Ramil Abdrshin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ramil Abdrshin
Asl ismi tatarcha: Рамил Хәйрулла улы Габдершин
Tavalludi 8-noyabr 1925-yil
Novomusino qishlogʻi, Orenburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 8-noyabr 1943-yil (18 yosh)
Ukraina viloyati, Ukraina
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Ramil Abdrshin (tatarcha: Рамил Хәйрулла улы Габдершин; 1925-yil 8-noyabr — 1943-yil 8-noyabr) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.11.1943).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yilda Orenburg viloyati Novomusino qishlogʻida tugʻilgan. Millati Tatar. 1942-yil iyul oyida Kattaqoʻrgʻon pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatib, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahridagi maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Sovet Armiyasiga Kattaqoʻrgʻon tuman harbiy qismdan xizmatga chaqirilgan. Serjant 1943-yil fevral oyidan boshlab, 40-armiya 69-mexanizatsiya brigadasi, 1-mexanizatsiya oʻqchi bataloni pulemyotchilar otradiga qoʻmondonlik qildi.

1943-yil 22-sentyabrda serjant Ramil Abdrshin oʻz otryadi bilan birgalikda Dneprni kesib oʻtadi va Abdrshin qoʻmondonligi ostidagi otryad birinchi boʻlib mudofaaga kirishadi, shunigdek boshqa barcha boʻlinmalarning Dneprga muvaffaqiyatli oʻtishni taʼminlaydi.

Jangda otryad boshligʻi Abdrshin ogʻir yarador boʻladi, 1943-yil 8-noyabrda ogʻir jarohati tufayli vafot etadi.

U koʻrsatgan qahramonliklari uchun 1943-yil 17-noyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abdrshin Ravil Sovet Ittifoqi Qahramoni, Jasorat (Medal Za otvagu[1]) unvoniga sazovor boʻlgan[2].

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻrsatgan qahramonligi uchun Zarubintsy qishlogʻida Qahramonlar sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan, shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahridagi 3-maktabga qahramon xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]