Puli oshiqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Puli oshiqon
Material pishgan gʻisht
Xarita
Tashqi tasvir
Puli oshiqon koʻprigi. 1887-yil.
Puli oshiqon koʻprigi. 1930–1950-yillar.
Puli oshiqon koʻprigi. 2018-yil.
Puli oshiqon koʻprigi (old planda). Qoʻshmadrasa va Somoniylar madaniyat va istirohat bogʻining asosiy kirish darvozasi. 2018-yil.

Puli oshiqon (shuningdek Puli oshuqon„Oshiqlar koʻprigi“) — Buxoro shahri hududidan oqib oʻtuvchi qadimiy Shohrud kanali ustida qurilgan eski koʻprik. Somoniylar madaniyat va istirohat bogʻining asosiy kirish darvozasi oldida joylashgan[1].

Koʻprikning qurilgan davri nomaʼlum. Baʼzi bir buxoroliklar uning qurilishini Xoja Ahror (1404–1490) bilan bogʻlashgan. Shunga koʻra koʻprik XV asrda qurilgan deb taxmin qilinadi. Koʻp asrlik meʼmoriy inshoot bizgacha yetib kelgan[1]. Lekin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilmagan[2].

Naql qilinishicha, koʻprikning ustun bilan boʻlingan qismlaridan birida bir avliyoning qabri boʻlgan. Bu naqlga ishonuvchilar oʻtmishda shu joyda sham (nuqcha) yoqishgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Мост Пули ошукон“ (ruscha). rusrav.uz (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  2. „Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 04.10.2019 йилдаги 846-сон“. lex.uz (2019-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-may.