Abd ibn Yahyo Kissiy (Keshiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abd ibn Yahyo Kissiy (Keshiy) IX-X asrlarda yashagan. Asli keshlik boʻlib koʻplab hadislar rivoyat qilgan. Samarqandda hadis ilmi bilan mashgʻul boʻlib, shu yerda hadislarni Muqotil ibn Abdulloh Kisiydan oʻrgangan. Uning Samarqandda hadis rivoyat qilish vaqti 307/918-yillarda boʻlganligi manbalarda keltirib oʻtilgan. Abd ibn Yahyo Keshiy Anas ibn Molikdan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: "Rasululloh (s.a.v.): „Bir moʻminning oʻldirilmogʻidan koʻra dunyoning yoʻq boʻlmogʻi Alloh taologa yengilroqdir“ — deb marhamat qildilar" dedi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Самарқандия. – Б. 123