Adam Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adam Lewis
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adam Thomas Lewis[1]
Tavallud sanasi 8-noyabr 1999-yil (1999-11-08) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Liverpool, Angliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi 5 feet 9 inches (1.75 m)[3]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newport County klubida ijarada
Liverpool klubidan
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2019 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019- Liverpool 0 (0)
2020-2021Amiens (ijara) 9 (0)
2021Plymouth Argyle (ijara) 20 (1)
2021-2022Livingston (ijara) 9 (0)
2022-Newport County (ijara) 13 (0)
Milliy terma jamoa
2014 England U16 2 (0)
2015 England U17 5 (2)
2018 England U19 6 (0)
2018 England U20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Adam Thomas Lewis (1999-yil, 8-noyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, "Liverpool" klubidan ijara asosida „Newport County“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Mersisaydning Liverpul shahrida tugʻilgan[4].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis 2019-yilning fevralida[5] "Liverpool" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va 2020-yilning 4-fevralida „Shrewsbury Town“ klubiga qarshi Angliya kubogi 4-raundining ikkinchi o‘yinida asosiy jamoa safida debyut qildi[6][7].

Lewis 2020-21-yilgi mavsum uchun ijara asosida Fransiyaning Liga 2 klubi „Amiens SC“ klubiga o‘tdi[8]. 2021-yilning 14-yanvarida Lewis Angliyaga qaytib, mavsum oxirigacha Birinchi Liga vakili Plymouth Argyle klubiga ijara asosida qo‘shildi[9]. U Argyle safidagi birinchi golini 19-yanvar kuni, klubning boshlangʻich tarkibida debyut qilgan oʻyinda kiritgan[10].

2021-yil, 10-iyun kuni Lewis Shotlandiya Premyer-ligasining „Livingston“ jamoasiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qo‘shildi[11][12].

2022-yil, 23-iyun kuni Lewis 2022-23-yilgi mavsumda ijara asosida EFL 2-ligasi vakili Newport County jamoasiga qo‘shildi[13]. U 2022-yilning 6-avgustida „Newport“ safidagi debyutini Ikkinchi ligada doirasidagi „Walsall“ klubiga qarshi o‘yinda (1:0) ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan holda o‘tkazdi[14].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis 2014-yilda Victory Shield turnirida Shotlandiyaga qarshi Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan jamoasi safida maydonga tushgan[15]. U 2018-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida[16] Angliya U-19 jamoasi safida bor edi va oʻsha yilning oxirida Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida debyut qildi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 1-iyul holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Angliya Liverpool U21 2019-20[17] 1 0 1 0
Angliya Liverpool 2019-20[17] Premyer-liga 0 0 1 0 0 0 0 0 1 0
2020-21[18] Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021-22[19] Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 1 0 0 0 0 0 1 0
Fransiya Amiens (ijara) 2020-21[20] Liga 2 9 0 0 0 0 0 9 0
Angliya Plymouth Argyle (ijara) 2020-21[18] Birinchi liga 20 1 0 0 0 0 0 0 20 1
Angliya Livingston (ijara) 2021-22[19] Shotlandiya Premyer-ligasi 9 0 0 0 5 0 14 0
Karyera jami 38 1 1 0 5 0 1 0 45 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adam Thomas Lewis“. Arousa Fútbol 7. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  2. „Adam Lewis: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  3. „Adam Lewis: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  4. „Adam Lewis: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  5. „Adam Lewis commits his future to Liverpool FC“. Liverpool F.C. (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  6. „Liverpool vs. Shrewsbury Town – 4 February 2020“. Soccerway. Perform Group.
  7. „Adam Lewis' reaction to LFC debut and Anfield crowd“. Liverpool F.C. (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  8. „Adam Lewis joins Amiens SC on loan“. Liverpool F.C. (2020-yil 18-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  9. „Adam Lewis Signs“. Plymouth Argyle FC (2021-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
  10. @Only1Argyle. „A GOAL ON HIS FULL DEBUT!!! #pafc 0-1“ (2021-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  11. „Adam Lewis swaps Liverpool for Livingston“. livingstonfc.co.uk (2021-yil 10-iyun).
  12. „Adam Lewis: Liverpool left-back joins Livingston on loan“. BBC Sport (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  13. Lewis Newport loan
  14. Lewis Newport debut
  15. „England U16s see off Scotland in Victory Shield encounter“. The Football Association (2014-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  16. 16,0 16,1 „Adam Lewis commits his future to Liverpool FC“. Liverpool F.C. (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2020-yil 5-fevral. „Adam Lewis commits his future to Liverpool FC“.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Adam Lewis in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Adam Lewis in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  19. 19,0 19,1 „Games played by Adam Lewis in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  20. „A. Lewis: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.