Prosopagnoziya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Hilola.Mi (munozara | hissa)
Prosopagnosia“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

4-Noyabr 2022, 14:30 dagi koʻrinishi

Prosopagnosia (yunoncha prósōpon - "yuz" va agnōsía - "bilmagan" degan ma'noni anglatadi) yuz qiyofasini idrok etishning kognitiv buzilish sindromi bo'lib, unda tanish yuzlarni, shu jumladan o'z yuzini tanib olish qobiliyati (o'z-o'zini tanish layoqati) buzilgan bo'ladi, ammo boshqa vizual jarayonlar (masalan, obyekt diskriminatsiyasi) va intellektual faoliyat (masalan, qaror qabul qilish layoqati) saqlanib qoladi. Bu atama dastlab miyaning o'tkir shikastlanishidan keyingi holatni (orttirilgan prosopagnoziya) ifodalash uchun qo'llanilgan, ammo kasallikning tug'ma yoki o'sish jarayonida rivojlanuvchi shakli ham mavjud bo'lib, uning bunday turlari tarqalishi 2,5% ni tashkil qiladi[1]. Odatda miyaning fusiform girus[2] sohasi prosopagnoziya sindromiga aloqador bo'ladi, chunki aynan shu soha yuz qiyofalariga javoban faollashadi. Fusiform girusning funksionalligi ko'pchilik odamlarga murakkab jonsiz narsalardan ko'ra yuz qiyofalarni batafsilroq tanib olish imkonini beradi. Prosopagnoziya sindromi bo'lganlar yuzlarni tanib olishlari uchun sezuvchanligi past obyektni tanish metodidan foydalanishlari mumkin. O'ng yarim sharning fusiform girusi chapga qaraganda tanish yuz qiyofalarini anglab olishda ko'proq ishtirok etadi. Fusiform girus faqat inson yuzlarini tanib olishda ahamiyatga egami yoki yuqori darajada rivojlantiriladigan vizual stimullar jarayonida ham ishtirok etadimi, bu hali aniq emas.

Orttirilgan prosopagnoziya oksipito - temporal lobning shikastlanishidan kelib chiqadi. Bu ko'pincha kattalarda uchraydi. Orttirilgan prosopagnoziya appertseptiv va assotsiativ prosopagnoziyaga bo'linadi. Tug'ma prosopagnoziyada shaxs hech qachon yuzlarni tanib olish qobiliyatini yetarli darajada rivojlantirolmaydi[3].

Davolash uchun bir qancha urinishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, hech qanday terapiya prosopagnoziklar guruhida doimiy davo natijasini ko'rsatmadi. Prosopagnoziklar ko'pincha qiyofalarni "bo'lak-bo'lak" yoki "xususiyatlar bo'yicha" tanish strategiyalaridan foydalanishni o'rganadilar. Bu kiyim, yurish, soch rangi, terining rangi, tana shakli va ovozi kabi ikkilamchi belgilarni o'z ichiga olishi mumkin. Yuz xotirada muhim identifikatsiya qiluvchi xususiyat bo'lib xizmat qilganligi sababli, bunday kasallikka chalingan odamlar uchun shaxslar haqidagi ma'lumotlarni kuzatib borish va boshqalar bilan normal muloqot qilish qiyin bo'lishi mumkin. Prosopagnoziya, shuningdek, boshqa miya sohalari bilan bog'liq bo'lgan boshqa kasalliklarga ham aloqador bo'lishi mumkin: chap hemianopsiya (chap tomondan ko'rish qobiliyatining yo'qolishi, o'ng oksipital lobning shikastlanishi bilan bog'liq), akromatopsiya (rangni idrok etish qobiliyatidagi buzilishlar, temporo-oksipital birikmadagi ikki tomonlama shikastlanishlar bilan bog'liq) va topografik disorientatsiya (atrof-muhitni idrok qilish va tanib olish qobiliyatini yo'qotish, o'ng yarim sharning parahipokampal girusning orqa qismidagi va til girusining old qismidagi shikastlanishlar bilan bog'liq)[4].

