The Courage of Sarah Noble

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Courage of Sarah Noble
Muallif(lar) Alice Dalgliesh
Muqova artist(lar)i Leonard Weisgard
Janr(lar)i Fantastik asar
Nashr etilgan sanasi 1954-yil
Nashriyot Scribner and Sons

The Courage of Sarah Noble“ – Alice Dalgliesh tomonidan yozilgan fantastik asar. 18-asrning boshlarida otasi bilan Konnektikutga sayohat qilgan yosh qiz va ona shahri Schaghticokeda kechgan voqealari tasvirlangan. 1954-yilda nashr etilgan va Newbery Honor mukofotiga sazovor boʻlgan[1].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarah otasiga New Milforddagi yangi sotib olingan yer uchastkasida oʻz fermasini qurish uchun qilgan sayohatida hamroh boʻladi. Yetib kelgach, Sarah va otasi yerni qidira boshlaydi. Ularga Shaghticoke odamlari duch keladi[2]. Sarah bolalardan „hindular“ haqida eshitgan mish-mishlarini eslab qoʻrqib ketadi[3], lekin Schaghticokeliklar doʻstona munosabatda boʻlishadi. Ular omon qolish uchun bilishlari kerak boʻlgan narsalarni oʻrgatadilar. Hikoyada Sarah „hindular“ni yangi nasroniy nomlar bilan ataydi va New Milforddagi birinchi oʻqituvchi sifatida eʼtirof etadi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alice Dalgliesh kitobni muallif eslatmasi bilan boshlaydi. Eslatmada asar „haqiqiy voqea“ga asoslanib yozilganligini taʼkidlaydi[5]. Kitobda keltirilgan „maʼlumotlar“ni tekshirish uchun koʻp tadqiqotlar bajarilishi kerak. Maʼlum boʻlishicha, New Milfordda tadqiqotlar uchun yetarli manbalar mavjud[6].

Asar haqidagi munozaralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Courage of Sarah Noble 1954-yilda nashr etilgan. Bugungi kunda ushbu kitobda tasvirlangan amerikaliklarga nisbatan qanday fikr bildirish haqida bahslashuvlarga duch kelinmoqda. Hikoya atrofidagi bahs-munozaralar Sarah Noble uchun oʻrnatilgan haykaldan norozilik bilan ham bogʻliq[7].

The New York Times Book Review nashri The Courage of Sarah Noble haqida shunday deydi: „Bu hikoya oʻzining goʻzal, soddaligi va qadr-qimmati bilan uzoq vaqt esda qoladi“[8]. Amerika nashriyoti uni 1954-yilda balogʻatga yetmaganlar oʻqishi uchun eng yaxshi kitoblari qatoriga kiritadi[9]. Sharhlovchi Anita Silvey Sarahning xarakterini ulugʻlaydi, „otasi bilan choʻlda yolgʻiz qoladigan darajada kuchli qahramon“[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. SLSC Newbery Medal and Honor Books
  2. History of the Schaghticoke
  3. Dalgliesh, Alice, and Leonard Weisgard. 1954. The Courage of Sarah Noble. New York: Scribner. pp 10-11.
  4. Dalgliesh, Alice, and Leonard Weisgard. 1954. The Courage of Sarah Noble. New York: Scribner. pp 52-53.
  5. Dalgliesh, Alice, and Leonard Weisgard. 1954. The Courage of Sarah Noble. New York: Scribner. Author’s Note
  6. New Milford Historical Society
  7. Blue Corn Comics
  8. Asbury, Edith Evans. „ALICE DALGLIESH, 85; CHILDREN'S AUTHOR (Published 1979)“. The New York Times (1979-yil 13-iyun).
  9. Sheehan, E. (1954, May 29). Some juvenile bests for spring '54. America, 91(9), 248-251.
  10. Silvey, Anita (editor), The Essential Guide to Childrenʼs Books and Their Creators, Houghton Mifflin, 2002, pg. 90;