Kontent qismiga oʻtish

Sahar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sahar (guruh)dan yoʻnaltirildi)
Sahar

Guruh vokalchisi Anvar Joʻrayev
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Faoliyat yillari 1999-bugun
Janr Pop-rock
Leybl Tarona Records
Mustaqil
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Bobur Haydarov
  • Igor Melexin
  • Aziz Shakarov
  • Aleksandr Melexin
  • Eldar Baymurzin
  • Timur Talipov
  • Komil Bozorov
  • Husniddin Fayziyev
  • Vladimir Badirov

Sahar“ — Oʻzbekistonda tuzilgan, hozirgi kunda asosan Qozogʻistonda faoliyat koʻrsatuvchi pop-rok musiqiy guruh. Guruh 2000-yillarning boshlarida Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Ayni damda „Sahar“ guruhining toʻrt aʼzosi bor: Anvar Joʻrayev (vokal), Damir Kudyakov (bas gitara), Azim Abdullayev (klavishli musiqa cholgʻulari) va Kirill Ivanov (barabanlar).

Shu kungacha guruh uch albom chiqargan: „Oʻsha sizmi?“ (2001), „Orzu“ (2003) hamda „Albom №3“ (2009).

2004-yil „Sahar“ Qozogʻistonning Olmaota shahrida ijod qila boshladi. Buning natijasida guruh oʻzbek tinglovchilari nazaridan uzoqlashdi. Saharning „Yomgʻir“, „Fasl“ kabi qoʻshiqlari hali ham oʻzbek rock ishqibozlari orasida mashhur.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sahar“ guruhiga 1999-yil Anvar Joʻrayev asos solgan.[1] 2001-yil guruh oʻzining ilk studiyaviy albomi – „Oʻsha sizmi?“ albomini chiqargan. 2003-yil guruhning ikkinchi albomi, yaʼni „Orzu“ albomi eʼlon qilingan.

2004-yil guruh Qozogʻistonning Olmaota shahriga koʻchib oʻtdi. 2009-yil „Sahar“ning uchinchi albommi – „Albom №3“ sotuvga chiqariladi. Guruhning ilk ikki albomiga asosan oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar kiritilgan boʻlsa, uchinchi albom asosan rus tilidagi ashulalardan iboratdir.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil „Sahar“ guruhi zamonaviy estrada janrida faoliyat koʻrsatuvchi eng yaxshi guruh deb topilib, „Tarona“ mukofotini olgan. Oʻsha yili guruh Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼat rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun „Nihol“ mukofotiga sazovor boʻlgan.[1]

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Albom
2001 „Oʻsha sizmi?“
2003 „Orzu“
2009 „Albom №3“

Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Rejissor
2000 „Yomgʻir“ Bahodir Yoʻldoshev
2002 „Meni izlama“ Iskandar
2008 „Девочка“ Umid Normurodov
„Дождь разлуки“ (Dilnaz Axmadiyeva bilan) Aleksey Golubev
„Я устал“ Umid Normurodov
2009 „Берега“ Andrey Sobolev[2]
2016 „Жаңбыр“
„Yomgʻir“ (Koʻk choy va Slan bilan)
2022 „Ayol“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „„Sahar“ guruhi biografiyasi“ (ruscha). Sahar.kz. 2016-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral. (Wayback Machine saytida 2016-02-07 sanasida arxivlangan)
  2. „„Sahar“ guruhi muxlislariga yangi klip sovgʻa qiladi“ (ruscha). Salon.kz. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sahar
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Oʻsha sizmi? | Orzu | Albom №3