Prosopagnoziyaning aksi bu yuzni tanib olishdagi kuchli qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega odamlar "super tanuvchilar" deb ataladi[5].

Turlari

Apperceptive (Apperseptiv)

Appertseptiv prosopagnoziya atamasi odatda yuzni idrok etish tizimidagi eng dastlabki jarayonlar bilan orttirilgan prosopagnoziya holatlarini tasvirlash uchun ishlatilgan. Apperseptiv prosopagnoziyada o'ng oksipital temporal mintaqalar hal qiluvchi rol o'ynaydigan miya sohalari hisoblanadi[6]. Ushbu kasallikka chalingan odamlar yuz qiyofalarni idrok eta olmaydilar, ularga turli xil yuzlarning rasmlari ko'rsatilganda ularni "o'xshash va farqli" qiyofalarga ajratib berolmaydilar. Bunday sindromga ega odamlar tanish va notanish yuzlarni farqlay olmaydilar. Bundan tashqari, prosopagnoziyaning ayrim sub-apperseptiv turlarida yuz emotsiyalarini anglay olmaslik holatlari ham kuzatiladi[7]. Biroq, ular odamlarni kiyimi, soch turmagi, teri rangi yoki ovozi kabi yuzga aloqador bo'lmagan elementlarga qarab taniy olishlari mumkin[8]. Apperseptiv prosopagnoziya fusiform girusdagi ma'lum buzilishlar bilan bog'liq deb ishoniladi[9]. Katta yoshdagilar bilan o'tkazilgan yuzga o'xshash stimullar (mushuklarning yuz qiyofalarini farqlashini o'rganish) bo'yicha yangi yuz detektorlarini shakllantirish ustidagi tajribalar shuni ko'rsatdiki, bunday yangi detektorlar fusiformda emas, balki til girusida hosil bo'lar ekan[10].

Assotsiativ

Assotsiativ prosopagnoziya atamasi odatda orttirilgan prosopagnoziyaning idrok etish jarayonlari saqlanib qolgan, ammo yuzni erta idrok etish jarayonlari va odamlarning xotiradagi semantik ma'lumotlari o'rtasidagi aloqalar buzilganligini tasvirlash uchun ishlatiladi. O'ng oldingi temporal mintaqalar ham assotsiativ prosopagnoziyada muhim rol o'ynashi mumkin[6]. Kasallikning ushbu shakliga ega bo'lganlar odamlarning yuzlari fotosuratlari bir xil yoki boshqacha ekanligini aniqlashlari hamda yosh va jinsni yuz orqali farqlay olishlari mumkin (bu ular yuz qiyofalariga oid ma'lumotlarini tushunishlari mumkinligini ko'rsatadi), lekin keyinchalik aynan o'sha odamlarni taniy olmaydilar, ularning ismi, kasbi yoki oxirgi marta qachon uchrashganligi kabi ma'lumotlarni ayta olishmaydi[6]. Assotsiativ prosopagnoziya, parahipokampal girusning faoliyati buzilganligi bilan bog'liq deb hisoblanadi[11].

Rivojlanuvchi

Rivojlanuvchi prosopagnoziya (Developmental Prosopagnosia / DP), shuningdek, kongenital prosopagnoziya (CP) deb ham atalib, bu prosopagnoziyaning umrbod davom etadigan, erta bolalik davrida namoyon bo'ladigan va orttirilgan miya shikastlanishi bilan bog'liq bo'lmagan turidir. Rivojlanuvchi prosopagnoziya hayotning ilk davrida boshlangan bo'lsa-da, ko'p odamlar hayotining oxirigacha o'zlarida DP sindromi borligini anglamaydilar. Bir qator tadqiqotlar EEG o'lchovlari va fMRI asosida DP sndromida funktsional nuqsonlar bo'lishini aniqladi. Kasallikning paydo bo'lishiga irsiy omil sabab bo'lishi taxmin qilinmoqda. "Irsiy prosopagnoziya" atamasi ham kiritilgan bo'lib, agar oilaning bir nechta a'zolarida DP kuzatilsa, bu holatning mumkin bo'lgan genetik hissasiga urg'u beriladi. Ushbu ehtimoliy genetik omilni tekshirish uchun tasodifiy tanlangan 689 talabalar bilan so'rovnoma o'tkazdi, unda miqdoriy jihatdan o'n yettita rivojlanuvchi prosopagnoziya holatlari aniqlandi. DP kuzatilgan qatnashchilarning 14 tasi bilan oila a'zolarida ham kasallik alomatlari bor-yo'qligini aniqlash uchun suhbat o'tkazildi. Ularning har birida kamida bir nafar oila a'zosida ushbu sindrom alomatlari borligi ma'lum bo'ldi[12].

2005-yilda Ingo Kennerknecht boshchiligidagi tadqiqot prosopagnoziyaning tavsiya etilgan tug'ma buzilish shakli mavjudligini aniqladi. Ushbu tadqiqot tug'ma prosopagnoziya ko'pincha oilalarda tez-tez uchraydigan kognitiv kasallik ekanligini epidemiologik dalillar bilan ta'minlaydi. Tadqiqot davomida shakllangan izchil tahlillar, shuningdek, irsiy prosopagnoziya (HPA) ning segregatsiya shakli autosomal dominant o'tishga to'liq mos kelishini ko'rsatadi. O'tishning bu usuli HPA nima uchun ma'lum oilalar orasida keng tarqalganligini tushunishga yordam beradi(Kennerknecht va boshq. 2006)[13].

Sabab

Prosopagnoziya pastki oksipital sohalarning turli qismlarida (oksipital yuz sohasi), fusiform girus (fusiform yuz maydoni) va old temporal korteksning turli qismlaridagi shikastlanishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin[6]. Pozitron emissiya tomografiyasi (PET) va fMRI skanerlari prosopagnoziyasi bo'lmagan odamlarda bu sohalar yuz stimullariga javoban faol ekanligini ko'rsatdi[4]. Pastki oksipital sohalar asosan yuzni idrok etishning dastlabki bosqichlarida ishtirok etadi va oldingi temporal tuzilmalar tanish odamning yuzi, ovozi va ismi haqidagi aniq ma'lumotlarni birlashtiradi[6].

Orttirilgan prosopagnoziya bir nechta nevrologik zarar yetkazuvchi sabablar natijasida rivojlanishi mumkin. Prosopagnoziya posterior miya arteriyasi infarkti (PCAI) va temporo-oksipital sohaning infero-medial qismida qon ketishi sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar ikki tomonlama yoki bir tomonlama bo'lishi mumkin, ammo bir tomonlama bo'lsa ham, deyarli har doim o'ng yarim shar qismida yuzaga keladi[4]. So'nggi tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, o'ng yarim sharning yuqorida aytib o'tilgan temporo-oksipital sohalarga zarar yetishi prosopagnoziyani keltirib chiqarish uchun yetarli bo'ladi. Prosopagnoziya bilan og'rigan bemorlarning MRI tekshiruvi o'ng yarim sharda izolyatsiya qilingan jarohatlar borligini, fMRI skanerlash esa chap yarim sharning normal ishlashini ko'rsatdi[4]. Bir tomonlama chap temporo-oksipital shikastlanishlar obyekt agnoziyasiga olib keladi. Chap yarim sharning shikastlanishi natijasida yuzni tanib olish layoqatining bu tarzdagi buzilishlari vizual modallikdan shaxsga xos semantik ma'lumotni olishga xizmat qiluvchi miyaning qidirish jarayonlarini bloklaydigan semantik nuqson bilan bog'liqligi taxmin qilingan[6].

Boshqa kamroq tarqalgan etiologiyalarga uglerod oksidi bilan zaharlanish, temporal lobektomiya, ensefalit, neoplazma, o'ng temporal lob atrofiyasi, shikastlanish, Parkinson kasalligi va Altsgeymer kasalligi kiradi[4].

Diagnostika

Prosopagnoziyani aniq tashxislashi mumkin bo'lgan bir nechta neyropsikologik mezonlar mavjud. Ko'p ishlatiladigan testlardan biri mashhur qiyofa testlari bo'lib, unda odamlardan taniqli shaxslarning yuzlarini tanib olishlari so'raladi. Biroq, bu testni standartlashtirish qiyin. Benton Facial Recognition Test (BFRT) neyropsixologlar tomonidan yuzni tanib olish ko'nikmalarini baholash uchun qo'llaniladigan yana bir testdir. Shaxslarga oltita yuz tasviri va bitta alohida surat ko'rsatiladi va ulardan qaysi qiyofa shu suratdagi yuzga o'xshash ekanligi so'raladi..Suratlarda sochlar va kiyimlar ko'rsatilmaydi, chunki prosopagnoziya bilan og'rigan ko'plab odamlar yuzlarni tanib olish uchun soch va kiyim belgilaridan foydalanadilar. Sinov davomida erkak va ayol yuzlaridan foydalaniladi. Dastlabki oltita surat uchun faqat bitta mos yuz surati beriladi. Keyin esa, ularning soni 3 taga yetkaziladi, ammo suratlardagi qiyofa pozalari turlicha bo'ladi. Duchaine va Nakayama tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasida avvaldan prosopagnoziyaga chalingani aniq bo'lgan 11 ishtirokchi uchun ham o'rtacha mezon normal diapazonda ekanligini ko'rsatganda, BFRT ning ishonchliligi haqida shubhalar paydo bo'ldi[14]. Buning sabablaridan biri testni ishlab chiqish usuli bo'lishi mumkin. Rivojlanuvchi prosopagnoziyasi bo'lgan odamlar ko'pincha qismli strategiyalardan foydalanadilar, bu test muayyan yuzni unga mos keladigan boshqa yuz qiyofalar bilan solishtirishga yordam beradi. Sinov qiyinlashgan sari, joylashuv va yorug'lik tufayli yuzning ko'proq jihatlari xiralashib boraveradi, natijada sinovdan o'tayotgan odam belgilangan yuz qiyofasiga mos yuzni topish uchun individual elementlarni qidira boshlaydi[7].

Sinov apperseptiv prosopagnoziya bilan og'rigan bemorlarga tashxis qo'yish uchun foydali bo'lishi mumkin, chunki bu solishtirma test bo'lib, bu orqali shaxs yuzlarni farqlay oladimi yo'qmi, aniqlab olish mumkin. Assotsiativ prosopagnoziya bilan og'rigan bemorlarga tashxis qo'yish uchun bu sinov mos kelmaydi, chunki bunday bemorlar yuzlarni qiyoslash orqali aynan o'sha paytda farqlab olishlari mumkin.

The Cambridge Face Memory Test (CFMT) Duchaine va Nakayama tomonidan prosopagnoziya bilan og'rigan odamlarga yaxshiroq tashxis qo'yish uchun ishlab chiqilgan sinov turi hisoblanadi. Ushbu testda dastlab odamlarga oltita tasvir taqdim etiladi. Ulardan uchtasi asosiy yuz qiyofasiga mos, qolgan uchtasi esa, chalg'ituvchi tasvirlar bo'ladi. Duchaine va Nakayama CFMT prosopagnoziyali bemorlarni tashxislashda oldingi testlarga qaraganda aniqroq va samaraliroq ekanligini isbotlab berdi. Ular ikkita testni taqqoslab sinab ko'rishdi. Natijada, bemorlarning 75 foizidagi kasallik CFMT testi orqali aniq tashxislangan bo'lsa, BFRT testi atigi 25 foiz kasallik holatlarini aniqlay olgan. Biroq, bu testda ham BFRT kabi, bemorlardan notanish yuzlarga mos yuzlarni topish so'raladi. Bu test ham hozirda keng qo'llanilmaydi, uni ishonchli deb hisoblash uchun hali yana qo'shimcha sinovlar o'tkazilishi kerak[14].

