Accelerated Graphics Port

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

AGP (ingl. tilidan olingan boʻlib, Accelerated Graphics Port - tezlashtirilgan grafik port degan ma'noni bildiradi) — Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yil ishlab chiqilgan boʻlib, videokarta uchun moʻljallangan 32-bitli tizimli shina. Intel Pentium MMX chipset MVP3, Super Socket 7 li MVP5 protsessorlarga moʻljallangan chipsetlar bilan bir vaqtda paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy vazifasi oʻrnatiladigan video xotira sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va videokarta narxini kamaytirish. Intel gʻoyasiga koʻra AGP-kart uchun katta hajmdagi video xotira kerak emas edi, chunki texnologiya umumiy xotiraga yuqori tezlikdagi kirishni koʻzda tutar edi.
Undan avval boʻlgan PCI shinadan farqi:

  • 66 MGs takt chastotada ishlashi;
  • yuqori oʻtkazuvchanlik qobiliyati;
  • DMA va DME xotirasi bilan ishlash rejimi;
  • operatsiya va ma'lumotlar uzatishga soʻrovlar ajratish;
  • PCI farqli ravishda katta energiya iste'moli bilanvideokartalarni qoʻllash imkoniyati.


AGP modifikatsiyasi
Birinchi turi (AGP1.0 spetsifikasi) AGP 1x kamdan- kam ishlatiladi, chunki DME rejimida xotira bilan ishlashda kerakli tezlikni ta’minlab beradi, shundan so’ng darxol loyixalashda 1 ta taktda 2 ta ma’lumotlar blokini yuborish imkoniyati qo’shildi, bu AGP 2x edi. 1998 yilda ikkinchi turi (AGP2.0 spetsifikasi) AGP 4x chiqdi, u bitta taktda 4 ta blokni qayta yuborishi mumkin edi va 1 gb/s atrofida o’tkazuvchanlik imkoniyatiga ega edi. Kuchlanish darajasi odatiy 3.3 V o’rniga 1.5 V gacha kamaytirildi. AGP 8x shinasi (AGP3.0 spetsifikasi) bitta taktda endi 8 ta blokni uxatadigan bo’ldi, shu tariqa shinaning o’tkazuchanlik qobiliyati 2 Gb/s ga etdi. Shuningdek standartga 2 ta videokartani (analog tarzda ATI Cross Fire, Nvidia SLI) qo’llash imkoniyati kiritilgan edi, biroq ishlab chiqaruvchilar tomonidan bu imkoniyat ishlatilmadi. Zamonaviy videokartalar 40 Vt dan yuqori bo’lgan katta quvvatni talab qilar edi, AGP shina esa buni beraolmas edi. Shu tariqa qo’shimcha mabba raz’yomlar mavjud bo’lgan AGP Pro spetsifikatsiya paydo bo’ldi.

Xotiraga kirish imkoniyati

  • - DMА (ingl. Direct Memory Access) – xotiraga kirish imkoniyati, ushbu rejimda asosiy xotira bo’lib kartada o’rnatilgan videoxotira xisoblanadi, teksturalar ishlatilishidan avval kompyuterning tizimli xotirasidan u erga nusxalanadi. Ushbu rejim yangi emas edi, xuddi shu printsip asosida ovozli kartalar, ayrim kontrollerlar va shunga o’xshashlar ishlaydilar.
  • - DME (ingl. Direct in Memory Execute) – ushbu rejimda viduo asosiy va videoxotira go’yoki umumiy adres muxitida mavjud bo’lganday bo’ladi. Umumiy muxit adreslarni ko’rsatuvchi adres yrdamida bloklar tomonidan 4 kb bo’yicha emulyatsiyalanadi. (Graphic Address Remapping Table, GART). Shu tariqa ma’lumotlarni asosiy xotiradan videoxotiraga nusxalash endi kerak emas, bu jarayon AGP teksturatsiyalash deb ataladi.

So’rovlar navbati
Ma’lumotlarni asosiy xotiradan videoxotira kartaga uzatish ikki etapda amalga oshiriladi, dastlab 64 bitli adres yuboriladi, u erdan ma’lumotlarni o’qib olish kerak, so’ng ma’lumotlarni o’zi uzatiladi. AGP shinasi uzatish ikki variantni ko’zda tutadi:

  1. birinchisi – PST shinasi bilan mos ma’lumotlar va adres so’rovlari bitta kanal bo’yicha amalga oshiriladi;
  2. ikkinchisi – SBA (Side Band Addressing) rejimida, aloxida yon tomonlama shina bo’yicha, shu tariqa, oldingilarini olishni kutmasdan turib, yangi ma’lumotlarga so’rovni yuborishi mumkin.

Rivojlanish
Xozirgi vaqtda AGP slotli ona platalari amalda chiqarilmayapti, AGP standart barcha g’oyalari tezroq bo’lgan PCI Express tomonidan bozordan siqib chiqarildi. AGP standartning videokartalari kam miqdorda chiqarilmoqda va analogli PCI- E kartdan qimmatroq turadi (“o’tkazma - mikrosxema” PCI – E AGP qo’llanilishi uchun).

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda