Shvetsiyada jinoyatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Crime in Sweden“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

1-Iyun 2022, 15:12 dagi koʻrinishi

Shvetsiyada 100 ming aholi nisbatiga hisoblanganda jinoyatlar soni, 1975-2018[1]. (diogramma)

Shvetsiyada jinoyat Shvetsiya Jinoyat kodeksi( shvetcha: Brottsbalken ), Shvetsiya normativ hujjatlari va boshqa qonunlari bilan belgilanadi[2][3].

Shvetsiya jinoyatlarning oldini olish milliy kengashining ma'lumotlariga ko'ra, Shvetsiyada qayd etilgan jinoyatlar soni 1950-yillardan boshlab o'lchanib keladi. Ushbu jarayon urushdan keyingi davr bo'yicha boshqa G'arb mamlakatlari bilan mos ravishda olib boriladi. Ular buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin, masalan, statistik ma'lumotlar, qonunchilikdagi o'zgarishlar va jinoyatlar haqida xabar berishda jamoatchilikning tayyorligini oshirish kabilar shular jumlasidandir[4].

Sud jarayonlari

Örebrodagi tuman sudi. Shvetsiyada jinoiy ishlarni tuman sudlari ko'rib chiqadi.

Jinoyat sodir etilganda, rasmiylar sodir bo'lgan voqeani sinchiklab tekshiradilar. Ushbu jarayon dastlabki tergov, deya nomlanadi va uni politsiya xodimi yoki prokuror boshqaradi[5]. Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi o'zlariga ma'lum bo'lgan barcha jinoyatlarni ro'yxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart[6][7][8]. Prokurorlar sud yoki politsiyaga qaram bo'lmagan va Adliya vazirligi tomonidan boshqarilmaydigan to'liq mustaqil tashkilot - Shvetsiya Prokuraturasiga bilan birga xizmat olib boruvchi yuridik shaxslardir (vazirlikning har qanday aralashuvi konstitutsiyaga ziddir)[9].

Prokuror jinoyat bo'yicha dastlabki tergovni xolisona olib borishi va unga rahbarlik qilishi, jinoiy javobgarlikka tortish masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilishi, jinoyat ishlari bo'yicha harakatlarni ko'rib chiqish uchun sudga kelishi shartdir. Gumon qilinuvchi shaxslar dastlabki tergov bosqichida ham, sud muhokamasi davomida ham jamoat himoyachisidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi prokuror tomonidan to'plangan materiallarni ko'zdan kechirish huquqiga ega va agar u zarur deb hisoblasa, politsiyadan qo'shimcha tergov o'tkazishni so'rash huquqiga egadir. Ushbu choralarni amalga oshirish mumkinmi yoki yo'qmi, buni amaldagi tergov boshlig'i hal qiladi[10].

O‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha, agar gumon qilinuvchi jinoyat sodir etganligini tan olsa va unga qanday jazo tayinlanishi aniq bo‘lsa, prokuror yengillashtirilgan jazo tayinlash to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qilishi mumkin[5][11]. Tugallanmagan dastlabki tergov prokurorning shaxsni jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risida qaror qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Bu tuman sudida sud jarayoni bo'lishini anglatadi[5]. Sudlangan shaxs, prokuror va jinoyatda jabrlanuvchi tuman sudining hukmi ustidan apellyatsiya sudiga shikoyat qilish huqiqga egadirlar[12].

Jinoiy sud tizimiga ishonch

SCS 2013 so'rovida qatnashgan o'n nafar respondentdan olti nafari, umuman olganda, jinoiy adliya tizimiga yuqori darajada ishonchlari borligini ta'kidlashgan. Politsiya ham, xuddi shunday, yuqori darajadagi ishonchga egadir. Jinoyat qurbonlarining yarmidan ko'prog'i (57%) so'rovda qatnashganlarning politsiyadagi tajribasi, umuman olganda, ijobiy ekanligini hamda deyarli, har yettitadan biri salbiy tajriba ekanligini bildirib o'tishgan[13].

Korrupsiya

Global indekslar natijalariga ko'ra, Shvetsiyada korrupsiya darajasi juda past[14]. Shvetsiyadagi huquqiy va institutsional baza korrupsiyaga qarshi kurashda samarali hisoblanadi. Davlat organlari esa yuqori darajadagi shaffoflik, halollik va javobgarlik bilan ajralib turadi[15].

Jinoyat statistikasi

Shvetsiyada 1976-yildan 2016-yilgacha bo'lgan o'g'irlik, jinsiy zo'ravonliklar, tovlamachilik va qotillik bo'yicha qayd etilgan jinoyatlar bo'yicha har 100 000 aholi nisbatiga solishtirish grafigi[16].

