Suat Dervish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suat Dervish
Tavalludi 1905-yil
Vafoti 23-iyul 1972 (yoshi 66–67)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Jurnalist, romanshunos

Suat Dervish (1905-1972) turk romanshunosi, jurnalisti va siyosiy faol ayollardan boʻlib, 1970-yilda tashkil etilgan Sotsialistik ayollar uyushmasi asoschilaridan edi[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suat Dervish 1905-yilda Istanbulda tavallud topgan[2]. U aristokratlar oilasida tugʻilgan[3]. Uning otasi Ismoil Dervish ginekolog va Istanbul universiteti tibbiyot fakulteti professori edi[1]. Uning onasi Xesna Xonimning Usmonli sultoni Abdulazizning atrofidagi choʻrilarning birini qizi edi[1]. Suatning Germaniyadagi bir qancha konservatoriyalarda musiqiy taʼlim olgan Hamiyat ismli singlisi bor edi. Uning ota-onasining munosabatlari monogam edi va ular Suatni qoʻllab-quvvatlagan ishonchli oila sifatida tasvirlangan[1]. Darvish bolaligida burqa kiyib yurardi[3].

Dervish adabiyot, musiqa, fransuz va nemis tillaridan xususiy darslar oldi. 1919-1920-yillarda u singlisi Hamiyat bilan Germaniyada yashagan va Berlin universitetida talaba edi[1]. U Germaniya jurnallari, jumladan Berliner Zeitung uchun Turkiya haqida yozishni boshladi va 1920-yilda oʻzining „ Qora kitob“ nomli birinchi kitobini nashr etdi[1]. U 1920-1932-yillar orasida yana oʻnta romanini chop etadi[1]. Darvishning ilk romanlarida gender tenglik, tabaqa va ayol psixologiyasi mavzulari olib yoritib chiqildi. Ular, shuningdek, koʻpincha u yozgan davr uchun odatiy boʻlmagan shahar muhitidan foydalanishgan. Taqrizchi „Holida Edibdan [oʻsha davrning eng mashhur ayol yozuvchisi]dan koʻra xolis va zamonaviyroq boʻlgan [Suat Dervish] chuqurroq emas“, deb taʼkidlagan[1]. U mustaqil jurnalist sifatida ham ishlagan. U xabar bergan voqealar orasida Birinchi jahon urushidan keyingi Turkiya taqdiri hal qilingan Lozanna konferensiyasi ham bor edi[1]. Uning ilk romanlari turkiy tilda birinchi gotik romanlar deb atalgan[4].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qora kitob (1921)
  • Ne Bir Ses Ne Bir Nefes (1923)
  • Hiçbiri (1923)
  • Ahmad Ferdi (1923)
  • Behireʼnin Talibleri (1923)
  • Fatmaning kunahi (1924)
  • Ben mi (1924)
  • Buhron kechasi (1924)
  • Gonül Gibi (1928)
  • Emine (1931)
  • Hiç (1939)
  • Chilgʻin Gibi (1934)
  • Yalının Gölgesi (1958)
  • Fosforlu Cevriye (1968)
  • Anqara Mahpusu (1968; birinchi marta fransuz tilida 1957-yilda nashr etilgan)

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suat Dervish 1972-yil 23-iyulda Istanbulda vafot etgan va u Ferikoʻy qabristoniga dafn qilingan[5].

Uning merosi 1990-yil va 2000-yillarda koʻproq mashhur boʻldi, chunki unga koʻproq tadqiqotchilar qiziqish bildirishdi[1]. U yahudiy asli turk muallifi Liz Behmoarasning Bir Kadın Bir Dönem: Suat Derviş (Ayol, bir davr: Suat Derviş) nomli biografik kitobiga mavzu boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Berktay, Fatmagül (2006). "DERVİŞ, Suat (Saadet Baraner) (1905–1972)". in De Haan. A Biographical Dictionary of Women’s Movements and Feminisms. Budapest: Central European University Press. 109–113 b. ISBN 978-963-7326-39-4. https://archive.org/details/biographicaldict0000unse_u3f7/page/109.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Encyclopedia" defined multiple times with different content
  2. Nazlı Eylem Taşdemir „Suat Derviş (1905-1972): A Friend of Soviet Union“,. Proceedings of Papers of International Conference on Knowledge and Politics in Gender and Women’s Studies 2015. Ankara: GSSS, ODTÜ, 2015 — 745 bet. ISBN 978-975-429-353-1. 
  3. 3,0 3,1 3,2 „Ottoman women in postcards compiled in book“. Daily Sabah. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Sabah" defined multiple times with different content
  4. Akdik. „Kadın ve korku“. Radikal. 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  5. „Ölümünün ellinci yılında "Suat Derviş"“ (tr). Gazete Kadıköy (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2024-yil 20-mart.