20 elementli Prosopagnoziya indeksi (PI20)[15][16][17] prosopagnoziya bilan kasallangan shaxslarga tashxis qo'yishga yordam beradigan kompyuter testlari bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin bo'lgan muqobil so'rovnoma hisoblanadi. So'rovnomadagi yuzni idrok etish qobiliyatining obyektiv o'lchovlari, shu jumladan mashhur qiyofani tanish testlari va Cambridge Face Memory Test yordamida tasdiqlangan. Umumiy aholi sonining 1,5% dan kamrog'i PI20 da 65 dan yuqori va CFMT da 65% dan kam bo'lgan mezonni ko'rsatadi[17].

Davolash

Umumiy qabul qilingan davolash usullari mavjud emas[18].

Prognoz

Insultdan keyin odamlarning yuzlarini tanib olishda qiynalayotgan odam, odatda, avvalgi layoqatini tiklashda muammolarga duch keladi[18]. Orttirilgan prosopagnoziya ba'zan o'z-o'zidan yo'qolib ketishi ham mumkin[18].

Bolalarda

Rivojlanuvchi prosopagnoziyaga chalingan bolalar kasallikni tushunishi va uni yengishi qiyin bo'lishi mumkin. Kuzatuvlarga ko'ra, rivojlanuvchi prosopagnoziyasi bo'lgan ko'plab o'smirlar uzoq vaqt davomida o'zlarida bunday nuqson borligini va boshqa odamlar insonlarni yuz qiyofalariga qarab farqlay olishlarini payqay olishmagan[19].

Bolalardagi prosopagnoziya e'tibordan chetda qolishi mumkin; ular yuzlarni taniy olmagani uchun juda uyatchan bo'lib qolishlari yoki o'zlarini boshqalardan olib qochishga odatlanib qolishlari mumkin. Sinfdoshlarini yuz qiyofasidan taniy olmasliklari sababli do‘stlashishda ham qiyinchilikka uchrashadi. Ular ko'pincha juda aniq, ajralib turadigan xususiyatlarga ega bo'lgan bolalar bilan do'stlashadilar. 

Prosopagnoziyasi bo'lgan bolalar, shuningdek, teleko'rsatuvlar va filmlarning syujetlarini kuzatishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, chunki ular turli qahramonlarni tanib olishda muammolarga duch kelishadi. Ular oddiy, ammo aniq belgilarga ega bo'lgan, doim bir xil kiyimda yuradigan qahramonlar ko'rsatilgan o'ta rang-barang multfilmlarni ko'proq tomosha qilishadi. Prosopagnoziyasi bor bolalar hatto oila a'zolarini bir-biridan ajratish yoki odamlarni kontekstdan tashqari tanib olishda qiynaladilar (masalan, oziq-ovqat do'konida o'qituvchisini ko'rsa, tanimay o'tib ketishi mumkin)[20]. Ba'zilar guruh fotosuratlarida ham o'zlarini tanib olishda qiynaladilar. 

Bundan tashqari, prosopagnoziya bilan og'rigan bolalar maktabda o'zini noqulay his qilishi ehtimoli ham bor, chunki ko'plab maktab xodimlari prosopagnoziya haqida tushunchaga ega emas[21]. Bolalar yuzlarining ma'lumotlar bazasi va bolalarning yuzini idrok etish testlari ishlab chiqilganiga hali ko'p bo'lmadi, ammo bu manbalar yordamida maktab xodimlari bolada prosopagnoziya bor-yo'qligini aniqlashlari mumkin bo'ladi[22] [23].