Shvetsiya 1950-yilda milliy jinoyatlar statistikasini qayd qilishni boshlaydi. Jinoyatlarni qayd etish usuli 1960-yillarning oʻrtalariga (Shvetsiya politsiyasi jinoyatlar statistikasi uchun yangi tartib-qoidalarni joriy etgunga) qadar, asosan, oʻzgarishsiz qolib kelgan. Bu esa jinoyatning tarixiy oʻsishiga qisman tushuntirish sifatida taqdim etiladi[4]. 1974-yilda Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi ( shvetcha: Brottsförebyggande ràdet ) rasmiy statistik ma'lumotlarni ishlab chiqish va jinoyatchilik bo'yicha bilimlarni ulashish vazifasi yuklangan davlat organiga aylanadi[17]. 1990-yillarning boshida jinoyatlar to'g'risida xabar berishning yangicha tizimi joriy etiladi. Bu esa nazorat qilishning tezkor bo'lishini anglatardi. Ushbu qaror natijasi xabar qilingan jinoyatlar sonining qo'shimcha o'sishiga olib kelgan[18].

2017-yil yanvar oyida Löfven kabineti parlament a'zosi Staffan Danielssonning jinoyatchining milliy yoki immigratsion kelib chiqishi bo'yicha BRÅ statistik ma'lumotlarini yangilash to'g'risidagi iltimosini rad etadi[19].

Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi tomonidan 2013-yilda o‘tkazilgan Shvetsiyada Jinoyatchilik So‘roviga (ShJS) ko‘ra, jinoyatga ta’sir qilish darajasi 2005-yildan 2013-yilgacha pasaygan[20]. 2014-yildan beri Shvetsiya jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi hisobotlari, 2016-yilgi SCS ma'lumotlariga ko'ra, ayrim toifadagi jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, ba'zi mulkiy jinoyatlar va jinsiy huquqbuzarliklarga duchor bo'lish ko'payganligini qayd etiladi[21]. Do'q-po'pisa, ta'qib, tajovuz va talonchilik ostida bo'lgan jinoyatlar 2018-yil davomida o'sishda davom etadi[22]. Jinsiy huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning ko'payishi, qisman, rag'batlantirish kampaniyalari bilan bog'liqdir. Shu boisdan, jinsiy zo'ravonlik jinoyatining huquqiy ta'rifini kengaytirgan qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlar bilan birgalikda hisobot berish to'g'risida qaror qabul qilinadi[23].

Firibgarlik va mulkka yetkazilgan zarar (avtomobil o‘g‘irlashdan tashqari) ko‘rsatkichlari 2014-2016 yillar davomida deyarli o‘zgarmas bo‘lgan. Bu kabi jinoiy toifalar bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlar soni bir biridan farq qiladi[24]. Xabar qilingan jinsiy huquqbuzarliklar soni 2016-yilgi ShJS dagi raqamlarni aniq aks ettiradi va avtomobil bilan bog'liq zararlar/o'g'irliklar ham o'rganilib chiqiladi.[25][26] 2013-yilgacha sudlanganlar soni, aholi sonining o'sishiga qaramay, 300 000 atrofida (2000-yillarda 110 000 dan 130 000 gacha bo'lgan) ham 1970-yildan beri pasayishda bo'lgan[27].

Xalqaro taqqoslash

Rasmiy jinoyat statistik ma’lumotlariga (ya’ni, “jinoyat to‘g‘risida hisobot”) asoslangan mamlakatlar o‘rtasidagi taqqoslash ehtiyotkor bo‘lishni talab etadi. Chunki bunday statistika turli mamlakatlarda turlicha ishlab chiqailadi. Qayd etilgan jinoyatlar soniga huquqiy va moddiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi[6][7][28][29]. Masalan:

  • Shvetsiya zo'ravonlik jinoyatlari uchun keng qamrovli jinoyatlarni hisoblash tizimini qo'llaydi. Ya'ni bir xil jinoyat bir necha marta qayd etilishi mumkin, masalan, turmush o'rtog'i tomonidan tajovvuzga uchrash yoki guruh bo'lib zo'rlash holatlarida. Ko'pgina boshqa mamlakatlar hisoblashning cheklovchi usullaridan foydalanadilar[6][7].
  • Shvetsiyada jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik haqida birinchi xabar berilganda yig‘iladi[6][7]. E'lon qilingan jinoyatlar statistikasida ushbu tasnif, hattoki, keyingi tekshiruvlar hech qanday jinoyat sodir eilmaganligini ko'rsatganda ham, saqlab qolinadi[6].
  • Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi o'zlariga ma'lum bo'lgan barcha jinoyatlarni ro'yxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart. Bu huquqbuzarliklarni tasniflash protsessual kelishuv asosida kelishib olinadigan tizimlarga qaraganda jinoyatlarning tezkor ravishda ro'yxatga olinishiga olib keladi[6][7].
  • Jinoyat haqida xabar berishga tayyorlik ham statistikaga ta'sir qiladi[28] Yuqori darajadagi ishonch va jamoatchilik oldida yaxshi obro'ga ega bo'lgan politsiya kuchlari va sud tizimi obro'sizlangan, qo'rquv yoki ishonchsizlik uyg'otadigan politsiya kuchlariga qaraganda jinoyat haqida xabar berishga ko'proq moyil bo'ladi[6].

