Zikri koʻli
Zikri koʻli | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Region | Buxoro viloyati |
Tuman | Qorovulbozor tumani |
Hajmi | 0,08 km³ |
Tushuvchi daryo | Qarshi kollektori |
Zikri koʻli — tabiiy suv rezervuari[1]. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan koʻl. Qorovulbozor vohasidan yigʻilgan oqova va zovur suvlari, shuningdek Qarshi kollektori suvlari qoʻshilib tabiiy chuqurlikka quyilishi natijasida 1990-yillarda hosil boʻlgan. Suv sigʻimi 0,08 km³. 2004-yilga qadar Zikri koʻli haqidagi maʼlumotlar adabiyotlarda uchramaydi[2]. Koʻlda oq sla (sudak) va ilonbosh kabi yirtqich baliqlar uchraydi[3].
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdan „2019—2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 694-son qaroriga muvofiq bir-biriga yaqin joylashgan Zikri, Xadicha va Devxona koʻllari hududida turistlar uchun ovchilik va baliqchilikni tashkil etish maqsadida Zikri koʻlining qirgʻogʻida 10 ta turistga moʻljallangan 2 ta kotej, sayohatchilar uchun magazin, oshxona va hojatxonani 2019—2020-yillarda qurib bitkazish rejalashtirilgan[1].
2022-yilgi maʼlumotga koʻra Zikri, Xadicha va Devxona koʻllar tizmasidagi 40 ming gektarli maydonda „Buxoroneftqurilish-montaj“ maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ovchilik xoʻjaligi faoliyat yuritib kelyapti[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabr „2019—2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 694-son qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ Абдуллаев 2004, s. ?.
- ↑ Raxmonov 2022, s. 71—82.
- ↑ Raxmonov 2022, s. 68—75.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Raxmonov R. R. Buxoro viloyatidagi ovchilik xoʻjaliklari haqida yangi maʼlumotlar // Science and Education. — 2022. —
№ 3. Архивировано 19 iyun 2023 года.Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 07:19, 1-Yanvar 2024 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan.- Raxmonov R. R. Buxoro viloyati suv havzalaridagi yirtqich baliqlari // Journal of Advanced Research and Stability. — 2022. —
№ 2.Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 07:19, 1-Yanvar 2024 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan.- Абдуллаев М. А. Ихтиофауна и рыбный промысел в озере Девхона (Узбекистан) // Бухарский государственные университет. — 2004.
- Raxmonov R. R. Buxoro viloyati suv havzalaridagi yirtqich baliqlari // Journal of Advanced Research and Stability. — 2022. —