Adicha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adicha
Tavsif
Uzunligi 715
Suv sarfi 512,5 m³/s
Davlat Rossiya
Adicha

Adicha (saxa.: Адыаччы) (Borong yuqori oqimida) — Saxadagi daryo, Yana daryosining oʻng irmogʻi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzunligi 715 km, suv havzasi maydoni 89,8 ming km² ni tashkil qiladi. Cherskiy tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Tomponskiy va Verxoyansk tumanlari hududi orqali keng vodiy boʻylab oqadi[1]. Yana daryosiga uning 648-kilometrida quyiladi.

Gidrologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi boshlanishidan 26 km uzoqlikda 512,5 m³/s[2], 212 km.da — 327,76 m³/s[3], 334 km.da — 300,92 m³/s[4] ni tashkil qiladi. Yilning oktabr oyida muzlashni boshlaydi, qishda 1 oydan 4,5 oygacha muzlaydi; may oyining oxirida foydalanish uchun ochiladi. Katta hajmda muzlar uchrab turishi bilan oʻziga xosdir.

Asosiy irmoqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(quyilish masofasi)

  • 68 km — Tuostax daryosi (oʻng irmoq)
  • 222 km — Borulax daryosi (chap)
  • 338 km — Charki daryosi (oʻng)
  • 351 km — Nelgese daryosi (chap)
  • 429 km — Derbeke daryosi (chap)
  • 463 km — Delakag daryosi (oʻng)

Xoʻjalikda foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo transporti uchun qulay.Oyun-Xomoto qishlogʻidan boshlanuvchi 223 km uzunlikdagi qismi Rossiya Federatsiyasining[5] ichki suv yoʻllari roʻyxatiga kiritilgan.

Sovet davrining oxirida daryoda Adichan gidroelektrostantsiyasi qurish rejalashtirilgan edi, ammo mamlakatdagi qayta qurish va iqtisodiy qiyinchiliklar bu loyihani bekor qilinishiga olib keldi.

Suv reestri maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya suv resurslari federal agentligi tomonidan Rossiya davlat suv reestri hamda RF hududlaridagi suv xoʻjaliklarini geoaxborotlashtirish tizimi maʼlumotlariga koʻra tayyorlangan:

  • Havza hududi — Lenskiy
  • Daryo havzasi — Yana
  • Daryo quyi havzasi — Adicha
  • Suv xoʻjaligi uchastkasi — Adicha

Manbaalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Адыча“. Публичная кадастровая карта. 11-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.
  2. „Adycha At Yurduk-Kumakh“. Статистика на сайте R-ArcticNET. — Данные наблюдений 1937—1999 гг. 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.
  3. „Adycha At Oiun-Khomoto“. Статистика на сайте R-ArcticNET. — Данные наблюдений 1942—1999 гг. 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.
  4. „Adycha At Ust'-Charky“. Статистика на сайте R-ArcticNET. — Данные наблюдений 1943—1997 гг. 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.
  5. „Приказ Минтранса РФ от 17 августа 2012 г. № 316 «Об определении бассейнов внутренних водных путей Российской Федерации»“. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Adicha // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov. — 3-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1969—1978.
  • Adicha // Slovar sovremennix geograficheskix nazvaniy / Rus. geogr. o-vo. Mosk. sentr; Pod obщ. red. akad. V. M. Kotlyakova. Institut geografii RAN. — Yekaterinburg: U-Faktoriya, 2006.
  • Adicha // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.