Vikipediya:Hech qachon bunday qilmang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Loyihada yangi foydalanuvchilarining aksariyati Vikipediyani tahrir qilish orqali undan zavqlanishni oson deb biladi. Ammo baʼzida shunday boʻladiki, yangi foydalanuvchilar kutilmagan toʻsiqlarga duch keladi va holat ular istagan tarzda boʻlmaydi. Shu sababdan bu holatga yoʻl qoʻymaslik haqida quyida yozilganlarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Agar sizda biron bir savol tugʻilsa, savol berishdan tortinmang, sizga yordam qoʻlini choʻzadigan vikichilar doim topiladi.

Hech qachon boshqa hissa foydalanuvchilarga jismoniy zarar yetkazish, qonuniy choralar koʻrish yoki Vikipediyadan tashqari boshqa harakatlar bilan tahdid qilmang.

Oʻzingizning haq ekanligingizga ishonsangiz ham, qoʻpol boʻlmang yoki haqorat qilmang. Har vaqt xushmuomalalik bilan javob bering.

Tahrirlar jangini keltirib chiqarmang. Ehtimol siz maqolani tuzatgansiz, keyin kimdir kelib tahriringizni bekor qilgan, baʼzan esa beadablik bilan izohlar qoldirgan boʻlishi mumkin. Hatto u mutlaqo xato qilgan va siz mutlaqo haq boʻsangiz ham tahririni bekor qilaverishdan foyda yoʻq. Buning oʻrniga, maqolaning munozara sahifasiga oʻting (yuqoridagi yorliq orqali topish oson) va aynan nimani tuzatmoqchi ekanligingizni munozara qismiga yozing. Agar siz hali ham kelishuvga erisha olmagan boʻlsangiz, forumlar orqali boshqa foydalanuvchilardan soʻrashingiz mumkin. Bu yanada samarali boʻlishi tabiiy.

Internetda topilgan har qanday matnlarni Vikipediyaga koʻchirib oʻtkazmang. Ular katta ehtimol bilan oʻchiriladi va siz mualliflik huquqini buzishda ayblanasiz. Agar siz tasvirni Internetdan yuklab olishni istasangiz, buni Vikipediya qoidalariga muvofiq amalga oshiring. Agar shubhangiz boʻlsa, forumda uni mualliflik huquqi va yuklab olish mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida soʻrang.

Vikipediyadan reklama, havolalar boʻlishish yoki oʻzingizni reklama qilish uchun platforma sifatida foydalanmang. Agar siz yetarlicha mashhur boʻlsangiz, boshqalar baribir siz haqingizda maqola yozadi.

Maqolalarda formatlash bilan tajriba qilmang, buning uchun har kimning oʻzini kichik sahifasi bor — „qumloq“ va umumiy qumloq (xususan, roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchilar qumlogʻi)da tajriba oʻtkazing.

Maqolalardan kerakli maʼlumotlarni oʻchirmang va uni maʼnosiz matn bilan almashtirmang. Yozilgan maʼlumot sizga yoqmagan taqdirda ham hech qachon bunday qila koʻrmang. Sizning tahrirlaringiz baribir bekor qilinadi (ehtimol siz tahrirlaganingizdan ham tezroq muddatda) va sizning hisobingiz cheksiz muddatga bloklanishi mumkin. Agar biror narsani maqoladan olib tashlash kerak deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida yozib qoldiring.

Sizga omad yor boʻlsin! Yoqimli va muvafaqiyatli tahrirlar qiling!