Taniqli odamlar

Quyida prosopagnoziya bilan kasallangan jamoat arboblari va boshqa taniqli odamlarning ro'yxati keltirilgan.

  • Robert Gascoyne-Cecil, 3rd Marquess of Salisbury (1830–1903)[24]
  • Margaret Kerry (1929), Amerikalik aktrisa, Tinker Bell modeli[25]
  • Oliver Sacks (1933–2015), Britaniyalik nevrolog olim[26]
  • Jane Goodall (1934), Ingliz primatologi[27]
  • Alan Alda (1936), Amerikalik aktyor
  • Karl Kruszelnicki (1948), Avstraliyalik olim[28]
  • Chuck Close (1940–2021), Amerikalik rassom[29]
  • Duncan Bannatyne (1949), Shotlandiyalik tadbirkor[30]
  • Steve Wozniak (1950), Amerikalik komyuter muhandisi va Apple Inc asoschilaridan biri[31]
  • John Hickenlooper (1952), AQSh senatori va Governor of Colorado rasmiysi[32]
  • Jim Woodring (952), Amerikalik karikaturist[33]
  • Stephen Fry (1957), Ingliz aktyori[34][35]
  • Mary Ann Sieghart (1961), Ingliz jurnalisti va radio boshlovchisi
  • Brad Pitt (1963), Amerikalik aktyor va prodyusser[36][37][38]
  • Dave Chalk (1963), Kanadalik tadbirkor
  • Markos Moulitsas (born 1971), Amerikalik bloger, DailyKos.com asoschilaridan biri[39]
  • Paul Foot (born 1973), Ingliz qiziqchisi[40]
  • Victoria, Crown Princess of Sweden (1977)[41][42]
  • Sara Benincasa (1980) Amerikalik qiziqchi va muallif

