Abdulloh Ahmad Badaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh bin Ahmad Badaviy (1939-yil 26-noyabrda tugʻilgan) – malayziyalik siyosatchi, 2003-2009-yillarda Malayziyaning beshinchi Bosh vaziri boʻlib ishlagan. Abdulloh Ahmad Badaviy shuningdek, Malayziyadagi eng yirik siyosiy partiya (oʻsha paytda) Birlashgan Malayziya Milliy Tashkilotining (UMNO) oltinchi prezidenti boʻlgan va Barisan Nasional (BN) boshqaruvchi parlament koalitsiyasiga rahbarlik qilgan. U norasmiy ravishda Pak Lah nomi bilan tanilgan, Pak „amaki“ yoki „janob“ degan maʼnoni anglatadi, Lah esa uning „Abdulloh“ ismidan olingan. Abdulloh Ahmad Badaviy 1978-yildan 2013-yilgacha Kepala Batas uchun ketma-ket sakkiz muddat parlament aʼzosi yaʼni deputat boʻlib xizmat qilgan. Abdulloh Ahmad Badaviy davlat vazirliklarida ishlagan davrida uning hukumati iqtisodiy-siyosat va ish faoliyati, jumladan, inflyatsiya va yashash narxining oshishi bilan bogʻliq xavotirlar uchun koʻplab tanqidga uchragan.

Hayot va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Ahmad Badaviy Bayan Lepas shahridagi taniqli va dindor oilada tugʻilgan. Badaviyning otasi tomonidan bobosi boʻlmish Sayx Abdulloh Badaviy Fahim Hadramining avlodidan boʻlgan[1]. Bobosi Sayx Abdulloh diniy yetakchi va millatchi boʻlib, keyinchalik esa PAS nomi bilan tanilgan Hizbul Musliminning asoschilaridan biri edi. Mustaqillikka erishgandan soʻng Sayx Abdulla Penangning Mustaqillikdan keyingi birinchi muftiysi boʻlgan[2]. Uning otasi Ahmad Badaviy taniqli din arbobi boʻlgan. Uning onasi Kailan Hoji Hasan 2004-yil 2-fevralda 80 yoshida Kuala-Lumpurda vafot etgan[3].

Abdulloh Ahmad Badaviy Bukit Mertajam oʻrta maktabining sobiq oʻquvchisi boʻlgan. Abdulloh Ahmad Badaviy Penangda MBS (Metodist Boys' School) maktabida 6-sinfda oʻqib tahsil olgan. Abdulloh Ahmad Badaviy 1962-yilda Malaya universitetida islomshunoslik boʻyicha bakalavr darajasiga yetishadi[4].

Siyosiy martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Ahmad Badaviy Malaya universitetini tugatgandan soʻng Malayziya maʼmuriy va diplomatik korpusiga (davlat xizmatining rasmiy atamasi) borib qoʻshiladi. Abdulloh Ahmad Badaviy Yoshlar va sport vazirligida Yoshlar ishlari boʻyicha direktor, shuningdek, Milliy Operatsion Kengash (MAGERAN) kotibi lavozimlarida ham ishlagan. 1978-yilda Abdulloh Ahmad Badaviy Seberang Perai shimolidagi Kepala Batas saylov okrugi boʻyicha parlament aʼzosi boʻlish uchun isteʼfoga chiqadi (uni otasi ham vakillik qilgan).

1988-yil fevral oyida UMNO (Baru) tashkil etilganda, UMNO Prezidenti va Bosh vaziri Abdulloh Ahmad Badaviyni UMNO (Baru) pro-kommitasiga vitse-prezident sifatida olib keldi. 1990-yilda Abdulloh Ahmad Badaviy vitse-prezident lavozimini saqlab qoldi. 1991-yilda Vazirlar Mahkamasidagi oʻzgarishlar paytida Mahathir uni tashqi ishlar vaziri lavozimiga qaytadan olib keladi. Abdulloh Ahmad Badaviy ushbu lavozimda 1999-yilning noyabrigacha Sayid Hamid Albar oʻz oʻrniga ega boʻlguniga qadar egallab kelgan. 1993-yilgi UMNO saylovlarida vitse-prezidentlikdan ayrilgan boʻlsa ham, u Vazirlar Mahkamasi tarkibida qoladi va tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Abdulloh Ahmad Badaviy 1998-yilgacha Bosh vazir departamentida vazir, taʼlim vaziri, mudofaa vaziri va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ham ishlagan. 1999-yil 7-yanvarda Bosh vazir Mahathir Mohamad uni Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi. Abdulloh Ahmad Badaviy 2003-yilda Mahathirdan keyin Bosh vazir lavozimini egallaydi.

Bosh Vazir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika prezidenti Jorj Bush va Abdulloh Ahmad Badaviy . Nyu-York shahri. 2006-yil 18-sentabr.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Ahmad Badaviy rafiqasi Jan Abdulla bilan.

2005-yil 20-oktyabrda Abdulloh Ahmad Badaviyning rafiqasi Endon Mahmud koʻkrak saratonidan vafot etdi. Ushbu kasallikni Endon 2003-yilda kashf etgan, uning egizak singlisi Noraini, avvalroq ham xuddi shunday kasallik tashxisi qoʻyilgan edi va u 2003-yil yanvar oyida vafot etgan edi. U Qoʻshma Shtatlarda davolanadi va oʻlimidan 18 kun oldin Malayziyaga qaytadi. U Putrajaya, Taman Selatan, 20-uchastkadagi musulmonlar qabristoniga dafn etiladi.

Abdulloh Ahmad Badaviy shoir sifatida ham tanilgan[5]. Uning „Abadiy tinchlik izlayman“ sheʼri 80 dan ortiq tillarga tarjima qilinib, kitob holida nashr etilgan[6].

2022-yil 11-sentabr kuni Xayri Abdullaning aqli zaiflikdan aziyat chekayotgani, oila aʼzolarini tanimasligi yoki eslay olmasligi va nogironlar aravachasidan foydalanishga majbur boʻlayotganligi maʼlum boʻladi[7].

Uning nomi bilan atalgan joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning sharafiga bir nechta joy nomlari berilgan, jumladan:

  • Kolej Tun Abdulla Ahmad Badaviy, Universiti Malaysia Perlisdagi turar joy kolleji, Simpang Empat, Perlis.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Noor, Elina, Noor, Ismail.
  2. „Case of three Abdullah Badawi’s at launching of Institute“ (Wayback Machine saytida 2011-06-08 sanasida arxivlangan), The Star, 13 February 2008.
  3. „Pak Lah's mother dies at 78“. The Star Online (2004-yil 3-fevral).
  4. „Tun Abdullah Ahmad Badawi: Full Biography“. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
  5. „Abdullah's poem holds personal meaning“. The Star (2003-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  6. Dato' Seri Abdullah Ahmad Badawi (2008), Ku cari damai abadi (I seek eternal peace) in 80, Faculty of Language and Linguistics University of Malaya, ISBN 9789675148026
  7. „Khairy: Pak Lah is suffering from dementia“. New Straits Times (2022-yil 11-sentyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]