Katta miqyosdagi jabrlanuvchilar o'rtasidagi so'rovlar ma'lum bir mamlakatda jinoyatchilik darajasining ishonchli ko'rsatkichi sifatida taqdim etilgan[6].

Jinoyat tendentsiyalari

2018-yilga kelib, uzoq vaqtdan beri zaif hududlarning o'ziga xos xususiyati bo'lgan to'da zo'ravonliklari kengroq jamiyatga tarqala boshlaydi. Ushbu hududlarda kasalxona xodimlari tez yordam xonalarida qurolli to'qnashuvlar haqida, maktab ma'murlari esa qurolli tahdidlar tez-tez uchrashi haqida xabar berishardi[30].

2020-yildagi jinoyat statistikasi shuni ko‘rsatdiki, o'tgan olti yil ichida otishma va portlashlar bilan bog‘liq to‘da zo‘ravonlik hodisalarida 12 kishi halok bo‘lgan va 19 kishi yaralangan[31].

Evropa Ittifoqining daromadlar va yashash sharoitlari statistikasi (EU-SILC)

EU-SILC so'roviga ko'ra, Shvetsiya Evropadagi eng yuqori darajada aholi yashaydigan hududda jinoyat, zo'ravonlik yoki vandalizm bilan bog'liq muammolarga duch kelgan mamlakatlardan biri deya topiladi. So'rovda respondentlar o'zlari yashaydigan hududda muammoga duch keladimi yoki yo'qmi degan savol o'rtaga tashlangan. 2017-yilda 13% aholi oʻzlari yashayotgan joyda zoʻravonlik, jinoyatchilik yoki vandalizm bilan bogʻliq muammolarga duch kelganliklarini taʼkidlashgan. Boshqa shimoliy mamlakatlar - Norvegiya 4%, Daniya 8% va Finlyandiya 6% bilan eng past ulushga ega boʻlgan davlatlar qatoriga kirishadi[33].

Boshqa Yevropa mamlakatlaridagi tendensiya teskari ravishda Shvetsiyada 2010-2017 yillar oralig'ida 2 foizga o'sish kuzatilgan bo'lsa, Yevropa Ittifoqida o'rtacha ko'rsatkich 3 foizga pasaygan. Shvetsiya, Germaniya va Litvadan tashqari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan[33].

Yechimi muommali bo'lgan jinoyatlar hududning aholi zichligi bilan farqlanadi. Yevropa Ittifoqida yirik shaharlar qishloqqa qaraganda uch baravar ko'pdir. Shvetsiya ma'lumotlari aholi kam yashaydigan joylarda ham jinoyat ko'rsatkichlarini yuqori baholagan[33].

Shvetsiyada jinoyatchilik tadqiqotlari

Shvetsiya Jinoyat So'rovi (ShJS) (shvetcha: Nationella trygghetsundersökningen ) - bu Brå tashkiloti tomonidan 2005-yildan buyon jabrlanuvchilar o'rtasida jinoyatdan qo'rqish va aholining adliya tizimiga bo'lgan ishonchiga bo'lgan munosabatini yillik miqdori bilan o'tkazadigan takroriy so'rov bo'lib,15 000 ga yaqin respondentlarni o'z ichiga qamrab oladi[34].

Shaxsga qarshi jinoyatlar

ShJS 2013 ma'lumotlariga ko'ra, shaxsga qarshi jinoyatlarga duchor bo'lish darajasi 2005-yildan beri biroz kamaygan (13,1% dan 11,4% ga). Ushbu toifadagi jinoyatlarga hujum, tahdid, jinsiy huquqbuzarlik, talonchilik, firibgarlik yoki tazyiq kiradi. ShJS 2016da huquqbuzarliklarga duchor bo'lish darajasi 2005-yilgacha bo'lgan darajaga ko'tarildi, so'rovda qatnashganlarning 13,3 foizi yuqorida aytib o'tilgan jinoyatlarning bir yoki bir nechta qurboni bo'lganliklarini bildirishgan[21].

So‘rovda qatnashganlarning har to‘rtdan biri (26%) 2015-yilda ushbu jinoyatlarni boshdan kechirgani haqida xabar bergan[21].

