Alev Tekinay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alev Tekinay (1951-yilda tugʻilgan) — turk yozuvchisi. Alev Izmirda tugʻilgan va Istanbuldagi nemis oʻrta maktabida tahsil olgan. U Myunxendagi universitetda nemis tilini chuqurroq o'rganib, 1979-yilda doktorlik darajasini oldi. Keyin u Bavariyaning turli universitetlarida nemis va turk tilidan dars bergan. 1983-yildan u Augsburg universitetida faoilyatini boshlagan. Bir nechta romanlar va qisqa hikoyalar yozgan, natijada Bavariya Tasviriy san'at akademiyasi tomonidan Chamisso mukofotiga sazovor bo'lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]