Abta-Letterer-Sive kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abta-Letterer-Sive kasalligi
KXK-10 C96.0

Abt-Letterer-Sive kasalligi gistiotsitoz Xning oʻtkir va keng tarqalgan shakli boʻlib, teri, suyaklar va ichki organlarda atipik gistiotsitlar oʻsish oʻchoqlarining shakllanishi bilan tavsiflanadi.

Kasallikning klinik koʻrinishi birinchi marta 1924-yilda Letterer tomonidan aniqlangan. Biroz vaqt oʻtgach, 1933-yilda Sive kasallikni metabolik kasalliklar bilan retikuloendoteloz bilan birga aniqlagan[1].

Epidemiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik 1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan davrda oʻzini namoyon qiladi. Oʻgʻil bolalar qizlarga qaraganda ikki baravar koʻproq kasallanishadi. Dunyo boʻyicha yiliga 1 million bolaga taxminan 5 ta holat qayd etiladi.

Etiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning etiologiyasi aniq emas. Kasallikning kelib chiqishi haqida bir nechta nazariyalar mavjud. Eng ishonarli nazariya kasallikning yalligʻlanish genezi fonida paydo boʻlishidur. Baʼzi olimlar kasallikning oʻsimta tufayli paydo boʻlishini qoʻllab-quvvatlamoqda, baʼzilari esa virusli infeksiyalar kasallik paydo boʻlishiga sabab boʻladi degan nazariyani ilgari surishmoqda.

Patogenez[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik patogenezining asosiy omili gistiotsitlarning koʻpayishi hisoblanadi. Ushbu gistotsitlar morfologiyasining oʻziga xos xususiyati ularning koʻp miqdordagi murakkab lipidlarni toʻplash qobiliyati hisoblanadi.

Klinik koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik juda ogʻir hisoblanib juda tez boshlanadi. Terida qichiydigan eritematozlar paydo boʻladi. Diametri 1-2 mm boʻlgan kichik populyar toshmalar ham paydo boʻladi. Ularning rangi qizil-jigarrang, baʼzi hollarda gemorragik komponentli boʻladi[2].

Terining baryer funksiyasining buzilishi va infeksiyalarga chidamliligining pasayishi tufayli kasallangan bemorda bir qancha belgilar paydo boʻladi:

  • bakterial sepsis;
  • tonzillit;
  • limfadenopatiya;
  • stomatit;
  • otit;
  • zotiljam;
  • suyak shikastlanishi (osteolitik oʻchoqlar).

Differensial diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Differensial diagnostika bir nechta kasalliklar bilan amalga oshiriladi:

  • seboreik dermatit;
  • atopik dermatit;
  • Darier-White kasalligi;
  • Leyner-Musso eritrodermiyasi;
  • Hand-Schuller-Xristian kasalligi;
  • Felti sindromi[1].

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashxis klinik koʻrinish va gistologik tekshiruv asosida qoʻyiladi. Ichki organlarning shikastlanishini baholash uchun KT va ultratovush tekshiruvi qoʻllaniladi. Suyaklarni baholash uchun rentgen tekshiruvi oʻtkaziladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abt-Letterer-Sive kasalligini davolashning asosi glyukokortikoidlar va sitostatiklar bilan amalga oshiriladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Федеральные клинические рекомендации. Дерматовенерология: Болезни кожи. Инфекции, передаваемые половым путем. Деловой экспресс, 2015. ISBN 978-5-89644-123-6. 
  2. {{{заглавие}}}.
  3. И. Ф. Шалыга, Г. В. Тищенко, Л. А. Мартемьянова, С. Ю. Турченко, Ю. Н. Авижец. БОЛЕЗНЬ ЛЕТЕРЕРА-СИВЕ // Проблемы здоровья и экологии. — 2018.