Hujum jinoyati

Xabar qilingan hujumlar soni ortib borayotgan bo'lsa-da, jinoyat qurbonlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatadiki, o'sishning katta qismi haqiqatda ko'proq jinoyatlar qayd etilganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin[35]. 2013-yilgi ShJS ma'lumotlariga ko'ra, tajovuz qurboni bo'lganligini bildirganlarning nisbati asta-sekin kamaya boshlagan (2005-yildagi 2,7 foizdan 2012-yilda 1,9 foizgacha). Hujum qurboni bo'lishdan xavotirda bo'lganlar soni ham shu asnoda kamaygan deya bahonaladi (2006 yildagi 15 foizdan 2013 yilda 10 foizgacha)[13]. Bu ko'rsatkichlar tibbiy xizmatlar hujum yoki og'ir zo'ravonlik jinoyati natijasida yaralangan bemorlarning o'zgarmagan darajasi haqida xabar berish bilan qo'llab-quvvatlanadi[35][36][37]. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, politsiya notanishlar o'rtasida hujum qilish haqidagi xabarlarni shaxsan o'zi boshlashi ehtimoli ko'proq. Bu esa hujum bilan bog'liq bo'lgan holatlarning ko'payishiga yordam beradi[38].

2016-yilgi ShJSda aholining 2,0 foizi (16-79 yosh) hujumga duchor bo'lganligi aniqlangan. Vaqt o'tishi bilan hujumga duchor bo'lish biroz kamaydi va qurbonlar ulushi, so'rov birinchi marta 2005 yilda o'tkazilgandan beri, 0,7 foiztga kamayadi. 2012-yilda eng past nuqtaga yetadi va o'shandan beri bir oz ko'tarilganligi belgilangan. Birlamchi pasayish yoshlar orasida kuzatilgan[39].

Hujumga duchor bo'lish ayollarga qaraganda erkaklarda ko'proq uchraydi va 20-24 yosh oralig'ida ko'proq uchraydi. Hujum ko'pincha jamoat joyida sodir bo'ladi va aksariyat hollarda jinoyatchi jabrlanuvchiga noma'lum shaxs bo'ladi[21].

Shvetsiyada xalqaro miqyosda solishtirganda hujum jinoyatlarining yuqori darajasi qayd etilgan[40]. Ammo buni huquqiy, protsessual va statistik farqlar bilan izohlash mumkin. Misol uchun, Shvetsiya politsiyasi zo'ravonlik jinoyatlari uchun keng qamrovli huquqbuzarliklarni hisoblash tizimini qo'llaydi (ya'ni, bir xil jinoyat bir necha marta qayd etilishi mumkin)[7]. 2005-yilgi Yevropa jinoyat va xavfsizlik tadqiqoti (2005-yil EU ICS) Shvetsiyada zo'ravonlik bilan hujumlar uchun qurbon bo'lish darajasi o'rtacha darajadan past ekanligini aniqlaydi[41].

2012-2019 yillarda jamiyatning qattiqlashuvi tufayli pichoq bilan zo'ravonlikning kuchayishi tendensiyasi kuzatila boshlaydi.

Tahdidlar

2015 yilda aholining 5,0 foiz qismi tahdidlarga duchor bo'lgan. 2005-2014 yillar orasida tahdidlarga duchor bo'lgan shaxslar ulushi nisbatan barqaror darajada saqlanib qolgan[21].

Tahdidlarga duchor bo'lish erkaklarnikiga qaraganda ayollar orasida ko'proq uchraydi (20-24 va 25-34 yosh)[39].

Qotillik

Shvetsiyada 2002-yildan 2016-yilgacha bo'lgan davrda o'limga olib keladigan zo'ravonlik holatlari nisbatan barqaror darajada saqlanib qoladi (yiliga o'rtacha 92ta holat)[42].

2015-yildan beri o'limga olib keladigan zo'ravonlik holatlari sonining o'sishi kuzatiladi va 2017-yilda bu ko'rsatkich Shvetsiyada 2002-yildan beri eng yuqori ko'rsatkichga ko'tariladi[43][44].

Shvetsiyada o'limga olib keladigan zo'ravonliklarni o'rganish shuni ko'rsatdiki, xabar qilingan holatlarning yarmidan ko'pi aslida qotillik emas. Buning sababi, Shvetsiya jinoyat statistikasi politsiya tekshiradigan o'limga olib keladigan barcha voqealarni ko'rsatishidir. Ushbu xabar qilingan jinoyatlarning aksariyati haqiqatda o'z joniga qasd qilish, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy o'lim bo'lib chiqishi aniqlangan[36][42]. Ushbu statistik anomaliyaga sharofati bilan, Shvetsiya xalqaro miqyosda qotillik darajasi past (2015-yil holatiga ko'ra har 100 000 aholiga taxminan 1,14 foiz ) mamlakat sifatida e'lon qilinadi. "O'limga olib keladigan zo'ravonlik holatlari" 2006–2015-yillarda 68ta holatdan 112 tagacha o'zgarib, 2007-yildagi 111 tadan 2012-yilda 68 taga, 2015-yilda esa 112 taga ko'paygan va 2016-yilda 106 taga kamayganligi qayd etiladi[42][45][46]. O'ldirilganlarning qariyb 75 foizi erkaklardir[47]. Aksariyat holatlar (2015-yilda 71%) Stokgolm, Väst va Skånening kabi yirik shaharlarda qayd etilgan. 2015-yilda eng katta o‘sish Väst mintaqasida kuzatilad. Bu yerda ko'rsatgichlar soni 2014-yildagi 14 ta holatdan 2015-yilda 34 taga ko‘payadi[42].

