Špela Rogelj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Špela Rogelj

2015-yil fevral oyidagi musobaqalardan
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Fuqaroligi  Sloveniya
Tavallud sanasi 8-noyabr 1994-yil (1994-11-08) (29 yosh)
Ljubljana, Sloveniya[1]
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Špela Rogelj (1994-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi sloveniyalik changʻida sakrash yoʻnalishidagi sportchidir[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rogelj changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini 2008-yil 23-yanvarda Dobbiakoda oʻn uch yoshida boshlagan. Bu Mintaqalararo kubok musobaqalariga toʻgʻri keladi. Keyinchalik 2009-yilda Liberetsda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida qatnashib 30-oʻrinni egallagan[3]. Ikki yil oʻtgach, 2011-yil 27-yanvarda Otepada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faqat Kolin Matteldan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallagan. Uning Qitʼa kubogidagi eng yaxshi natijasi 2011-yilning 29-noyabrida Rovaniemida erishilgan ikkinchi oʻrindir[4].

Jahon chempionatidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon kubogi darajasida u 2014-yil 5-dekabrda Lillexammerdagi birinchi yakka tartibdagi musobaqalarida gʻalaba qozonish bilan boshlagan[5], bu unga 2015-yil 11-yanvarda Sapporoda boʻlib oʻtadigan keyingi musobaqagacha ayollar turnir jadvalida yetakchilik qilishiga sabab boʻlgan. Mavsum davomida, Rogelj oʻzining dastlabki formasini saqlab qola olmagan va 2014—2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan; Shunga qaramay, bu uning jahon chempionatidagi eng yuqori reytingi hisoblanib qolgan[6].

Jahon chempionati rekordi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rogelj Xalqaro changʻida sakrash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan changʻida sakrash Jahon kubogining 2011-yilgi musobaqalaridan boshlab hozirgi kungacha yaʼni 2021—2022-yilgi changʻida sakrash Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Ammo kop yillik urinishar texnik qoʻnishdagi va uchish uslubidagi kamchiliklar unga ballar yigʻishda anchagina toʻsqinlik qilgan. Asosan jamovaiy musobaqalarda faol ishtirok etgan, yakka tartibdagi natijalari jamoaviy bahslardan yuqoriroq hisoblanadi.

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jami ballar ST AK L3 RA BB
2011—2012-yil 17 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2012-2013-yil 11 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2013-2014-yil 20 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2014—2015-yil 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2015-2016-yil 10 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2016-2017-yil 17 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
2017-2018-yil 19 Yoʻq Yoʻq 11 Yoʻq Yoʻq
2018-2019-yil 21 Yoʻq Yoʻq 35 26 18
2019-2020-yil 22 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 24 Yoʻq
2020-2021-yil 19 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 11
2021-2022-yil 12 14 8 Yoʻq 11 Yoʻq

Yakka tartibdagi gʻalaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqam Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi
1 2014—2015-yil 2014-yil 5-dekabr Norvegiya Lillehammer Lysgårdsbakken HS100 NH

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Špela Rogelj – Player Profile – Ski Jumping“ (inglizcha). Eurosport. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  2. „Čustven dan prve Slovenke z zmago v svetovnem pokalu“ (slovencha). Siol (13-mart 2022-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
  3. „ROGELJ Spela – World Ski Championships“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  4. „ROGELJ Spela – Continental Cup“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  5. „ROGELJ Spela – World Cup“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  6. „ROGELJ Spela – Cups“. fis-ski.com. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.