Omalos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omalos

Ομαλός
qishloq
35°20′0″N 23°54′0″E / 35.33333°N 23.90000°E / 35.33333; 23.90000 G OKoordinatalari: 35°20′0″N 23°54′0″E / 35.33333°N 23.90000°E / 35.33333; 23.90000 G O
Mamlakat Gretsiya
Maydon 15 km2 (5.8 mi²)
Rasmiy til(lar)i grek tili
Aholisi
22
Zichligi 1.5 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Omalos xaritada
Omalos
Omalos

Omalos (grekcha: Ομαλός) — Gʻarbiy Kritdagi kichik qishloq, u Chania viloyatining Mousouroi birligida joylashgan. Grekcha Ομαλός soʻzi tekis, ochiq, muntazam yoki silliq degan maʼnoni anglatadi, bu soʻz platoga ishora qiladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omalos qishlogʻi Omalos platosining shimoli-sharqiy qismida, Chaniadan 38 km janubda, Oq togʻlarda (Lefka Ori) joylashgan. Platoning maydoni 15 km 2 ga teng. Bu hududa uchta tuman, xususan Plataniya (ilgari Kydoniya), Sfakiya va Sharqiy Selinoning Musouroi birligining kesishmasida joylashgan. Aholi punkti Musuroi shahrida joylashgan boʻlsa-da, platoning katta qismi Sharqiy Selinoga toʻgʻri keladi.

Platoga uchta yoʻnalish orqali borish mumkin. Gʻarbdan, Chania-Sougia yoʻlidan, shimoldan Omalosdan va janubdan Samariya darasi orqali Liviya dengizidagi Agia Rumeli qirgʻogʻiga tomon tushiladi. Omalosning oʻzi Xyloskalo darasining kirish qismidan taxminan 5 km uzoqlikda ekanligi[1] va trekking bilan bogʻliqligi sababli ham muhim ahamiyatga ega. Qadimgi tosh xachir yoʻli Omalosni gʻarbdagi Agia Eirini bilan bogʻlaydi, u yerdan gʻarbdagi keyingi daraga, Agia Eirini darasiga kirish mumkin.

Salqin iqlimi va unumdor tuprogʻi sababli, platoda kartoshka va olma kabi turli sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Kichik dumaloq tosh uylarda (mitata) mahalliy pishloq (graviera) tayyorlanadi[2][3]. Issiq mavsumda choʻponlar qoʻylarini Lefka Ori yonbagʻirlaridagi yaylovlarga (madares, μαδάρες) olib borishadi[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omalos platosi

Dastlab koʻl boʻlgan mazkur hudud, Tzani gʻori orqali oʻz suvini yoʻqotgan deb taxmin qilinadi[4]. Gʻor Omalosdagi aylanma yoʻlning oʻng tomonida, Chaniya tomon pastga tushib boradi, Omalosdan taxminan 1,6 km uzoqlikda joylashgan.

Xyloskaloda (oʻrtacha balandlik 1250 m) ikkita asosiy choʻqqi mavjud, bular Gingilos (2080 m) va Volakias (2116 m) kabilardir. Bu togʻ bilan aloqador afsonaga koʻra, Kritda tugʻilgan Zevs taxti shu hududda joylashgan. Gʻarbda Agatopi (1768 m) va Psilafi (1984 m) nomli qoyalar boʻlib, afsonada bu togʻlar Zevsning poyga maydonlari ekanligi qayd etilgan, ammo hozir slalomda changʻi poygasi shu hududda amalga oshiriladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hatzimihalis Giannaris 1833-1916,. 1890-yilgi fotosurat

Usmonlilar imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolonlar paytida, turklar ayrim hollardagina platoga kirishga muvaffaq boʻlishgan. Omalos nomi inqilobiy qoʻshiqdan olinganligi aytiladi, „Πότε θα κάνει ξαστεριά πότε θα Φλεβαρίσει να πάρω το τουφέκι μου…να κατεβώ στον Ομαλό[5].

Tzani gʻoriga, turklar bosqinining dastlabki yillarida inqilobiy boshliq boʻlgan Tzanis Markos nomi berilgan. U „Fobos“ (qoʻrquv) laqabini olgan. Gʻor taxminan 2,5 km uzunlikka ega boʻlib, dengiz sathidan 241 m pastda joylashgan. U aslida yopiq dara hisoblanadi[6].

Kritlik inqilobchi Hatzimichalis Giannaris (1833–1916) platoga yaqin atrofdagi Lakkoi qishlogʻida tugʻilgan va 1855–1869-yillardagi mojarolarda ishtirok etgan, keyinchalik asirga olingan, ammo Chaniya qamoqxonasidan qochib ketgan va qoʻlga olingach Odessaga surgun qilingan. 1912-yilda Gretsiya parlamentiga saylangan. Garchi, u Chaniyada vafot etgan boʻlsa-da, orzusi Omalosda dafn etilish boʻlgan, u yerda Tzani gʻori yonida uning xotirasiga bagʻishlangan cherkov joylashgan[7].

Ikkinchi jahon urushi paytida platodan aerodrom sifatida foydalanilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]