2016-yilda 105 ta qotillik ishidan oʻntasi nomusga tajovvuz holatlari boʻlib, Shvetsiyadagi barcha qotillik holatlarining qariyb 10 foizini va ayollar oʻldirilishining uchdan bir qismini tashkil etadi[48].

2017-yil may oyida Dagens Nyheter tomonidan o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, o'qotar quroldan foydalangan holda qotillikka urinishda gumon qilingan 100 nafar gumonlanuvchidan 90 nafarining ota-onasi chet elda tug'ilgan, 75 foizi 90-yillarda tug'ilganlar shaxslardir[49].

Norvegiyaning Aftenposten kundalik gazetasi tomonidan Norvegiya Milliy Jinoyat Qidiruv Xizmati (Kripos) va Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish Milliy Kengashi (Brå) tomonidan olib borilgan jinoyatlar statistik ma'lumotlarini taqqoslashga ko'ra, Shvetsiyada 2002-yildan beri qotillik darajasi qo'shni davlat - Norvegiyadan qariyb ikki baravar ko'pdir[50].

Qurol zo'ravonligi

Shvetsiyada qurolli zo'ravonlik (shvedcha: skjutningar yoki gängskjutningar ) 2018-yilgacha bo'lgan yigirma yil ichida 15 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan erkaklar o'rtasida keskin o'sgani aniqlangan. Qurolli zo'ravonlikning o'sish tendentsiyasiga qo'shimcha ravishda, Shvetsiyada qurolli zo'ravonlik G'arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan ham yuqori bo'lgan[51].

Qo'l granatasi orqali hujumlar va portlashlar

2019-yil holatiga ko'ra, Shvetsiya misli ko'rilmagan miqdordagi portlashlarni boshdan kechirmoqda. Biroq, oldingi yillar bilan solishtirish ancha mushkul. Chunki 2017-yilgacha portlovchi moddalardan jinoyat uchun foydalanish alohida jinoyat toifasi emas edi[52]. 2018-yilda 162 ta portlash sodir boʻlgan boʻlsa, 2019-yilning toʻqqiz oyida 97 ta portlash qayd etilgan boʻlib, ular odatda jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan

Ayniqsa, 2016-yilda qo‘l granatalarini portlatishlar soni juda yuqori bo‘lgan. Kriminologlar Manne Gerell va Amir Rostamining so'zlariga ko'ra, qo'l granatalari portlashlarini kuzatib boruvchi yagona davlat bu Meksikadir. Meksikada qotillik darajasi Shvetsiyaga qaraganda 20 baravar ko'p bo'lsa-da, aholi jon boshiga granata portlashlarining o'ziga xos toifasi bo'yicha ikki mamlakatni solishtirish mumkin[52][53]. Shvetsiya politsiyasi komissari Anders Tornbergning so'zlariga ko'ra, "Shvetsiyadagi portlashlar to'lqiniga xalqaro darajada teng keladigan rqaib yo'q"[54]. Bu hujumlar ham boy, ham kam daromadli joylarda sodir bo'ladi. Shvetsiya politsiyasi sudlangan jinoyatchilarning millatini qayd etmaydi yoki oshkor qilmaydi, biroq Milliy operatsiyalar departamenti razvedka boshlig'i Linda H. Straafning aytishicha, ular kambag'al hududlardan va ko'plari ikkinchi yoki uchinchi avlod muhojirlaridir.

Shvetsiya ommaviy axborot vositalari ba'zida mavzuni yetarlicha yoritmaslikda ayblansa-da, Kantar Sifo so'rov kompaniyasi tomonidan 2019-yilda o'tkazilgan tadqiqot qonun va tartib mavzusi Shvetsiya televideniyasi, radiolarida va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p yoritilgan yangiliklar mavzusi ekanligini aniqladi[52][55].

2019-yilda Shvetsiyadagi portlashlardan xavotirlangan Daniya 1950-yillardan beri birinchi marta passport nazoratini joriy qiladi[56].

