Kontent qismiga oʻtish

Novgarzonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Novgarzonsoy
Tavsif
Uzunligi 21
Davlat Oʻzbekiston


NovgarzonsoyToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Qurama tizmasining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi (2800 m) bir qancha mayda buloklardan boshlanadi. Umumiy uz. 55 km boʻlgan 35 dan ortiq irmogʻi bor. Yuqori oqimida vodiysi chuqur, yon bagʻirlari tik. Oʻrta va quyi oqimida vodiysi keng, 2—3 ta koʻhna qayiri (terrasa) bor. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m³/sek, fevral— mart oylaridan 3—5,5 m³/sek.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil