Shaxmat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shatranjdan yoʻnaltirildi)
Shaxmat taxtasi, donalari va shaxmat soati.

Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilish . Bu o'yin 64 ta katakli taxtada 32 ta figura yordamida oʻynaladi.

Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:

  • Shoh — 1 dona
  • Farzin — 1 dona
  • Rux — 2 dona
  • Fil — 2 dona
  • Ot — 2 dona
  • Piyoda — 8 dona

Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.

Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.

Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512-yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.

1851-yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886-yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987-yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000-yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.

Shaxmat Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (I—II-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida VII(7)—VII(8)-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. IX-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al-Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish shashxolning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majoil ul-nafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ash-Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va XIV(14)-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. Amir Temurning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.

XX(20)-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar shaharlarda shaxmat toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shaxmatni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930-yildan erkaklar, 1935-yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali taʼsir etdi. XX (20)-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat-shashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).

1992-yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999-yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyoning birinchi, 2004-yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi.

Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. Shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega[1].

FIDE tasnifi boʻyicha jahon chempionlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • V. Steynits 1886 — 1894
  • E. Lasker 1894 — 1921
  • X.R. Kapablanka 1921 1927
  • A. Alyoxin 1927 — 1935, 1937 — 1944
  • M. Eyve 1935 1937
  • M. Botvinnik — 1948 — 1957, 1958—1960, 1961—1963
  • V. Smislov — 1957 — 1958
  • M. Tal 1960 1961
  • T. Petrosyan — 1963 — 1969
  • B. Spasskiy — 1969 — 1972
  • R. Fisher 1972 1975
  • A. Karpov 1975 1985, 1993 1999
  • G. Kasparov — 1985 — 1993
  • A. Xalifman — 1999 — 2001
  • V. Anand — 2001 — 2002
  • R. Ponomaryov — 2002 — 2004
  • R. Qosimjonov — 2004

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muhitdinov M., Oʻzbekistonda shaxmatchilik, T., 1961;
  • Muhitdinov M., Shaxmat — koni hikmat, T., 1994.

Pochta shaxmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu shaxmatning bir turi bo'lib, raqiblar uzoq joylarda bo'lib, harakatlar elektron pochta orqali (ilgari xat orqali) uzatiladi. Javob vaqti kunlar bilan o'lchanadi va o'yinni bajarish uchun oylar yoki yillar kerak bo'lishi mumkin.

1951-yilda tashkil etilqan Xalqaro pochta shaxmat federatsiyasi (ICCF) [2] o'zining Olimpiya va jahon chempionatlarini shu uslub bilan tashkil quiladi.