2011-2018 yillar oralig'ida qurolli qotilliklar ko'paygan bo'lsa-da, Malmö universitetida o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, xuddi shu davrda qo'l granatasi bilan hujumlar soni kuchli o'sgan va jami 116 ta qo'l bombasi portlashi qayd etilgan. Qo'l granatalari bilan qilingan hujumlar soni 2011-yildagi ikkitadan 2016-yilda 39 taga ko'paydi, bu esa o'ziga xos rekord bo'ldi. Qo'l granatalari bilan qilingan hujumlarning 28 foizi jismoniy shaxslarga, qolgan qismi politsiya bo'limlari va boshqa binolarga qaratilgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nga yaqin kishi yaralangan[57].

2018-yilning yanvar oyida 63 yoshli erkak rafiqasi bilan supermarketga ketayotganida granata portlashi natijasida halok bo‘lgan edi. Ular granata topib olishadi va buni o‘yinchoq deb o‘ylab, uni qo'llarigfa olishadi va halok bo‘lishadi. 2016-yilda 8 yoshli bola Biskopsgården shahridagi kvartiraga jinoiy to'dalar hujumi doirasida qo'l granata tashlanganida halok bo'ladi[57].

Shvetsiyadagi kriminologlar nima uchun kuchli o'sish bo'lganini va nima uchun Shvetsiya yaqin mamlakatlarga qaraganda ancha yuqori ko'rsatkichga ega ekanligini bilishmaydi[57].

Jinsiy zo'ravonliklar

Gender tengligi siyosati va qonunchiligining ko'p yillik an'anasi, shuningdek, tashkil etilgan ayollar harakati jinsiy jinoyatlar to'g'risidagi qonunchilikni sezilarli darajada kengaytirib, bir qator qonunchilikka o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishiga erishishadi[58][59]. Misol uchun, 1965-yilda Shvetsiya dunyoda birinchilardan bo'lib nikoh bo'la turib, zo'rlash holatini jinoyat deb hisoblagan[59] va dunyoda faqat jinsiy xizmatlarni sotib olishni (ammo, sotmaslikni) qonuniy qilgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi[60].

Jinsiy huquqbuzarliklarga duchor bo'lish darajasi, ShJS ma'lumotlariga ko'ra, (birinchi so'rov 2006-yilda o'tkazilgandan beri) qayd etilgan jinsiy zo'rabonliklar sonining ko'payishiga qaramay, nisbatan o'zgarmagan[61]. Ushbu nomuvofiqlikni asosan jinsiy zo'ravonliklar to'g'risidagi qonunchilikdagi islohotlar, zo'rlash ta'rifini kengaytirish[62][63][64] hamda hukumatning xabar qilinmagan holatlar sonini kamaytirishga qaratilgan harakatlari bilan izohlash mumkin[63][65][66][67]. ShJS 2013da qatnashuvchilarning 0.8foizi (yoki umumiy aholining taxminan 62 000 kishisi (16–79 yosh)) jinsiy huquqbuzarliklar, jumladan, zo'rlash qurboni bo'lganliklarini ta'kidlaydilar. Qatnashganlarning 16 foizi esa jinsiy huquqbuzarlikni "zo'rlash" deb ta'riflagan - bu 2012 yilda taxminan 36 000 zo'rlash hodisasi ro'y berganini bildiradi[61].

Shuningdek qarang:

  • Zaif hudud
  • Jinoyat qurbonlarini qoplash va qo'llab-quvvatlash organi
  • Shvetsiyaning jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi
  • Erkaklar ayollarga nisbatan zo'ravonligi bo'yicha Milliy bilim markazi
  • Shvetsiya - urish
  • Stokgolmdagi tarixiy qotilliklar va qatllar

