Psevdoanevrizma: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
AdAstraUz (munozara | hissa)
Pseudoaneurysm“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

28-Sentyabr 2023, 06:25 dagi koʻrinishi

Psevdoanevrizma (soxta anevrizma) - tomir devorining shikastlanishi natijasida arteriya yoki yurak tashqarisida hosil bo'ladigan mahalliy gematomadir[1]. Shikastlanish arterial devorning barcha uchta qatlamidan o'tib, anevrizmaning paydo bo'lishiga olib keladi, anevrizmaning tashqi tomonida esa qon ivishi mahsulotlaridan hosil bo'lgan yangi, zaif "devor" hosil bo'ladi[1]. Shuning uchun psevdoanevrizmada tomir devorining hech bir qatlami mavjud bo'lmaydi[1].

Aynan bu belgi orqali psevdoanevrizma devori tomir devorining barcha uchta qatlamini o'z ichiga oladigan haqiqiy anevrizmadan hamda arteriyaning eng ichki qatlami (tunica intima) da shikastlanish natijasida ichki va o'rta qatlam o'rtasida ajralish hosil bo'ladigan disseksion anevrizmadan farq qiladi.

Qon tomir bilan bog'langan psevdoanevrizma pulsatsiyalanuvchi bo'lishi mumkin. Psevdoanevrizma ko'p hollarda haqiqiy anevrizma yoki kesuvchi anevrizma bilan adashtiriishi mumkin.

Psevdoanevrizmaning eng keng tarqalgan ko'rinishi endovaskulyar muolajadan keyin hosil bo'ladigan son arteriyasi psevdoanevrizmasidir[1] va bu holat 8% gacha bo'lgan qon tomir ichida o'tkaziladigan muolajalarning asorati bo'lishi mumkin. Kichik psevdoanevrizmalar o'z-o'zidan ivish qobiliyatiga ega, boshqalari esa jarrohlik aralashuvini talab qiladi.

Psevdoanevrizma, shuningdek, ishemiya yoki travma tufayli miokardning shikastlanishidan keyin yurak kamerasida ham paydo bo'lishi mumkin. Chap qorincha psevdoanevrizmasi yurak xurujining o'limga olib keladigan potensial asoratidir.

Belgilari

Psevdoanevrizmalar odatda og'riqli, yumshoq, pulsatsiyalanuvchi massa shaklida namoyon bo'ladi. Ustida joylashgan teri ba'zan eritematoz (qizil) bo'ladi. Ular ba'zan abssess bilan adashtirilishi mumkin. Anamnezda bemor kateterizatsiya yoki jarohat tarixi haqida gapirishi va pulsatsiyalanuvchi massa asta-sekin kengayib borayotganini ta'kidlashi mumkin.

Diagnostikasi

Agar bemorda arterial jarohat bo'lgan bo'lsa, psevdoanevrizma tashxisi taxmin qilinishi kerak. Arterial travmalarga kateterizatsiyani arteriyalar orqali o'tkazish (masalan umumiy son arteriyasi), to'mtoq jarohatlar (oyoq-qo'l uchlarida) yoki penetratsion jarohat (ya'ni, o'q yoki portlash jarohati) kiradi. Tashxisni dupleks ultratovush yordamida tasdiqlash kerak, dupleks ultratovush psevdoanevrizmaga boruvchi arterial qon oqimini aniqlaydi. KT angiogrammasi yoki an'anaviy angiogramma ham psevdoanevrizmani tashxislashi mumkin.

Har qanday muolajani amalga oshirishdan oldin tashxisni tasdiqlash muhimdir. Psevdoanevrizma bo'lgan bemorni abssesga shubha qilib kesish va drenajlash keng qon ketishiga olib kelishi mumkin.


Davolash

Psevdoanevrizmalarni davolashning ko'plab variantlari mavjud. Ilgari jarrohlik psevdoanevrizmani davolash uchun oltin standart bo'lgan bo'lsa-da, bugungi kunda bir nechta kamroq invaziv davolash usullari ko'proq qo'llaniladi.

Stent qo'yish

Psevdoanevrizma arteriya devoridagi teshik orqali arteriya bilan aloqa qilganligi sababli, arteriyadan "ajratish" yoki arteriyadan anevrizmaga qon oqimining oldini olish uchun bu teshik bo'ylab endovaskulyar ravishda yopiq stent joylashtirilishi mumkin. Stent metalldan iborat bo'lib, teflon yoki boshqa steril matoga o'xshash material bilan qoplangan bo'ladi. Stent doimiy ravishda qo'yilgan joyida qoladi va psevdoanevrizma doimiy arterial qon oqimisiz qoladi va keyin trombozga uchraydi. Ushbu usulning afzalliklari shundaki, u ochiq operatsiyasiz yuqori muvaffaqiyatga erishadi. Bu usulning asoratlari orasida stentning qon tomirga migratsiyasi, qonning psevdoanevrizmaga doimiy oqishda davom etishi, stentning sinishi va stent yoki arteriyadagi stent qo'yish joyining infeksiyasi kiradi[2][3]. Bundan tashqari davolash usullari ultratovush zond orqali anevrizmani qisish[4], ultratovush tekshiruvi ostida trmbin inyeksiyasi, jarrohlik boylami qo'yishni o'z ichiga oladi[5][6].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rivera, Philip A.; Dattilo, Jeffery B. (2022), „Pseudoaneurysm“, StatPearls, Treasure Island (FL): StatPearls Publishing, PMID 31194401, qaraldi: 2022-04-14 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  2. Kouvelos, G. N.; Papas, N. K.; Arnaoutoglou, E. M.; Papadopoulos, G. S.; Matsag As, M. I. (2011). "Endovascular repair of profunda femoral artery false aneurysms using covered stents". Vascular 19 (1): 51–4. doi:10.1258/vasc.2010.cr0224. PMID 21489928. 
  3. Amato, Alexandre Campos Moraes; Kahlberg, Andrea; Bertoglio, Luca; Melissano, Germano; Chiesa, Roberto (2008). "Endovascular treatment of a triple paraanastomotic aneurysm after aortobiiliac reconstruction". Jornal Vascular Brasileiro 7 (3): 278. doi:10.1590/S1677-54492008000300016. 
  4. Tisi, Paul V.; Callam, Michael J. (2013-11-29). "Treatment for femoral pseudoaneurysms". The Cochrane Database of Systematic Reviews (11): CD004981. doi:10.1002/14651858.CD004981.pub4. ISSN 1469-493X. PMID 24293322. 
  5. „MSK Ultrasound Guided Injection“ (en-US). R3 Medical Training. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  6. Malgor, R. D.; Labropoulos, N.; Gasparis, A. P.; Landau, D. S.; Tassiopoulos, A. K. (2012). "Results of a New Human Recombinant Thrombin for the Treatment of Arterial Pseudoaneurysm". Vascular and Endovascular Surgery 46 (2): 145–9. doi:10.1177/1538574411431346. PMID 22232329.