Havolalar

  1. "Neural and genetic foundations of face recognition and prosopagnosia". J Neuropsychol 2 (1): 79–97. 2008. doi:10.1348/174866407X231001. PMID 19334306. 
  2. „Face blindness not just skin deep“. CNN. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr.
  3. "Congenital prosopagnosia: face-blind from birth". Trends Cogn. Sci. (Regul. Ed.) 9 (4): 180–7. April 2005. doi:10.1016/j.tics.2005.02.011. PMID 15808500. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Mayer, Eugene. Prosopagnosia, 1 Olivier Godefroy: , New York: Cambridge University Press, 2007 — 315–334 bet. DOI:10.1017/CBO9780511544880.017. ISBN 978-0521842617. OCLC 468190971. 2012-yil 19-dekabrda qaraldi. 
  5. Barry, Elen. „From Mountain of CCTV Footage, Pay Dirt: 2 Russians Are Named in Spy Poisoning“. The New York Times (2018-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 "Differential contribution of right and left temporo-occipital and anterior temporal lesions to face recognition disorders". Front Hum Neurosci 5: 55. 2011. doi:10.3389/fnhum.2011.00055. PMID 21687793. PMC 3108284. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3108284. 
  7. 7,0 7,1 Biotti, Federica; Cook, Richard (2016). "Impaired perception of facial emotion in developmental prosopagnosia". Cortex 81: 126–136. doi:10.1016/j.cortex.2016.04.008. PMID 27208814. http://eprints.bbk.ac.uk/21294/1/Biotti%20%26%20Cook%20%282016%29%20DP%20emotion.pdf. 
  8. Barton, Jason J.S.; Cherkasova, Mariya v.; Press, Daniel Z.; Intriligator, James M.; O'Connor, Margaret (2004). "Perception functions in Prosopagnosia". Perception 33 (8): 939–956. doi:10.1068/p5243. PMID 15521693. 
  9. "The fusiform face area: a module in human extrastriate cortex specialized for face perception". J. Neurosci. 17 (11): 4302–4311. Jun 1, 1997. doi:10.1523/JNEUROSCI.17-11-04302.1997. PMID 9151747. PMC 6573547. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6573547. 
  10. Kozlovskiy, Stanislav; Popova, Alla; Shirenova, Sophie; Kiselnikov, Andrey; Chernorizov, Alexander; Danilova, Nina (October 2016). "Formation of Face-Selective Detectors: ERP- And Dipole-Source Localization Study". International Journal of Psychophysiology 108: 68. doi:10.1016/j.ijpsycho.2016.07.223. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0167876016303440. 
  11. Kozlovskiy, S.A.; Vartanov, A.V.; Shirenova, S.D.; Neklyudova, A.K. (2017). "Brain mechanisms of the Tip-of-the-Tongue state:An electroencephalography-based source localization study". Psychology in Russia: State of the Art 10 (3): 218–230. doi:10.11621/pir.2017.0315. ISSN 2074-6857. http://psychologyinrussia.com/volumes/index.php?article=6669. 
  12. "Hereditary Prosopagnosia: The First Case Series". Cortex 43 (6): 734–749. 2007. doi:10.1016/S0010-9452(08)70502-1. PMID 17710825. http://www.martinagrueter.de/Grueter_et_al_2007cortex.pdf. 
  13. Kennerknecht, I.; Grueter, T.; Welling, B.; Wentzek, S.; Horst, J. R.; Edwards, S.; Grueter, M. (August 2006). "First report of prevalence of non-syndromic hereditary prosopagnosia (HPA)". American Journal of Medical Genetics 140A (15): 1617–1622. doi:10.1002/ajmg.a.31343. PMID 16817175. http://pic.plover.com/prosopagnosia.pdf. 
  14. 14,0 14,1 "The Cambridge Face Memory Test: results for neurologically intact individuals and an investigation of its validity using inverted face stimuli and prosopagnosic participants". Neuropsychologia 44 (4): 576–585. 2006. doi:10.1016/j.neuropsychologia.2005.07.001. PMID 16169565. 
  15. Shah, Punit; Gaule, Anne; Sowden, Sophie; Bird, Geoffrey; Cook, Richard (24 June 2015). "The 20-item prosopagnosia index (PI20): a self-report instrument for identifying developmental prosopagnosia". Royal Society Open Science 2 (6): 140343. doi:10.1098/rsos.140343. PMID 26543567. PMC 4632531. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4632531. 
  16. Shah, Punit; Sowden, Sophie; Gaule, Anne; Catmur, Caroline; Bird, Geoffrey (2015-11-01). "The 20 item prosopagnosia index (PI20): relationship with the Glasgow face-matching test" (en). Royal Society Open Science 2 (11): 150305. doi:10.1098/rsos.150305. ISSN 2054-5703. PMID 26715995. PMC 4680610. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4680610. 
