Yelizaveta Dmitriyeva
Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva | |
---|---|
Tavalludi |
12-aprel 1887-yil Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
5-dekabr 1928-yil (41 yoshda)[1] Toshkent, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Shoira |
Yelizaveta Ivanovna Dmitriyeva (1887-yil 12-aprel, Sankt-Peterburg — 1928-yil 5-dekabr, Toshkent) – rus shoirasi, dramaturg, Cherubina de Gabriac taxallusi bilan mashhur.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yelizaveta Dmitriyeva 1887-yil 12-aprelda zodagonlar oilasida tugʻilgan. Otasi Ivan Vasilyevich Dmitriev xattotlikdan dars bergan (taxminan 1857—1901), sildan erta vafot etgan. Yelizavetaning katta akasi Valerian (1880-1965) dengiz zobiti, Port-Artur mudofaasida, Rus-yapon urushida qatnashgan. Singlisi Antonina (taxminan 1883—1908) oʻqituvchi boʻlgan. Yetti yoshdan oʻn olti yoshgacha Yelizaveta otasi kabi kasallikdan aziyat chekdi, toʻshakka mixlanib qoldi va umrining oxirigacha choʻloq boʻlib qoldi. 1904-yilda Vasileostrovskaya gimnaziyasini oltin medal bilan, 1908-yilda esa Imperator ayollar pedagogika institutini ikki mutaxassislik: oʻrta asrlar tarixi va fransuz oʻrta asr adabiyoti boʻyicha tamomlagan. Shu bilan birga, u Sankt-Peterburg davlat universitetida ispan adabiyoti va eski fransuz tili boʻyicha maʼruzalarda qatnashdi, soʻngra Sorbonnada qisqa muddat tahsil oldi. Sorbonnadaligida Nikolay Gumilyov bilan tanishgan.
Sankt-Peterburgga qaytgach, u Petrovskaya ayollar gimnaziyasida rus adabiyotidan dars berdi, teosofik jurnallarda ispan sheʼriyatidan tarjimalarni (Avliyo Tereza va boshqalar ijodi) nashr etdi[2].
"Cherubina de Gabriac"[tahrir | manbasini tahrirlash]
1909-yil yozi Yelizaveta Dmitriyeva vaqtini Koktebelda, Voloshinning yozgi uyida oʻtkazdi. U yerda u oʻziga yangi taxallus oʻylab topdi. Voloshin uni qoʻllab-quvvatladi.
„Cherubina de Gabriac“ dindor katolik boʻlgan, 1877-yilda tugʻilgan va monastirda tarbiya olgan. Uning har bir harakatini kechayu kunduz iezuit rohiblari kuzatib turgan. Shuning uchun u odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qila olmagan[3]. 1909-yil 1-sentyabrda Yelizaveta Dmitriyeva „Cherubina de Gabriac“ taxallusi bilan imzolangan sheʼrlar toʻplamini „Apollon“ jurnalining noshiri Sergey Makovskiyga yubordi.
1926-yilning kuzida Dmitriyeva „Eʼtirof“ kitobini yozgan.
Xuddi shu yili rus antroposoflariga qarshi repressiyalar boshlandi.
1927-yilda Dmitriyevaning uyida tintuv oʻtkazildi, uning barcha kitoblari va arxivlari musodara qilindi va shoiraning oʻzi uch yilga Toshkentga yuborildi.
1927-yildan Toshkentda yashagan. U sheʼr yozishni davom ettirdi.
Toshkentda jigar saratonidan vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Asarlarining nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Маршак С.Я., Васильева Е.И.. Театр для детей, Краснодар, 1922.
- Грякалова Н.Ю. Стихотворения Е. И. Васильевой, посвященные Ю.К. Щуцкому // Русская литература. — 1988. —
№ 4. —Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 13:43, 8-Fevral 2024 (UTC) (3 oy avval) da tahrir qilingan.
С. 200−205.Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 13:43, 8-Fevral 2024 (UTC) (3 oy avval) da tahrir qilingan.- Елис. Васильева. «Две вещи в мире для меня всегда были самыми святыми: стихи и любовь» // Новый мир / публикация Вл. Глоцера. — 1988. —
№ 12. —Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 13:43, 8-Fevral 2024 (UTC) (3 oy avval) da tahrir qilingan.
С. 168−170.Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 13:43, 8-Fevral 2024 (UTC) (3 oy avval) da tahrir qilingan.- [Стихотворения] // Возвращение. Вып.1. М.: Советский писатель, 1991, с.179−188.
- Черубина де Габриак. Исповедь, Символы времени. М.: Аграф, 1999. ISBN 5-7784-0040-3.
- См. также указ. издание под ред. Т. Н. Жуковской, Е. А. Калло (1999), с. 461−554.
- Из мира уйти неразгаданной: Жизнеописание; Письма 1908−1928 годов; Письма Б.А. Лемана к М.А. Волошину. Феодосия, M.: Изд. дом «Коктебель», 2009.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2022. 5 декабря. Елизавета Дмитриева“. www.proza.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Портретная галерея Дмитрия Быкова в журнале «Дилетант»“. www.limonow.de. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
- ↑ В письмах Маковскому Черубина неоднократно сообщала о своём решении уйти в монастырь и «выйти замуж за одного еврея», то есть стать Христовой невестой.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Елис. Васильева. «Две вещи в мире для меня всегда были самыми святыми: стихи и любовь» // Новый мир / публикация Вл. Глоцера. — 1988. —