Al-Botin eksklyuziv aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Botin eksklyuziv aeroporti
مطار البطين
Fayl:Al Bateen Airport logo.svg
IATA kodi: AZIICAO kodi: OMAD
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik/Harbiy[1]
Operator Abu Dhabi Airports Company
Xizmat doirasi Abu-Dabi
Ochilgan 1970-yil
Dengiz sathidan balandligi 16 ft / 5 m
Koordinatalari 24°25′42″N 54°27′29″E / 24.42833°N 54.45806°E / 24.42833; 54.45806 G OKoordinatalari: 24°25′42″N 54°27′29″E / 24.42833°N 54.45806°E / 24.42833; 54.45806 G O
Xarita
OMAD (Birlashgan Arab Amirliklari)
OMAD
Aeroportning BAA xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
13/31 3 202 10,505 Asphalt
Manba: DoD FLIP[1]

Al-Botin eksklyuziv aeroporti (arabcha: مطار البطين) (IATA: AZIICAO: OMAD) BAA poytaxti Abu-Dabi shahri markazidan 6.5 nautical mile (12.0 km; 7.5 mi) masofada joylashgan maxsus biznes-jet xalqaro aeroportidir[2]. Aeroport Abu-Dabi orolida joylashgan. U 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilib (hozirgi Abu-Dabi xalqaro aeroporti bilan adashtirmang), shaharning avvalgi aeroportini almashtirgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroport 1960-yillarda qurilgan va 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilgan[3].

1982-yilda shaharning janubi-sharqida ortib borayotgan havo qatnovini qondirish uchun yangi aeroport ochildi.

1983-yilda Al-Botin harbiy havo bazasiga aylandi[3], Botin aviabazasi sifatida tanilgan[4].

1990-yil 17-avgustdan boshlab AQSh Havo kuchlarining ikkita boʻlinmasi Al-Botinga, oxir-oqibat Fors koʻrfazi urushiga aylangan harbiy mojarolarga tayyorgarlik koʻrish uchun joylashtirildi. Al-Botinga joylashtirilgan birinchi boʻlinma Arkanzas shtatidagi Litl-Rok havo kuchlari bazasidan oʻn oltita Lockheed C-130E Hercules transport samolyotiga ega 50-taktik havo yuk koʻtarish eskadroni edi. Unga 1990-yil 26-avgustdan boshlab, Arizona shtatidagi Devis-Montan havo kuchlari bazasidan 41-elektron jangovar eskadron oʻzining oltita Lockheed EC-130H Compass Call elektron hujum samolyotlari bilan qoʻshildi[5].

Aeroport 2008-yilgacha harbiylar nazorati ostida boʻlib, oʻshanda u Al-Botin eksklyuziv aeroporti nomi ostida eksklyuziv samolyotlariga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroportiga aylangan[3].

2022-yil 8-dekabrda aeroportda amerikalik basketbolchi Viktor But hamda rossiyalik qurol tujjori Britt Griner mahbus sifatida almashilgan[6].

2023-yil aprel oyida Dubayda joylashgan Jetex aviatsiya kompaniyasi Al-Botin eksklyuziv aeroportida shaxsiy terminal (FBO) ochganini eʼlon qildi[7].

Hukumatning foydalanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Botin mushtariylari orasida BAA dengiz aviatsiyasi vertolyotlari eskadroni va Abu-Dabi politsiya departamentining havo qanoti bor[manba kerak].

Yoʻlovchi aviakompaniyalari va yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotana Jet 2014-yil oktyabr oyida barcha rejalashtirilgan tijorat operatsiyalarini Abu-Dabi xalqaro aeroportining 2-terminaliga koʻchirdi va Al-Botindan xususiy reaktiv qatnovlarni amalga oshirishda foydalanmoqda[8].

Shveytsariyaning quyosh energiyasi bilan ishlaydigan eksperimental samolyoti, Solar Impulse 2 2015-yilda soʻnggi marta aeroportga qoʻndi. Aeroportdan butun dunyo boʻylab harakatlanish uchun boshlangʻich nuqta sifatida foydalangan. Samolyot 2015-yil 9-mart kuni havoga koʻtarilgan va yaqin atrofdagi Ummonga, soʻngra Hindistonga uchgan. U 2016-yil 25-iyulda Qohiradan Abu-Dabiga qoʻnadigan soʻnggi poyga uchun qoʻnish joyi sifatida ham foydalanilgan[manba kerak].

Ilgari parvoz qilgan aviakompaniyalar va yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniyalar Manzillar
Air France Parij – Sharl de Goll
Air India Bombay
B. O.A. C. London–Hitrou
British Airways London–Hitrou
EgyptAir Qohira
Ethiopian Airlines Sano
Gulf Air Bahrayn
Gulf Aviation Bahrayn
Iran Air Sheroz
Kuwait Airways Quvayt
Lufthansa Frankfurt
Middle East Airlines Bayrut
Pakistan International Airlines Gvadar, Karachi, Lohur
Rotana Jet Maskat xalqaro aeroporti
Royal Jordanian Amman-Fuqarolik
Somali Airlines Mogadishu
Syrian Air Damashq
Tunisair Damashq
Yemenia Sano
Sudan Airways Xartum
Singapore Airlines Singapur-Paya Lebar, Singapur-Changi

Yuk tashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya Manzillar
German Cargo Frankfurt
PIA Cargo Damashq, Istanbul-Otaturk

Hujjatlarda tasvirlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroport 1969-yil mart oyida Abu-Dabi tomonidan chiqarilgan pochta markalari toʻplamida tasvirlangan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 DoD Flight Information Publication (Enroute) - Supplement Europe, North Africa and Middle East. St. Louis, Missouri: National Geospatial-Intelligence Agency, 2021 — B-24 bet. 
  2. „OMAD“. www.gcaa.gov.ae. General Civil Aviation Authority (2015). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 „History“. Al Bateen Executive Airport. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  4. „41 Electronic Combat Squadron“ (en-US). Air Force Historical Research Agency. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  5. Gulf War Air Power Survey (Report). V. Washington, D.C.. 1993. https://media.defense.gov/2010/Sep/27/2001329816/-1/-1/0/AFD-100927-065.pdf. Qaraldi: 2022-08-17. 
  6. Joseph, Yonette; Soto, Kaly. „Russian state media releases video footage of the Brittney Griner prisoner swap.“. The New York Times (2022-yil 8-dekabr). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  7. Orange. „Jetex Announces Flagship Private Jet Terminal in Abu Dhabi - Jetex“ (en-US). FBO Networks, Ground Handling, Trip Planning, Premium Jet Fuel. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  8. El Gazzar, Shereen. „Rotana Jet moves base to Abu Dhabi International“ (en). The National (2014-yil 27-oktyabr). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Scott Standard Postage Stamp Catalog Snee: . Sidney, Ohio: Scott Publishing Co., April 2014 — 292 bet. ISBN 978-0-89487-488-8.