Pochta shaxmat bo'yicha jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Yillar Chempion Millati
01. 1950-1953 Cecil Purdy Avstraliya bayrogʻi Avstraliya [3]
02. 1956-1959 Viacheslav Ragozin Rossiya bayrogʻi Rossiya [4]
03. 1959-1962 Alberic O'Kelly Belgiya bayrogʻi Belgiya [5]
04. 1962-1965 Vladimir Zagorovsky Rossiya bayrogʻi Rossiya [6]
05. 1965-1968 Hans Berliner AQSH bayrogʻi AQSh [7]
06. 1968-1971 Horst Rittner Olmoniya bayrogʻi Germaniya [8]
07. 1972-1976 Yacob Estrin Rossiya bayrogʻi Rossiya [9]
08. 1975-1980 Jorn Sloth Daniya bayrogʻi Daniya [10]
09. 1977-1983 Tonu Oim Estoniya bayrogʻi Estoniya [11]
10. 1978-1984 Vytas Palciauskas AQSH bayrogʻi AQSh [12]
11. 1983-1989 Fritz Baumbach Olmoniya bayrogʻi Germaniya [13]
12. 1984-1991 Grigory Sanakoev Rossiya bayrogʻi Rossiya [14]
13. 1989-1998 Mikhail Umansky Rossiya bayrogʻi Rossiya [15]
14. 1994-2000 Tonu Oim Estoniya bayrogʻi Estoniya [16]
15. 1996-2002 Gert Timmernan Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya [17]
16. 1999-2004 Tunc Hamarat Avstriya bayrogʻi Avstriya [18]
17. 2002-2007 Ivar Bern Norvegiya bayrogʻi Norvegiya } [19]
18. 2003-2005 Joop van Oosterom Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya [20]
19. 2004-2007 Christophe Leotard Fransiya bayrogʻi Fransiya [21]
20. 2004-2011 Pertti Lehikoinen Finlandiya bayrogʻi Finlandiya [22]
21. 2005-2008 Joop van Oosterom Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya [23]
22. 2007-2010 Aleksandr Dronov Rossiya bayrogʻi Rossiya [24]
23. 2007-2010 Ulrich Stephan Olmoniya bayrogʻi Germaniya [25]
24. 2009-2011 Marjan Semri Sloveniya bayrogʻi Sloveniya [26]
25. 2009-2013 Fabio Finocchiaro Italiya bayrogʻi Italiya [27]
26. 2010-2014 Ron Langeveld Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya [28]
27. 2011-2014 Aleksandr Dronov Rossiya bayrogʻi Rossiya [29]
28. 2013-2016 Leonardo Ljubicic Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya [30]
29. 2015-2015 Aleksandr Dronov Rossiya bayrogʻi Rossiya [31]
30. 2017-2019 Andrey Kochemasov Rossiya bayrogʻi Rossiya [32]
31. 2019-2022 Fabian Stanach
Christian Muck
Ron Langeveld
Polsha bayrogʻi Polsha
Avstriya bayrogʻi Avstriya
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
[33]
32. 2020-2022 Jon Edwards AQSH bayrogʻi AQSh [34]

Pochta shaxmat olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Yillar Oltin medal Kumush medal Bronza medal
01. 1949-1952 Vengriya bayrogʻi Vengriya Chexoslovakiya Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
02. 1952-1955 Chexoslovakiya Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya Olmoniya bayrogʻi Germaniya
03. 1958-1961 Sovet Ittifoqi Vengriya bayrogʻi Vengriya Yugoslaviya
04. 1962-1964 Sovet Ittifoqi Demokratik Germaniya Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
05. 1965-1968 Chexoslovakiya Sovet Iffifoqi Federal Germaniya
06. 1968-1972 Sovet Ittifoqi Chexoslovakiya Demokratik Germaniya
07. 1972-1976 Sovet Ittifoqi Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Britaniya
08. 1977-1982 Sovet Ittifoqi Vengriya bayrogʻi Vengriya Britaniya
09. 1982-1987 Britaniya Federal Germaniya Sovet Ittifoqi
10. 1987-1995 Sovet Iffifoqi Angliya bayrogʻi Angliya Demokratik Germaniya
11. 1992-1999 Chexoslovakiya
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Kanada bayrogʻi Kanada
Shotlandiya bayrogʻi Shotlandiya
12. 1998-2004 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Litva bayrogʻi Litva Latviya bayrogʻi Latviya
13. 2004-2009 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Chexiya bayrogʻi Chexiya Polsha bayrogʻi Polsha
14. 2002-2006 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Litva bayrogʻi Litva AQSH bayrogʻi AQSh
15. 2006-2009 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya Olmoniya bayrogʻi Germaniya Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
16. 2010-2016 Chexiya bayrogʻi Chexiya Olmoniya bayrogʻi Germaniya Fransiya bayrogʻi Fransiya
17. 2009-2012 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya Italiya bayrogʻi Italiya
18. 2012-2016 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Sloveniya bayrogʻi Sloveniya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
19. 2016-2021 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Olmoniya bayrogʻi Germaniya Chexiya bayrogʻi Chexiya
Polsha bayrogʻi Polsha
20. 2016-2019 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Rossiya bayrogʻi Rossiya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
21. 2020-2023 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg AQSH bayrogʻi AQSh

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]