Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Kabutardan suratga olish (2)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kabutardan suratga olish[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Muzaffar Murodovich (munozara) 04:34, 17-May 2024 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Ushbu maqolani YM statusi nomzodligiga qayta qoʻymoqdaman. Maqola bilan tanishib chiqib, fikr bildirish va ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 04:34, 17-May 2024 (UTC)[javob berish]

Maqolada biroz gʻalizliklar, oʻzbek tili qoidalari boʻyicha uslubiy xatoliklar bor. Kirish qismidagi gʻalizlikni toʻgʻirlab izoh qoldirdim. Oʻtgan zamon bilan tugagan gapdan keyingi bir gap hozirgi zamon bilan tugagan, undan keyingi gap yana oʻtgan zamon bilan tugagan. Maqolani yana bir marta baland ovozda (!) oʻqib koʻrib, tuzatib chiqish kerak. Kechroq vaqt boʻlganda men ham tuzatishlar kiritaman. Jamshid Nurqul (munozara) 08:40, 29-May 2024 (UTC)[javob berish]
Xoʻp. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:55, 30-May 2024 (UTC)[javob berish]
Birinchi aerofotosuratlar 1858-yilda sharchi Nadar tomonidan olingan jumlasining maʼnosini tushuntirib bera olasizmi? Rosti sharchi kim ekanligini bila olmadim… Shuningdek maqolada zamon bilan bogʻliq xatoliklarni ham uchratdim bir vaqtda ham -di ham -gan zamon shaklining qoʻllanili maqolani o;qishdagi silliqlikni kamaytirgan nazarimda. XIX asrda va XX asr boshlarida tashuvchi kabutarlardan ham fuqarolik, ham harbiy tashkilotlarda ham keng foydalanilgan. Nazarimda bu oʻrinda qaysidir ham lar ortiqcha... Shuningdek ayrim oʻrinlarda egalik qoʻshimchasi -si va -i bilan bogʻliq kamchiliklar va xatoliklar uchraydi. Maqolani qaytadan tahlil qilib chiqishingizni soʻragan boʻlar edim. (ayrim oʻrinlardagi shar oʻrniga havo shari jumlasini qoʻllashni taklif qilaman) PanPanChik #yozish 19:08, 31-May 2024 (UTC)[javob berish]
Nadar maqolasiga havola berilgani uchun “sharchi” soʻzini olib tashladim. Agar yoyadigan boʻlsam, juda uzun boʻlib ketardi. “keng”dan oldingi ”ham” ortiqcha ekan, olib tashladim.
Qaysi oʻrinlarda “shar” oʻrniga “havo shari”ni qoʻyishni aytyapsiz? Men faqat ...Rossiya texnika jamiyati shardan fotosuratlar olish... joyini koʻryapman. Lekin inglizcha Vikipediyada ...photographs from a balloon and sent the developed... deb berilgan. “balloon” koʻpincha rezina pufakni anglatadi. Shuning uchun “havo shari” deb emas, balki umumiy qilib, “shar” deya tarjima qilib ketganman. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:22, 1-Iyun 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman Yaxshi maqola chiqqan. Janob Mirzaolim (munozara) 07:22, 28-May 2024 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman yaxshi yozilgan maqola, tarixini koʻrgan holda shuni ayta olamanki, yetarlicha mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan – Axadjon1 (munozara) 08:20, 28-May 2024 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. YM kriteriylariga va statusiga loyiq maqola. – Kagansky munozara 09:12, 28-May 2024 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman – ANJANIY#gurung 12:16, 30-May 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]