Manbalar

Havolalar

  1. „Statistics database“. statistik.bra.se. Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  2. „The Swedish Penal Code“. Government of Sweden. 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  3. „Law 1994:458“. Lagen.nu.
  4. 4,0 4,1 „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv) 38, 41. Brå. — „I Sverige har den registrerade brottsligheten precis som i övriga västvärlden ökat kraftigt under efterkrigstiden. [...] Vid mitten av 1960-talet införde Polisen nya rutiner av statistikföring en vilket har framförts som en delförklaring till den kraftiga ökningen, i synnerhet i början av denna period (Brå 2004). [...] Detta beror sannolikt främst på att toleransen mot vålds- och sexualbrott har minskat i samhället. Att man i samhället tar våld på större allvar demonstreras inte minst genom att synen på olika våldshandlingar skärpts i lagstiftningen (ibid. samt kapitlet Sexualbrott)“. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Trials in criminal cases“. Supreme Court of Sweden. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Von Hofer, Hanns (2000). "Crime Statistics as Constructs: The Case of Swedish Rape Statistics". European Journal on Criminal Policy and Research 8 (1): 77–89. doi:10.1023/A:1008713631586. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Våldsbrottsligheten: Ökande, minskande eller konstant? Ett diskussionsunderlag (sv). Malmö University, 2007. ISBN 978-91-7104-207-1. 2014-yil 16-iyulda qaraldi. 
  8. „Duty to prosecute“. The Swedish Prosecution Authority. 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  9. „The Swedish Prosecution Authority“. The Swedish Prosecution Authority. 2010-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  10. „Suspect“. The Swedish Prosecution Authority. 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  11. „Summary punishment“. The Swedish Prosecution Authority. 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  12. „Appealing a criminal case“. Supreme Court of Sweden. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  13. 13,0 13,1 „The Swedish Crime Survey 2013“. Brå. Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  14. „Motståndskraft, oberoende, integritet – kan det svenska samhället stå emot korruption?“. Transparency International Sweden. Transparency International Sweden. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-noyabr.
  15. „Snapshot of the Sweden Country Profile“. Business Anti-Corruption Portal. GAN Integrity Solutions. Qaraldi: 2013-yil 17-noyabr.
  16. „Tabell 1.2. Anmälda brott per 100 000 av medelfolkmängden, åren 1950–2016“. BRÅ (2017).
  17. „About Brå“. The Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  18. „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv). Brå. — „Den stora ökningen av antalet anmälda brott sedan början 1990-talet förklaras i huvudsak av det anmälningssystem som polisen då införde“. Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  19. Nyheter, SVT. „Krav på att Brå tar fram statistik över brott och ursprung“ (sv). svt.se.
  20. „The Swedish Crime Survey 2013 - English summary of Brå report 2014:1“ 5, 7. The Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 Command, Carl; Hambrook, Emelie; Wallin, Sanna; Westerberg, Sara; Stri, Åsa Irlander; Hvitfeld, Thomas (2017). "Swedish Crime Survey 2016 - English summary of 2016 Brå report 2017:1". The Swedish National Council for Crime Prevention (Stockholm: Brottsförebyggande rådet (Brå)) 2017 (2). URN:NBN:SE:BRA-697.+ISSN 1100-6676. https://bra.se/download/18.4a33c027159a89523b17c401/1487173975453/Summary_NTU_2016.pdf. 
  22. „Swedish Crime Survey“ (en). www.bra.se. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  23. Regeringskansliet. „Facts about migration and crime in Sweden“. Regeringskansliet (2017-yil 23-fevral). Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  24. „Here are Sweden's crime stats for 2016“. Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
  25. „Rape & Sexual Offences“. bra.se (2017-yil 16-yanvar). 2017-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  26. „Sexual Offences“. Brottsrummet. 2017-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  27. „Personer lagförda för brott“ (sv). Brå. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  28. 28,0 28,1 „Crime statistics“. Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  29. „Kodning av brott - Anvisningar och regler“. Brå. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  30. Anderson, Ellen Barry and Christina. „Hand Grenades and Gang Violence Rattle Sweden's Middle Class“ (en).
  31. „SVT:s genomgång visar: Allt fler utomstående drabbas av gängkonflikter“.
  32. „Crime, violence or vandalism in the area - EU-SILC survey“. Eurostat. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
  33. 33,0 33,1 33,2 33,3 „Fler upplever brottslighet och vandalisering i sitt bostadsområde“ (sv). Statistiska Centralbyrån. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
  34. „The Swedish Crime Survey“. Swedish National Council for Crime Prevention. Qaraldi: 2014-yil 20-may.
  35. 35,0 35,1 „Violence and assault“. Brå. Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  36. 36,0 36,1 „Rapport 2008:23 - Brottsutvecklingen i sverige fram till år 2007“ (sv). Brå. Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  37. Estrada, Felipe. Våldsutvecklingen i Sverige - En presentation och analys av sjukvårdsdata (sv). Stockholm: Swedish Institute for Futures Studies, 2005. ISBN 978-91-89655-62-1. 2015-yil 12-avgustda qaraldi. „Nothing in the hospital data indicates an increase in hospital admissions resulting from serious violent incidents [...] Instead the hospital data serve to verify the more stable trends indicated by victim surveys and lethal violence statistics“ 
