazkur g'azallarning katta qismi 1466-yildan keyingi 5 yil ichida(1471-yilgacha)yozilganidan dalolat beradi. Devondagi g'azallarning aksariyati 5 yoki 7 baytdan tashkil topgan.Devondagi 3 muxammas Lutfiy gʻazallariga yozilgan boʻlib, ular ham keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy” tarkibidagi devonlardan oʻrin olgan.“Oqquyunli muxlislar devoni” devondagi soʻnggi janr - tarji’bandning:

Yodingni qilay harifi majlis, Fikringni etay ko'ngulga munis - bayti bilan yakun topgan

 Oqquyunlilar saltanatinig asosiy aholisi o'g'uz turklari bo'lgani uchun mazkur devonda Alisher Navoiyning she'rlari o'g'uz lahjasiga moslashtirib ko'chirilgan.Masalan,quyosh-gunash,tosh-dosh , ber-ver, yig'lar-ag'lar,bor-vor,emas-emaz,sarg'arib-sararub,yo'q-yo'x tarzida berilgan.
 "Oqquyunli muxlislar devoni"ning hozirga qadar bittagina qo'lyozmasi ma'lum bo'lib,u Qohira shahridagi Misr milliy kutubxonasida Lit.Turc.68 raqami ostida saqlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Shuhrat Sirojiddinov,Dilnavoz Yusupova,Olimjon Davlatov.Navoiyshunoslik.-T.: Tamaddun,2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/suhbatlar/aftondil-erkinov-jahonda-yagona-qo-lyozma 2.https://daryo.uz/2016/01/28/alisher-navoiy-muxlislari-tuzgan-ikkinchi-devon-tokioda-nashrdan-chiqdi/