Yangi Oʻzbekiston universiteti
"Yangi Oʻzbekiston" universiteti (NewUU) | |
---|---|
Yangi Oʻzbekiston universiteti binosi | |
Xalqaro nomi | inglizcha: New Uzbekistan University |
Asos solingan | 2021-yil |
Oʻquv yurti turi | Davlat Universiteti |
Prezident | Wolfgang A. Herrmann |
Rektori | Umarova Hilola O‘ktamovna |
Manzili | 100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi 54 |
Vebsayti | newuu.uz |
Koordinatalari: 41°19′28.3″N 69°19′18.5″E / 41.324528°N 69.321806°E G O
Yangi Oʻzbekiston universiteti — Oʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan[1]. Universitet tashkil etilishi haqida 2021-yil 21-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan „Besh tashabbus harakati“ tadbirida maʼlum qilingan[2]. Universitet 8000 talabaga moʻljallangan[3]. Universitetga birinchi yil kirish imtihonlari 2021-yilning sentabr oyida oʻtkazildi va oʻqish oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshlandi[4].
Birinchi imtihon[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yangi Oʻzbekiston universitetiga birinchi imtihon 2021-yilning 6-sentabri kuni Toshkentda, „Bunyodkor“ stadioni tashqi maydonida boʻlib oʻtdi. Imtihonning 1-saralash bosqichida qatnashish uchun 6000 dan ortiq talabgor qatnashdi, 1-bosqichdan 1213 kishi muvaffaqqiyatli oʻtib test jarayonlarida qatnashdi. Imtihon uch soat davom etdi, har bir fan uchun 90 daqiqa vaqt belgilandi. Testlar ingliz tilida boʻlib oʻtdi[5].
Dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
NewUU Germaniyadagi Myunxen Texnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan to'rtta akademik maktab orqali ingliz tilida o'qitishni ta'minlaydi.[6]
"Pre-university" tayyorlov kurslari
Bakalavr dasturlari
Raqamli texnologiyalar maktabi
- Dasturiy ta'minot muhandisligi
- Sun'iy intellekt va robototexnika
- Kiberxavfsizlik
Muhandislik maktabi
- Mexanika muhandisligi
- Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi
- Amaliy matematika
- Iqtisodiyot va ma'lumotlar fanlari
- Oʻrta taʼlim (matematika va informatika)
Boshqaruv maktabi
- Sanoat boshqaruvi
Magistratura va doktorantura dasturlari MSc.
Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Янги Ўзбекистон университети бўйича тақдимот билан танишди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 23 июнь.
- ↑ „Янги Ўзбекистон университети очилади“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 21 май.
- ↑ „Президент ташаббуси билан ташкил этилган университетда йиллик контракт тўлови қанча бўлиши айтилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 14 июль.
- ↑ „Янги Ўзбекистон университетига кириш имтиҳонлари қачон ўтказилиши маълум бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
- ↑ „Янги Ўзбекистон университети учун илк маротаба ўтказилган тест синовлари — суратларда“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Giving students at New Uzbekistan University a global outlook“.