Aleksandr Samoylenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Samoylenko
Tavalludi 28-mart 1964-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktyor, radio boshlovchi
Faoliyat yillari 1985

Aleksandr Valeryanovich Samoylenko (1964-yil 28-mart, Toshkent) – sovet va rus teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser, radioboshlovchi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Valeryanovich 1964-yil 28-martda Toshkentda tavallud topgan. 1988-yilda B. V. Shukin nomidagi Oliy teatr bilim yurtini tamomlagan. Bir muncha vaqt oʻz kasbidan tashqari Vaxtangov nomidagi teatrda tashkilotchi boʻlib ishladi Keyin esa biznes qilishga oʻtdi. Aktyor Maksim Suxanov bilan birgalikda ular sahna koʻrinishlari namoyishi uchun teatr barpo etishdi. Ammo bir muncha vaqt oʻtgach, teatrni sotishdi va Moskvada bir nechta klub va restoranlar ochishdi va Aleksandr bir muncha vaqt restoran boshqaruvchisi boʻlib faoliyat yuritdi[1]. Hozirda restoranlarda boshqaruv faoliyati bilan shugʻullanmaydi, faqat „Mayak“, „Stanislavskiy“, „Labardans“, „Kvartira 44“ restoranlarining egasi (Maksim Suxanov bilan birga)[2].

Samolyenko 1997-yildan K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri truppasida ishlagan. 2007-yildan Malaya Bronnaya teatrida rassom boʻlgan. U „Xalqlar teatri“ va boshqa teatr spektakllarida rol oʻynagan. 2000-yillardan boshlab filmlarda faol rol oʻynadi („Nochnoy dozor“, „Dnevnoy dozor“ filmlari va „Papini dochka“ sitkomi[1][3] unga eng katta shuhrat keltirdi) hamda teleseriallar va filmlarga prodyuserlik qildi. 2016-yil fevral oyida Aleksandr Samoylenkoning prodyuserligida Yermolova nomidagi teatrda amerikalik dramaturg Don Nigroning „Don Jovanni“ spektakli taqdim etildi[4].

Samoylenko „City-FM“ radiostansiyasida „Parilka s Aleksandrom Samoylenko“ radio dasturining boshlovchisi boʻlgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Valeryanovich „Dvenadsataya noch“ (William Shakespeare) – Ser Tobi, „Predatelstvo“ (Garold Pinter), „Sem svyatix iz derevni Bryuxo“ – Komissar, „Ukrosheniye stroptivoy“ (William Shakespeare) – Baptista, „Xlestakov“ filmida Anton Antonovich Skvoznik-Dmuxanovskiy qahramonini gavdalantirgan[5].

Xalqlar teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Оpit osvoyeniya pyesi „Chаyка“ sistemoy Stanislavskogo" filmida Sorin rolini ijro etgan.

Malaya Bronnayadagi Moskva drama teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr „Tartuffe“ (Molière) filmida Orgon rolini oʻynadi.

1987-yil „Zabitaya melodiya dlya fleyti“ epizodda oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]