Aleksandr Kropachev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Kropachev
Tavalludi 1981-yil 20-iyun
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Aleksandr Sergeevich Kropachev (1981-yil 20-iyun Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) — Davlat Dumasining 6-chaqiriq deputati. Davlat Dumasining fuqarolik, jinoiy, arbitraj va protsessual qonunchilik boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kropachev Aleksandr Sergeevich, 1981-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1987 — 1998-yillarda Farg‘ona shahridagi 18-sonli o‘rta maktabda o‘qigan. 1998-yildan beri Krasnodar shahrida yashaydi. 1999-yildan 2001-yilgacha u Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari saflarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. 2001 — 2006-yillarda xususiy xavfsizlik tuzilmalari tizimida ishlagan. 2002 — 2008-yillarda Rossiya Adliya akademiyasining sud tizimi uchun mutaxassislar tayyorlash fakultetida tahsil olgan[1].

2006-yil iyulidan 2009-yil dekabrigacha Krasnodar o'lkasi advokatlar assotsiatsiyasining advokat yordamchisi boʻlib ishlagan. 2006-yil iyul oyidan " Rossiya Liberal-demokratik partiyasi " siyosiy partiyasining aʼzosi. 2006-yil oktyabrdan 2008-yil martgacha — „LDPR“ siyosiy partiyasining Krasnodar o'lkasi boʻlimining yoshlar bilan ishlash boʻyicha koordinatori yordamchisi boʻlgan. 2008-yil iyuldan 2009-yil oktyabrgacha — ixtiyoriy asosda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati Napso Yuriy Aisovichning yordamchisi etib tayinlandi.

2008-yil martidan 2009-yil noyabrigacha „LDPR“ siyosiy partiyasining Krasnodar o'lkasi boʻlimi koordinatori oʻrinbosari etib tayinlandi.

2009-yil noyabrdan 2010-yil dekabrgacha „LDPR“ siyosiy partiyasi Krasnodar oʻlkasi boʻlimi koordinatori, „LDPR“ siyosiy partiyasi Krasnodar oʻlkasi boʻlimi Muvofiqlashtiruvchi kengashi aʼzosi boʻldi[2].

2010-yil yanvar oyidan LDPR siyosiy partiyasi Krasnodar oʻlkasi boʻlimi koordinatori birinchi oʻrinbosari, — siyosiy partiyasi Krasnodar oʻlkasi boʻlimi Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzosi hisoblanadi. 2009-yil oktyabrdan 2011-yil dekabrigacha Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Nodarievich Teplyakovning Krasnodar oʻlkasida toʻliq kunlik ish boʻyicha yordamchisi boʻlgan. 2011-yil 4-dekabrda u oltinchi chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi deputati etib saylangan. U 2016-yildan boshlab Davlat Dumasi deputatligi vazifasini bajarmayapti.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КРОПАЧЕВ АЛЕКСАНДР СЕРГЕЕВИЧ Депутаты Госдумы“.
  2. „Кропачев Александр Сергеевич“.