Adjaster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adjaster sugʻurtalovchining (sugʻurta qildiruvchining) topshirigʻi boʻyicha xizmat. koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Adjaster xizmatiga quyidagilar kiradi:

sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurta ob’yektini koʻzdan kechirish, shuningdek, uni tekshirish;

sugʻurta hodisasi faktlari hamda tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;

sugʻurta ob’yektining shikastlanish sabablarini, shu bilan birga sugʻurta hodisasi mavjudligini aniqlash;

sugʻurta hodisasi mavjud boʻlgan taqdirda sugʻurta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi hamda zarar miqdorini belgilash;

toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlash;

sugʻurtalovchi uchun sugʻurta hodisasi boʻyicha xulosa tuzish.


Adjaster faoliyatini sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi hamda adjaster xizmati koʻrsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan sugʻurtalovchi zararlarining oʻrnini qoplash va nizolarni hal qilishda foydalanish mumkin.

Adjasterning hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. (Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunining 9.2-moddasi) [1] [2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni
  2. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi