Aleksey Rogonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Rogonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Aleksey Rogonov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Salsk, Rossiya
Sherigi Alina Ustimkina
Oldingi sheriklari Kristina Astaxova Anastasiya Martyusheva, Sabina Imaykina
Murabbiyi Artur Dmitriyev
Jamoasi UOR 4 Moscow
Uchishni boshlagan 1994

Aleksey Aleksandrovich Rogonov (ruscha: Алексей Александрович Рогонов; 1988-yil 6-iyunda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvch. Sherigi Kristina Astaxova bilan birga 2015-yilgi qishki Universiadaning kumush medali sovrindor boʻlgan.

Sobiq sherigi Anastasiya Martyusheva bilan birga 2012-yilgi Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnir chempioni, Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasining ikki karra chempioni (2010, 2011) va 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionating kumush medali sovrindori. Juftlik 2012-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi milliy chempionatning bronza medali sohibi va 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan chempionatning oltin medal sovrindori.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rogonov olti yoshida konkida uchish bilan shugʻullana boshlagan. 16 yoshida Permga koʻchib oʻtgan va unga Lyudmila Kalinina murabbiylik qilgan.

Martyusheva va Aleksey Rogonov ilk bor Permda uchrashishgan va bir guruhda turli sheriklar bilan konkida uchishni boshlashgan. Martyusheva Moskvaga koʻchib oʻtgandan soʻng murabbiy Natalya Pavlova ularni 2006-yilda birlashtirgan. Martyusheva va Aleksey Rogonov juftligi 2009-yilda Rossiya oʻsmirlar chempionligini qoʻlga kiritgan[1]. 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ular qisqa dasturdagi namoyishidan kegin 11-oʻrindan joy olib, erkin dasturda Lyubov Iliushechkina / Nodari Maisuradzeni juftligini ortda qoldirgan va natijada birinchi oʻrinni egallaganlar. Juftlik umumjamoa hisobida ikkinchi oʻringa koʻtarilib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Martyusheva / Rogonov Gran-pri turnirining 2009-yilgi Rossiya kubogi bosqichida debyut qilganlar va u yerda yettinchi oʻrindan joy olganlar. Juftlik Rossiya milliy chempionatida 9-oʻrinni egallagan. 2010—2011-yilgi mavsumda 2010 Skate Canada International turnirida qatnashish uchun tayinlangan, ammo juftlik musobaqada ishtirok etishgan voz kechgan. Ular 2010-yilda Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasining sovrinini qoʻlga kiritganlar. 2011-yilgi Russian Nationals turnirida qisqa dastur boʻyicha 9-oʻrinni va erkin dastur boʻyicha 7-oʻrinni egallab, umumiy hisobda 9-oʻrindan joy olgan[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martiusheva bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013-2014
  • Sarabande Escala xoreograf: Sergey Komolov
  • Les Feuilles Mortes (Autumn Leaves) André Rieu xoreograf: Sergey Komolov
  • Milord
  • Marguerite Monnot
2012-2013
  • Cornish Rhapsody Hubert Bath
  • The Mission
  • Ennio Morricone
2011-2012
  • Leningrad William Joseph
  • Ange et Démon Maxime Rodriguez
2010-2011
  • Flamenco
2009-2010
  • Flamenco
  • The Sleeping Beauty Pyotr Tchaikovsky
2008-2009
  • Korobushka (Rus xalq musiqasi)
  • The Nutcracker
  • Pyotr Tchaikovsky

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martyusheva bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2007-08 2008-09 2009-10 2010-11 2011-12 2012-13 2013-14
GP Chinese Cup 7
GP NHK Trophy 5 7
GP Rostelecom Cup 7 5
GP Skate Canada WD
Zagrebning Oltin Konkisi 2 1ㅤ 1ㅤ
Lombardia Trophy 2
Ondrej Nepela xotirasi 1ㅤ 2
Warsaw Cup 1ㅤ
Xalqaro: (Oʻsmirlar)
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

jahon chempionati

2
JGP finali 4
JGP Buyuk Britaniya 1ㅤ
JGP Meksika 3
Milliy
Rossiya chempionati 6 9 9 3 6 WD
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

3 1ㅤ
GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; WD = musobaqadan chiqib ketgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]