Abdu Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdu Muhammad (1849, Tanta sh. yaqinidagi Shabshir el-Hissa qishlog‘i — 1905.11.7) — misrlik ilohiyotchi, jamo-at arbobi. Qohiradagi al-Azhar doril-fununida tahsil olgan (1869—77). Di-niy-falsafiy qarashlari Jamoliddin Afg‘oniy g‘oyalari ta’sirida shakllangan. Milliy ozodlik kurashida ishtirok etganligi uchun hibsga olinib, so‘ngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883—88); 1884 y.da Parijda al-Afg‘oniy bilan birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik") yashirin jamiyati-ni tuzdi, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’siri bo‘lgan shu nomdagi gaz.ni nashr etgan. 1889 y. Misrga qaytib keldi; qozilik, al-Azhar dorilfunu-nida mudarrislik qildi. 1898 y. "Al-Manar" jur.ga asos soldi. 1899 y.dan umrining oxirigacha Misr muftiysi bo‘ldi. A. ijtihod huquqini ilgari su-rib, islom aqidalarini oqilona talqin etish, ba’zi urf-odat va taqiqlarni yen-gillashtirish tarafdori bo‘lib chiqdi. Jumladan A.ning musulmonlarga odam va hayvonlarni tasvirlashga, banklarga omonatlar qo‘yib ulardan foiz olish-ga, yevropacha bosh kiyim kiyishga ruxsat beruvchi va sh.k. fatvolari juda mashhur bo‘lib ketdi. A. "Qur’on tafsiri", "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik to‘g‘risida risola"), shuningdek shariat va ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil