Sulton Mahmud Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Sulton Mahmud Mirzo (1453, Samarqand — 1495) — Samarqand va Buxoro hukmdori (1494—1495). Temuriylardan.

Sulton Mahmud Mirzo

Sulton Mahmud Mirzo portreti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Temuriylar imperiyasi sultoni
Saltanat 1494-yil iyun — 1495-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Sulton Ahmad Mirzo
Davomchisi Boysungʻur Mirzo
Tugʻilishi

1453-yil
Samarqand, Temuriylar imperiyasi

Vafoti

1495-yil, yanvar
Samarqand, Temuriylar imperiyasi

Turmush oʻrtogʻi Sulton Nigor xonim, Poshshobegim, Zuhrobegi Ogʻo
Uy Temuriylar
Otasi Abu Said
Onasi Oʻrdu Bugʻo Tarxonning qizi
Dini Islom

Abu Said mirzoning 3oʻgʻli. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469) dan soʻng Termiz, Chagʻoniyon, Hisor, Xuttalon, Qunduz, Badaxshon va Hindukush togʻlarigacha boʻlgan yerlar uning tasarrufiga oʻtgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494)dan soʻng esa, Samarqand taxtiga oʻtirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarkalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga daʼvogar boʻlib kelgan amakivachchasi Malik Muhammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo oʻz hukmronligi davrida 2-marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham magʻlub boʻlgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning toʻrtinchi xotini.

Sulton Mahmud Mirzo 1495-yil yanvar oyida ogʻir kasallikdan vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayziyev T., Temuriylar shajarasi. T., 1995; M uhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.