Alexander Søderlund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Søderlund
Søderlund 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexander Toft Søderlund[1]
Tavallud sanasi 3-avgust 1987-yil (1987-08-03) (36 yosh)
Tavallud joyi Haugesund, Norvegiya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Haugesund
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ersmarks IK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Haugesund 0 (0)
2006—2008 Vard Haugesund 11 (4)
2008 Virtus Lanciano 0 (0)
2008—2010 Treviso 0 (0)
2008UR Namur (ijara) 3 (0)
2009Botev Plovdiv (ijara) 0 (0)
2009FH (ijara) 18 (3)
2010 Lecco 7 (0)
2010 Vard Haugesund 12 (4)
2011—2013 Haugesund 70 (24)
Milliy terma jamoa
2006 Norvegiya U21 1 (0)
2012—2017 Norvegiya 32 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 7-noyabr uchun)

Alexander Toft Søderlund (talaffuzi: Aleksandr Syoderlunn; 1987-yil 3-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Haugesund jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Søderlund Stegaberg IL, Haugesund va Vard Haugesundda oʻynagan[2]. Keyinchalik sayohatchi boʻlib, 2008—2010-yillarda toʻrtta xorijiy davlatning oltita turli klubida oʻynadi.

Xorijdagi omadsiz tajribasi 2010-yilning yozida, Italiya toʻrtinchi divizioni vakili Calcio Lecco jamoasida tugadi.

Keyin vataniga qaytib keldi va 2010-yilgi mavsumda sobiq klubi Vard Haugesund (Norvegiya ikkinchi divizioni) jamoasida oʻynadi.

2011-yilning yanvarida „Haugesund“ klubiga oʻtdi va 2011-yilning 20-martida Søderlund Tromsøga qarshi debyut qildi. 2011-yil 8-may kuni Stabæk darvozasiga ikkita gol urdi va debyut mavsumini 11 ta gol bilan yakunladi.

2013-yil 17-iyun kuni Rosenborg BK Søderlundni Haugesunddan sotib olganini eʼlon qildi. Søderlund klubga 15-iyul kuni kelib qoʻshildi[3]. Rosenborg 2013-yilgi Norvegiya futbol kubogi finalida Moldega qarshi oʻyinda 4:2 hisobida magʻlub boʻldi. Søderlund klub bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2016-yilning 4-yanvarida Søderlund AS Saint-Étiennega 3,5 yillik shartnoma asosida qoʻshildi. „Rosenborg“ga toʻlangan transfer narxi 1,5 dan 2 million yevrogacha baholangan[4]. 13 kundan soʻng, Lyonga qarshi derbida oʻzining debyut hamda uchrashuvning yagonona golini kiritdi[5].

Tezlik va texnikaning yetishmasligi sababli Fransiyada tez-tez tanqid qilindi. Shuning uchun 2018-yilning yanvarida sobiq jamoasi „Rosenborg“ga oʻtdi. Toʻlangan transfer narxi 500 000 yevroga baholangan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 23-noyabrda Søderlund 2012-yil yanvarida Tailandda o‘tkaziladigan uchta o‘rtoqlik o‘yini uchun Norvegiya terma jamoasiga kiritildi[7]. Norvegiya terma jamoasi safida 2012-yilning 15-yanvarida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (1:1) oʻynadi[8]. 2012-yil 11-sentabrda Sloveniyaga qarshi 2014-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida 89-daqiqadan so‘ng Elyunussining o‘rniga maydonga tushdi, uchrashuvda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

7-noyabr, 2022-yil[10]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Treviso 2008—2009 Serie B 0 0 0 0 0 0
Namur (ijara) 2008—2009 Belgiya ikkinchi divizioni 3 0 3 0
FH (ijara) 2009 Úrvalsdeild 18 3 2 0 20 3
Lecco 2009—2010 Lega Pro 7 0 7 0
Haugesund 2011 Tippeligaen 29 11 4 4 33 15
2012 Tippeligaen 29 10 3 2 32 12
2013 Tippeligaen 12 3 12 3
Jami 70 24 7 6 0 0 77 30
Rosenborg 2013 Tippeligaen 13 3 1 1 2 1 16 5
2014 Tippeligaen 23 13 3 1 5 2 31 16
2015 Tippeligaen 27 22 4 2 14 6 45 30
Jami 63 38 8 4 21 9 92 51
Saint-Étienne 2015—2016 Liga 1 14 2 1 0 15 2
2016—2017 Liga 1 17 1 2 1 4 2 23 4
2017—2018 Liga 1 12 0 1 0 0 0 13 0
Jami 43 3 4 1 4 2 51 6
Rosenborg 2018 Eliteserien 27 8 6 5 10 1 43 14
2019 Eliteserien 28 8 2 0 13 5 43 13
Jami 55 16 8 5 23 6 86 27
Häcken 2020 Allsvenskan 23 8 4 0 0 0 27 8
Çaykur Rizespor 2020—2021 Süper Lig 12 1 0 0 12 1
Haugesund 2021 Eliteserien 15 4 0 0 15 4
2022 25 4 0 0 25 4
Jami 40 8 0 0 0 0 40 8
Jami faoliyati 334 101 31 16 50 17 416 134


Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Norvegiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Søderlund golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
Alexander Søderlund tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2015-yil 10-oktyabr Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya  Malta 2—0 2—0 UEFA Yevro-2016 saralashi [11]
2 2017-yil 10-iyun Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya  Chexiya 1—1 1—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi [12]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosenborg

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alexander Toft Søderlund“ (no). Norwegian Football Federation. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
  2. „Søderlund i U21-troppen“ (no). Haugesunds Avis (2009-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  3. Gravdal, Lena Gundersby. „Søderlund klar for Rosenborg“ (no). NRK (2013-yil 17-iyun). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
  4. „Soderlund (Rosenborg) pour trois ans et demi à Saint-Etienne“ (fr). francetvsport (2016-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
  5. „Foot. Ligue 1 : Saint-Etienne gagne son derby contre Lyon (1-0)“ (fr). Le Parisien (2016-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
  6. Alexander Soderlund back to Rosenborg
  7. „14 spillere kan få sin landslagsdebut“ (no). vg.no. VG (2011-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 23-noyabr.
  8. „Elyounoussi reddet Norge: – Dette lover godt“ (no). vg.no. VG (2012-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
  9. Ramm, Nicolay Andre; Bentsen, Anders Rove. „Søderlund: – Kunne nok holdt meg på beina“ (no). NRK (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 14-oktyabr.
  10. „A. Søderlund“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
  11. „Norway 2 Malta 0“. ESPN. Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  12. „Norway 1-1 Czech Republic“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.