  17. 17,0 17,1 Gray, Katie; Bird, Geoffrey; Cook, Richard (1 March 2017). "Robust associations between the 20-item prosopagnosia index and the Cambridge Face Memory Test in the general population". Royal Society Open Science 4 (3): 160923. doi:10.1098/rsos.160923. PMID 28405380. PMC 5383837. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5383837. 
  18. 18,0 18,1 18,2 DeGutis, Joseph M.; Chiu, Christopher; Grosso, Mallory E.; Cohan, Sarah (2014-08-05). "Face processing improvements in prosopagnosia: successes and failures over the last 50 years". Frontiers in Human Neuroscience 8: 561. doi:10.3389/fnhum.2014.00561. ISSN 1662-5161. PMID 25140137. PMC 4122168. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4122168. 
  19. Nancy L. Mindick. Understanding Facial Recognition Difficulties in Children: Prosopagnosia Management Strategies for Parents and Professionals (JKP Essentials). Jessica Kingsley Pub, 2010. ISBN 978-1-84905-802-5. OCLC 610833680. 
  20. "Training of familiar face recognition and visual scan paths for faces in a child with congenital prosopagnosia". Cogn Neuropsychol 25 (5): 704–729. July 2008. doi:10.1080/02643290802299350. PMID 18720102. 
  21. Wilson, C. Ellie; Palermo, Romina; Schmalzl, Laura; Brock, Jon (February 2010). "Specificity of impaired facial identity recognition in children with suspected developmental prosopagnosia". Cognitive Neuropsychology 27 (1): 30–45. doi:10.1080/02643294.2010.490207. PMID 20623389. 
  22. Dalrymple, Kirsten A.; Gomez, Jesse; Duchaine, Brad (14 November 2013). "The Dartmouth Database of Children's Faces: Acquisition and Validation of a New Face Stimulus Set". PLOS ONE 8 (11): e79131. doi:10.1371/journal.pone.0079131. PMID 24244434. PMC 3828408. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3828408. 
  23. Croydon, Abigail; Pimperton, Hannah; Ewing, Louise; Duchaine, Brad C.; Pellicano, Elizabeth (1 September 2014). "The Cambridge Face Memory Test for Children (CFMT-C): A new tool for measuring face recognition skills in childhood". Neuropsychologia 62: 60–67. doi:10.1016/j.neuropsychologia.2014.07.008. PMID 25054837. https://discovery.ucl.ac.uk/id/eprint/1460441/. 
  24. Grüter, Thomas (2007). "Prosopagnosia in biographies and autobiographies". Perception 36 (2): 299–301. doi:10.1068/p5716. PMID 17402670. http://www.thomasgrueter.de/PA_Biographies.pdf. Qaraldi: 24 February 2020. Prosopagnoziya]]
  25. Rembulat, Vince. „THE 'REAL' TINKER BELL“. Manteca Bulletin (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  26. Katz, Neil. „Prosopagnosia: Oliver Sacks' Battle with "Face Blindness"“. CBS News (2010-yil 26-avgust). Qaraldi: 2010-yil 3-fevral.
  27. „Photos: The faces of those who don't recognize faces“. CNN (2013-yil 23-may).
  28. „Dr Karl on what it's like to live with face blindness“. abc.net.au. ABC (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
  29. „Mosaic Art NOW: Prosopagnosia: Portraitist Chuck Close“. mosaicartnow.com. 2017-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-avgust.
  30. Tobin, Lucy. „Researchers explore problems of 'face blindness'“. The Guardian (2011-yil 20-iyun). Qaraldi: 2012-yil 23-iyul.
  31. Kelion. „Steve Wozniak: Shocked and amazed by Steve Jobs movie“. BBC (2015-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  32. „John Hickenlooper didn't mean to forget who you are: How face blindness has affected his political career“. CNN (2019-yil 26-iyun).
  33. „Jim Woodring“.
  34. Sieghart. „Who Are You Again?“. BBC Radio 4 (2016-yil 1-iyul).
  35. Hepworth, David. „Who are you again? What it's like to never remember a face“. The Guardian (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2016-yil 1-iyul.
  36. Blum. „What Is Prosopagnosia, a Condition That Causes 'Face Blindness'“. The New York Times (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  37. Junod. „Brad Pitt: A Life So Large“. Esquire (2013-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  38. Chloe Melas. „Brad Pitt says he suffers from facial blindness“. CNN (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  39. „Photos: The faces of those who don't recognize faces“. CNN (2013-yil 23-may).
  40. Paul Foot. „Paul Foot Video Log – Intellectual Rigour“ (2015-yil 11-dekabr). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  41. „Princess Victoria's face confession“.
  42. „The Art of Living Magazine – Art, Culture and Wealth Management“. The Art of Living Magazine. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-aprel.