"Al-jabr val-MUQOBALA"

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Al-jabr val-MUQOBALA" (arab.) — Sharqda (keyinchalik G‘arbda ham) mashhur matematik risola. Al-Xorazmiy yozib qoldirgan ilmiy yod-gorlik. Asarda ikkinchi darajali va chiziqli tenglamalar tasnifi, ular-ni yechish yo‘llari berilgan, geometrik va algebraik munosabatlar orasida-gi bog‘lanishlar bayon etilgan, umumiy qoidalar ifodalangan. Asarda meros taqsimlashga oid bo‘lim ham bor. Asli-da arab tilida yozilgan. Kitob nomidagi "al-jabr" so‘zidan "algebra" so‘zi kelib chiqqan. "Aljabr" so‘zi Yevropaga g‘arbiy arablar orqali o‘tgan. G‘arbiy arablar "j" ni "g" deb talaffuz qiladilar. Shu yo‘sinda "aljabr" Yevropada va keyincha-lik yer yuzining hamma joyida "algebra" deb yuritiladigan bo‘ldi. Uning 1342 y. ko‘chirilgan arab tilidagi nusxasi Ok-sford un-ti kutubxonasi (Angliya) da saqlanmoqda. Asarning 12- a.da lotin-chaga tarjima qilingan ikki nusxasi: R. 315Chester tarjimasi va K. Gerard tarjima-si mavjud. Keyingi tarjima 1838 y.da Parijda nashr etilgan. Arabcha asl nus-xasini 1831 y. Londonda F. Rozen chop qilgan. Yu. Rushka nemis tiliga, A. Marr fransuz tiliga tarjima qilishgan. R. Chesterning lotincha tarjimasi b-n in-glizcha tarjimasi 1915 y. Nyu-Yorqda qo‘shib nashr etildi. Asarning geom.ga oid qismini 1932 y. Berlinda S. Gands e’lon qildi. Asar 1964 y. Toshkentda rus tilida, 1983 y. tanlangan asarlar orasi-da rus va o‘zbek tillarida nashr qilingan.Ad.: Ahadova M., O‘rta osiyolik mashg‘ur olimlar va ularning matemati-kaga doir ishlari, T., 1983.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil