Praga universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Praga universiteti
Asos solingan 1348-yil
Rektori Milena Králíčková
Talabalari 50 ming
Magistratura 25 ming
Doktorantura 8 ming
Oʻqituvchilar 4.5 ming ta ta
Manzili Praga, Chexiya

Koordinatalari: 50°5′18.24″N 14°24′13.320000000002″E / 50.0884000°N 14.40370000000000061°E / 50.0884000; 14.40370000000000061 G O

Praga universiteti, Karl universiteti — Chexiya Respublikasining asosiy universiteti. Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng qadimgi universitet boʻlib, dunyodagi eng qadimgi klassik universitetlardan biri hisoblanadi. 1348-yilda Chexiya Lyuksemburg qiroli Karl IV tomonidan asos solingan[1]. Universitet Chexiyaning Praga shahrida joylashgan. Dastlab universitetda erkin sanʼat, huquq, tibbiyot, texnologiya fakultetlari boʻlgan. Guschilar harakati davrida milliy ozodlik va katolik cherkoviga qarshi kurash markazi hisoblangan. 2-marta Yan Gus rektorlikka saylangan. 1882-yil nemis va chex universitetiga boʻlingan. Chexoslovakiyani nemis-fashistlari bosib olgan davrda chex universiteti faoliyat olib bormagan. Universitet faoliyati 1945-yildan keyin qayta tiklangan. Matematika, fizika, tibbiyot, pediatriya, falsafa, huquq, madaniyat, jurnalistika, jismoniy tarbiya va sport, pedagogika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1348-yilda universitet kutubxonasida 2 mln.dan ortiq asar saqlangan[2].

Hozirda universitetda 50 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, ulardan yetti mingga yaqini xorijliklar, aksariyati Slovakiya, Gretsiya va Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan talabalar. Fanlar chex va ingliz tillarida oʻqitiladi.

Universitet Amerika, Yevropa va Osiyodagi koʻplab oliy taʼlim muassasalari, jumladan, AQShda 23 ta, Germaniyada 19 ta va Fransiyada 11 ta universitet bilan hamkorlik qiladi. Praga universiteti, shuningdek, Oxford, Sorbonne, Myunxen, Jeneva va boshqalar bilan bir qatorda Yevropaning yirik universitetlari assotsiatsiyasining bir qismidir. Unda dunyoning yetakchi universitetlari oʻqituvchilari maʼruza oʻqiydi.

Praga universiteti dunyodagi eng yaxshi universitetlarning „Shanxay reytingi“da uch yuztalikka kirdi (2017-yil holatiga) va Chexiya taʼlim muassasalari orasida birinchi oʻrinda turdi. Shuningdek, 2012-yilda universitet birinchi marta matematika va fizika yoʻnalishlari boʻyicha ikki yuztalik, 2016-yilda esa dunyodagi eng yaxshi ikki yuzta tibbiyot universitetlari reytingiga kirdi[3].

Milena Králíčková 2022-yildan buyon rektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „About the University“. CU in Prague (официальный сайт). 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Charles University in Prague — страница университета на сайте рейтинга“ (deadlink). ARWU. 2020-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.