Wolt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wolt Enterprises Oy
Turi Xususiy
Egasi DoorDash
Qachon asos solingan 6-oktyabr, 2014-yil (9 yil avval) (2014-10-06) Helsinki, Finlandiya
Joylashuvi location
Asoschi(lari)
  • Miki Kuusi
  • Elias Aalto
  • Mika Matikainen
  • Oskari Pétas
  • Lauri Andler
  • Juhani Mykkänen
Vebsayti wolt.com

Wolt Enterprises Oy[1][2], ommaga Wolt nomi bilan tanilgan, — asosan oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi Finlyandiya kompaniyasi. Mijozlar kompaniya ilovasi (iOS va Android uchun mavjud) yoki veb-saytida kompaniya hamkorlaridan mahsulotlarni buyurtma qilib, oʻzlari olib ketishlari yoki yetkazib berish hizmatidan ham foydalanishlari mumkin. Wolt shuningdek, oʻzining Wolt Market deb nomlangan oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga ham egalik qiladi[3]. Kompaniya bosh qarorgohi Finlandiya poytaxti Helsinkida joylashgan[4].

2022-yil may oyida Wolt Amerikaning oziq-ovqat yetkazib beruvchi DoorDash kompaniyasi tomonidan sotib olindi. DoorDash bugungi kunda 29 mamlakatda faoliyat yuritadi, ulardan 25 tasida Wolt nomi ostida mahsulot va hizmatlar ham mavjud[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wolt 2014-yilda 6 ta shaxs tomonidan, jumladan, Slush nomi ostida yillik tadbir oʻtkazuvchi kompaniyaning sobiq bosh direktori va Woltning amaldagi bosh direktori Miki Kuusi tomonidan tashkil etilgan. Kuusi 2022-yilning may oyigacha, DoorDash Wolt kompaniyasini sotib olgunigacha DoorDashning AQSHdan tashqaridagi faoliyati uchun masʼul edi[5].

Wolt hizmatlarini olib boradigan davlatlar (koʻk rangda).

2023-yil may holatiga koʻra, Wolt 25 mamlakatda va 300 dan ortiq shaharlarda, jumladan Helsinki, Tokio va Berlinda faoliyat olib boradi. Kompaniyaning 70 000 dan ortiq savdo hamkorlari, 150 000 kuryerlik hamkorlari va 20 million roʻyxatdan oʻtgan mijozlari bor[6]. Woltning 25 mamlakatdagi ofislarida 7000 dan ortiq xodim ishlaydi[7].

2021-yil noyabr oyida Wolt DoorDashga aksiyalar almashinuvi orqali birlashtirilayotgani eʼlon qilindi, bu esa Wolt aksiyadorlariga DoorDash aksiyalarining bir qismini 8,1 milliard AQSh dollari evaziga sotilishiga sabab boʻldi. 2022-yil 31-mayda Woltning DoorDash tomonidan sotib olinishi yakuniga yetdi[5].

DoorDash tomonidan sotib olinishdan oldin, Wolt investorlardan 856 million dollar mablagʻ toʻpladi, ICONIQ Capital, Highland Europe, 83North, EQT Ventures, Tiger Global, DST Global, Prosus, KKR[8], Coatue, Inventure, Lifeline Ventures, Supercell asoschisi va bosh direktori Ilkka Paananen va Nokia raisi Risto Siilasmaa va boshqalar shular jumlasidandir[manba kerak].

Wolt Financial Times tomonidan chop etilgan FT:1000 Yevropaning eng tez rivojlanayotgan kompaniyalari 2020 jadvalida ikkinchi oʻrinni egalladi[9].

Yillar boʻyicha kompaniyaning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuryerlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wolt yetkazib berishda doimiy haydovchilari orqali emas (Germaniya bundan mustasno), balki oʻzi-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan yaʼni qachon, qayerda va qancha ishlashlarini oʻzlari hal qiladigan ishchilar hizmatidan foydalanadi. Bunda kuryerlar oʻz ish haqining hisobidan pensiya, ijtimoiy sugʻurta va asbob-uskunalar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzlari toʻlashlari kerak boʻladi. Finlyandiyada, davlat qonunchiligiga koʻra, agar yillik YEL daromadi kamida 8575,45 evro boʻlsa, 4 oydan ortiq ishlagan ishchilar uchun ularning pensiya va kasallik harajatlari odatda YEL sugʻurtasi (Tadbirkorning pensiya sugʻurtasi) orqali toʻlab beriladi[16]. Masalan avtomobildan foydalanishda benzin, sugʻurta va boshqa harajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi. Oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan shaxslar sifatida kuryerlar taʼtil davomida ish haqi olmaydilar. Woltning soʻzlariga koʻra, kuryerlarning uchdan bir qismi toʻliq ish vaqtida ishlaydi hamda ularning taxminan chorak qismi talabalardan iborat. Helsinkida immigrantlarning katta qismi bor kompaniya uchun kuryerlik qiladi[17][18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Wolt Enterprises Oy :: Finland :: OpenCorporates“. OpenCorporates (2014-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  2. „Wolt Enterprises Oy - YTJ:n yritys- ja yhteisöhaku“. tietopalvelu.ytj.fi. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  3. „Wolt Market Reduces Prices of Nearly 100 Staple Grocery Items by 15% - BBJ“. BBJ.hu.
  4. „Wolt to expand to 15 new communities near Rishon, Rehovot“. The Jerusalem Post.
  5. 5,0 5,1 5,2 Sterling, Toby. „DoorDash sees tepid Q2 for Wolt as it completes $3.5 bln takeover“. Reuters (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
  6. „About“. Wolt (2021-yil 3-iyun). [yaxshiroq manba kerak]
  7. „DoorDash Joins Forces with Wolt“. ir.doordash.com (2021-yil 9-noyabr).
  8. „Food delivery platform Wolt raises $500m from global investor group“ (en). Sky News. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  9. Kelly, Maxine „FT 1000: the fourth annual list of Europe's fastest-growing companies“. Financial Times (2020-yil 2-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  10. „Wolt delivers the goods with robots“. Good News from Finland (2016-yil 28-noyabr).
  11. „Starship hakkab Tallinnas toitu koju tooma“ (et). Arvutimaailm (2016-yil 28-noyabr).
  12. „About – Wolt“. wolt.com. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  13. „Wolt expands further in Europe“. Ecommerce News (2023-yil 15-may).
  14. „Wolt food delivery service launches in Luxembourg“. RTL Today (2024-yil 29-fevral).
  15. „Wolt expands further in Europe“. Albanian Daily News (2024-yil 13-mart).
  16. „Who is YEL insurance for and when?“. Ilmarinen (2023-yil 17-dekabr).
  17. „Voiko ruokalähetti muka tienata 4 000 e/kk? Järjestön laskelma paljastaa karun totuuden palkasta“. Iltalehti.fi (2019-yil 18-noyabr).
  18. „Miten lähetin eläketurva, sairausvakuuttaminen ja työttömyysturva toimivat?“. Wolt Blog. Andoza:Unreliable source?