  38. „Rapport 2009:16 - Misshandel mellan obekanta“ (sv). Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  39. 39,0 39,1 tagesschau.de. "Schwedens Banden-Problem". tagesschau.de (in German). Retrieved 21 August 2021.
  40. „Archived copy“. 2010-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-noyabr.
  41. Van Dijk. „The Burden of Crime in the EU. Research Report: A Comparative Analysis of the European Crime and Safety Survey (EU ICS) 2005“. UNICRI (2005). Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  42. 42,0 42,1 42,2 42,3 „Murder and manslaughter“. Brå. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "bra-murder" defined multiple times with different content
  43. Aftonbladet. „Brå: Allt fler offer för dödligt våld i Sverige“ (sv-SE). Aftonbladet. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  44. „Konstaterade fall av dödligt våld - En granskning av anmält dödligt våld 2017“. Brottsförebyggande rådet.
  45. „Kriminalstatistik 2015“ (sv). Brå. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
  46. „Kriminalstatistik 2016 Konstaterade fall av dödligt våld“. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  47. „Mord och dråp - Brå“. www.bra.se. 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  48. „Var tionde mord förra året var hedersmord“ (sv). Göteborgs-Posten. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  49. „Vanligt med utländsk bakgrund bland unga män som skjuter - DN.SE“ (sv-se). DN.SE (2017-yil 20-may). Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
  50. „Svensk politi skulle ta tilbake kontrollen over lovløse områder. To år senere er situasjonen blitt enda verre.“. Aftenposten. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  51. Sturup, Joakim; Rostami, Amir; Mondani, Hernan; Gerell, Manne; Sarnecki, Jerzy; Edling, Christofer (2018-05-07). "Increased Gun Violence Among Young Males in Sweden: a Descriptive National Survey and International Comparison" (en). European Journal on Criminal Policy and Research 25 (4): 365–378. doi:10.1007/s10610-018-9387-0. ISSN 0928-1371. 
  52. 52,0 52,1 52,2 Maddy Savage. „Sweden's 100 explosions this year: What's going on?“. BBC (2019-yil 12-noyabr).
  53. „Förtydligande om internationell jämförelse av handgranatsdetonationer“ (sv). Kriminologiska funderingar blog (2017-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  54. Johannes Ledel. „Swedish police chief: No international equivalent to Sweden's wave of bombings“. The Local (2019-yil 8-noyabr).
  55. Jon Henley. „Sweden bomb attacks reach unprecedented level as gangs feud“. The Guardian (2019-yil 4-noyabr).
  56. Martin Selsoe Sorensen. „Denmark, Worried About Bombings by Swedish Gangs, Begins Border Checks“. The New York Times (2019-yil 13-noyabr).
  57. 57,0 57,1 57,2 Salihu, Diamant. „116 granatattacker på åtta år – Sverige sticker ut“ (sv). SVT Nyheter (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "svt2018_hand_grenades" defined multiple times with different content
  58. Nordlander. „Fler brott bedöms som våldtäkt“ (sv). Dagens Nyheter (2010-yil 10-iyun). Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  59. 59,0 59,1 Kelly, Liz. Different systems, similar outcomes? Tracking attrition in reported rape cases in eleven European countries (Country briefing: Scotland). London: Child and Woman Abuse Studies Unit (CWASU), London Metropolitan University, May 2009.  ISBN 9780954480394 Pdf. Final report, pdf. Funded by the European Commission Daphne II Programme.
  60. „Lagrådsremiss - En ny sexualbrottslagstiftning“ (sv). Government of Sweden (2004). 2004-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  61. 61,0 61,1 Nationella trygghetsundersökningen 2013 - Om utsatthet, otrygghet och förtroende (Rapport 2014:1) (sv). Swedish National Council for Crime Prevention, 2014 — 35–36, 47–48 bet. ISBN 978-91-87335-20-4. 2014-yil 20-mayda qaraldi. 
  62. Petter Asp, Professor of Criminal Law. „Sju perspektiv på våldtäkt“ 24, 59. Nationellt centrum för kvinnofrid/Uppsala University (2010-yil may). Qaraldi: 2014-yil 20-may.
  63. 63,0 63,1 Ruth. „Sweden's rape rate under the spotlight“. BBC News (2012-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  64. „How common is rape in Sweden compared to other European countries?“. The Swedish National Council for Crime Prevention (2011-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  65. „Nya metoder ska ge fler våldtäktsåtal“ (sv). Dagens Nyheter (2008-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 20-may.
  66. „Kunskapsbank - Nationellt Centrum för Kvinnofrid“ (sv). Uppsala University. — „Insatserna från Rikspolisstyrelsen består bland annat av utbildning, informationsspridning och andra åtgärder för att förstärka Polisens förmåga upptäcka och utreda dessa brott. En annan målsättning är att allmänhetens förtroende för Polisen ska stärkas, så att fler brott anmäls.“. 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  67. Jo Lovett. Different systems, similar outcomes?. London Metropolitan University, 2009 — 9, 95, 105 bet. ISBN 978-0-9544803-9-4. „In Sweden, reforms in 2005, which re-defined the sexual exploitation of a person in a helpless state as rape, also coincided with a marked increase in reports. [...] An expert centre for the care of battered and raped women was established, with government funding, at Uppsala University Hospital in 1995. The legal definition of rape in Sweden has been successively broadened over the last two or more decades. [...] Sweden [has] trained male and female officers in most areas“