Põlva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Põlva, Estonia
Shaharcha
Skyline of Põlva, Estonia
58°3′13″N 27°3′20″E / 58.05361°N 27.05556°E / 58.05361; 27.05556 G OKoordinatalari: 58°3′13″N 27°3′20″E / 58.05361°N 27.05556°E / 58.05361; 27.05556 G O
Mamlakat Estoniya
Okrug Põlva okrugi
Munitsipalitet Põlva Vald
Maydon 55 km2 (21 mi²)
Aholisi
 (2021)
5 115
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Pochta indeks(lar)i 63308
Põlva, Estonia xaritadaVyanameri (boʻgʻoz)Soela (boʻgʻoz)Pyarnusk koʻrfaziNarvsk koʻrfaziPyarnumaaPyarnumaaPyarnumaaIrben boʻgʻoziLatviyaLatviyaFinlandiyaRossiyaRij qoʻltigʻiBoltiq dengiziFin qoʻltigʻiChud koʻliPskov koʻliVirtsyarv koʻliSaaremaa (uezd)Xiyumaa (uezd)LyaenemaaXaryumaaLyaene-VirumaaIda-VirumaaYigevamaaTartumaaPilvamaaValgamaaVilyandimaaVirumaaRaplamaaYarvamaa
Põlva, Estonia xaritada
Põlva, Estonia
Põlva, Estonia

Põlva — Estoniyaning janubi-sharqidagi shaharcha, Põlva okrugining tumani va Põlva Valdning markazi.

Põlva cherkovi

Põlva shaharning gʻarbiy tomonidagi kichik oʻrmonli hududda joylashgan Intsikurmu musiqa festivali maydoniga ega boʻlib, u muntazam ravishda konsertlar va yozgi tadbirlarga mezbonlik qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Põlva“ nomi tarixiy yozuvlarda ilk bora 1452-yilda uchraydi. Bu ism estoncha „tizza“ (põlv) soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Afsonaga koʻra, shaytonni uzoqroq tutish uchun Avliyo Mary cherkovida bir qiz tiz choʻkib oʻtirgan. Shu holat hisobiga, shahar shunday nom olgan.

Põlva Livoniya shimoli va janubi oʻrtasidagi eski harbiy chorraha boʻlgan. Taxminan 1240-yilda, Estoniya xristianlashtirilganidan koʻp oʻtmay, Bernard rohiblari Bibi Maryamga bagʻishlangan cherkov quradilar. Cherkov Dorpat yepiskopligiga boʻysungan. Xuddi shu cherkov 16-asrda Livoniya urushi natijasida Rossiya hukmronligi hududiga aylangan. 1582-yilda Polsha suvereniteti ostida Dorpat Voivodaligi tarkibiga kiradi va keyinchalik Shvetsiyaga tegishli boʻladi. 1721-yilda Nistad shartnomasiga koʻra, Estoniya va Livoniya hududlari Rossiyaga beriladi. Keyin Põlva va uning cherkovi dastlab Tartu okrugiga, 1783-yildan esa Livoniya gubernatorligi tarkibiga kiruvchi yangi tashkil etilgan Võru okrugiga qarashli boʻlgan.

Shahar Buyuk Shimoliy urushdan keyin qayta tiklangungacha uzoq vaqt davomida vayronaga aylangan Avliyo Mary cherkovi yonida rivojlangan. 1931-yilda Tartudan Petserigacha Põlva orqali temir yoʻl qurilgan. Põlva 1950-yilda tashkil etilgan Põlva tumanining markaziga aylangandan soʻng, Põlva aholisining soni tez oʻsishni boshlagan va shahar ham rivojlangan. Shaharda sunʼiy koʻl boʻlib, uning qumli qirgʻoqlari yozda dam oluvchilar bilan toʻlib-toshadi. 1993-yil 10-avgustda Põlva shaharcha huquqini qoʻlga kiritgan.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Etnik tarkibi 1934, 1970–2021-yillar
Etnik tarkib 1934[1] 1970[2] 1979[3] 1989[3] 2000[4] 2011[5] 2021[6]
miqdori % miqdori % miqdori % miqdori % miqdori % miqdori % miqdori %
Estonlar 392 94.7 2858 92.8 4446 92.3 6560 93.2 6234 96.4 5594 97.0 5303 97.2
Ruslar 6 1.45 81 2.63 234 4.86 291 4.13 132 2.04 99 1.72 79 1.45
Ukrainlar - - 3 0.10 30 0.62 74 1.05 36 0.56 32 0.55 25 0.46
Belaruslar - - 5 0.16 10 0.21 9 0.13 9 0.14 2 0.03 3 0.06
Finlar - - 19 0.62 39 0.81 47 0.67 21 0.32 16 0.28 10 0.18
Yahudiylar - - 0 0.00 0 0.00 0 0.00 0 0.00 1 0.02 3 0.06
Latishlar 1 0.24 3 0.10 5 0.10 3 0.04 1 0.02 1 0.02 3 0.06
Nemislar 7 1.69 - - 42 0.87 18 0.26 2 0.03 1 0.02 0 0.00
Tatarlar - - - - 0 0.00 4 0.06 3 0.05 2 0.03 0 0.00
Polyaklar - - - - 1 0.02 5 0.07 0 0.00 1 0.02 0 0.00
Litvalar - - 0 0.00 1 0.02 1 0.01 1 0.02 1 0.02 6 0.11
nomaʼlum 0 0.00 0 0.00 0 0.00 0 0.00 11 0.17 2 0.03 10 0.18
boshqa 8 1.93 111 3.60 9 0.19 26 0.37 17 0.26 15 0.26 15 0.28
Umumiy 414 100 3080 100 4817 100 7038 100 6467 100 5767 100 5454 100.1

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlimning ahamiyati xususida shahar gerbida tasvirlangan, unda ABC alifbosini koʻrsatuvchi xoʻroz tasvirlangan. Põlvada sakkizta taʼlim muassasasi mavjud, ular orasiga quyidagilar kiradi:

  • 737 nafar oʻquvchini oʻz ichiga olgan Põlva Qoʻshma taʼlim gimnaziyasi;
  • 387 oʻquvchi taʼlim oladigan Põlva oʻrta maktabi;
  • Põlva Rusi maktabi, 28 oʻquvchiga moʻljallangan. Bu maktab aqliy zaif bolalar uchun;
  • Põlva Yoqub maktabi, xristian lyuteran maktabi.

Madaniyat va sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozda Põlvada qiziqarli musiqa festivallari oʻtkaziladi. 2011-yil birinchi marta harmonikachilar yigʻilib, musiqa festivalini oʻtkazishgan. Intsikurmu musiqa festivali asosan yoshlarga moʻljallangan boʻlib, avgust tunlarida, yaxshi musiqa va devorlardagi vizual tasvirlar namoyishi ostida boʻlib oʻtadi.

Põlva aholisi doimo ijobiy kayfiyatga ega boʻlib, yosh va sport bilan shugʻullanishni yoqtirishgan. Shahar ichida va undan tashqarida suzishdan tortib, ot minishgacha boʻlgan koʻplab mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin. Yangi gimnaziya sport bilan shugʻullanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Põlvaning oʻq otish galereyasida turli musobaqalar boʻlib oʻtadi, hamda, yangi sportchilar kashf etiladi. Mahalliy sport maktabida shugʻullanish mumkin boʻlgan qoʻl toʻpi sporti Põlvada mashhur boʻlgan. Serviti gandbol klubining professional oʻyinchilari toʻrt marta Estoniya gʻoliblariga aylanishgan, shuningdek, klub Estoniyadan tashqarida ham kuchli raqobatchi jamoa hisoblanadi.

Põlva Kultuurikeskus
Põlvadagi Estoniya mustaqillik urushi yodgorligi
Põlvadagi Võru koʻchasi
Põlva
Põlva okrugining maʼmuriyat binosi

Turli xil landshaft tuzilishi yugurish, xarita va kompass yordamida tez yoʻlni topish sport turi yoki velosipedda yurishni yaxshi koʻradiganlar uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu, shubhasiz, „Kobras“ orientirlash klubi sportchilarining musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishini taʼminlab, ularni sport tadbirlarini tashkil etishga undaydi. Põlva FC Lootos futbol klubi 1994-yilda tashkil topgan. U tumandagi eng yirik sport klublaridan biri boʻlib, Estoniya terma jamoasi safida toʻp surgan 30 dan ortiq futbolchi oʻz karyerasini Põlva klubi tarkibida boshlagan.

Lootospark — bu Põlva shahri, Estoniya Futbol Federatsiyasi va Põlva FC Lootos oʻrtasidagi hamkorlik loyihasi boʻlgan futbol stadionidir. Ushbu stadion uchinchi avlod sintetik gazoni bilan qoplangan boʻlib, uning yoritish va isitish tizimlari xalqaro talablar asosida jihozlangan. Stadion rasman 2004-yil 7-noyabrda ochilgan.

Põlva aholisi sportdan tashqari, sanʼat va musiqa bilan ham shugʻullanadi. Põlva sanʼat maktabida rasm, grafika va kulolchilikni oʻrganish mumkin. Maarja galereyasida turli rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Musiqa maktabi musiqiy taʼlim beradi, jumladan, bu maktabda „E STuudio“ yoshlar ansambli, cholgʻu ansambli, kichik simfonik orkestr va bir qator xor jamoalari ham faol shugʻullanadi.

Siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil oktyabr oyida, munitsipal saylovlardan soʻng, Põlva yaqinidagi Põlva Vald bilan birlashgan va shuning uchun munitsipalitet maqomini yoʻqotgan.

Bungacha shahar kengashi 2009-yil 18-oktyabrda saylangan 17 aʼzodan iborat boʻlgan. Hukumat 2009-yil 20-noyabrda kengash tomonidan saylangan besh aʼzodan tashkil topgan. 11 yildan ortiq vaqt davomida Põlva meri boʻlgan Tarmo Tamm 2011-yil aprel oyida parlamentga qoʻshilgan[7][8]. 2011-yil 11-maydan beri shahar hokimi Georg Pelisaar edi[9].

Hamkorlik oʻrnatilgan shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq Põlva munitsipaliteti quyidagi shaharlar bilan aloqalar oʻrnatgan:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]