Kontent qismiga oʻtish

Sayyida Ruqayya masjidi

Koordinatalari: 33°30′48″N 36°18′26″E / 33.51333°N 36.30722°E / 33.51333; 36.30722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sayyida Ruqayya masjidi
arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة
Masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Suriya
Shahar Damashq
Koordinatalar 33°30′48″N 36°18′26″E / 33.51333°N 36.30722°E / 33.51333; 36.30722
Yoʻnalishi shia
Meʼmoriy uslub Eron meʼmorchiligi
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Sayyida Ruqayya masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة) Suriyaning Damashq shahrida joylashgan boʻlib, unda Husayn ibn Alining kichik qizi „Ruqayya“ nomi bilan ham tanilgan Sukaynaning qabri joylashgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shia islomiy rivoyatlarida aytilishicha, Karbalo jangi va undan keyin Damashqda boʻlgan mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Sukayna toʻrt yoshida Yazid qamoqxonasida vafot etgan va usha yerga dafn etilgan. Biroq, yillar oʻtib, qabrini suv bosganidan soʻng, uning qabri qayta ochilgan va jasad hozirgi masjid turgan joyga koʻchirilgan[1]. Masjid 1985-yilda maqbara yaqinida qurilgan boʻlib, Eron meʼmorchiligining zamonaviy koʻrinishini oʻzda namoyish etadi, masjid qurilishida koʻp miqdorda oynadan foydalanish va tilla suvi yugurtirilishi ayni buning isbotidir. Ziyoratgohga tutashgan masjid maydoni, oldida kichik hovli bor. Bu masjid Umaviylar masjidi va Damashq markazidagi al-Hamidiya maydonidan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Syria“. Mailviruskid.tripod.com. Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Mailviruskid" defined multiple times with different content

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Sayyidah Ruqayya Mosque mavzusiga oid fayllar bor